Aprel fuqarolar Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining kafolatlanishi



Yüklə 498,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix27.06.2023
ölçüsü498,97 Kb.
#119032
1   2
Tafakkur Manzili-2023-APREL-1-qism-256-258 (12)

257 
2023 APREL 
Konstitutiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”
46

deyiladi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va 
erkinliklariga bag’ishlangan moddalar birmuncha kengaytirilgan. 
Mamlakatimiz fuqarolarining demokratik huquq va erkinliklariga oid prinsiplar 
Konstitutsiyada o’z aksini topgan. Ular orasida yashash huquqi har bir insonning uzviy 
huquqi ekanligi (24-modda), har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligi, hech 
kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsizlik yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi 
boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi (25-modda), O’zbekiston 
Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, O’zbekiston 
Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga egaligi (28-modda), har kim fikrlash, 
so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi (29-modda), O’zbekiston Respublikasining barcha 
davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq 
va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib 
chiqish imkoniyatlarini yaratib berishi (30-modda), jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda 
bevosita va o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egaligi, bunday ishtirok etish o’zini-
o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil 
etish yo’li bilan amalga oshirilishi (32-modda), O’zbekiston Respublikasining fuqarolari o’z 
ijtimoiy faolliklarini Respublika qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar 
shaklida amalga oshirish huquqiga egaligi (33-modda), kasaba uyushmalariga, siyosiy 
partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok 
etish huquqiga egaligi (34-modda) alohida qayd etilgan.
47
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, fuqarolarning shaxsiy hayoti 
qonun bilan qo’riqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasida insoniyat asrlar davomida orzu qilib kelgan demokratik 
huquq, erkinlik va burchlar amalga oshmoqda. Birinchi Prezident Islom Karimov 
ta’kidlaganidek: “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, huquqiy 
davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy 
e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan 
davlatdir”.
48
Inson va fuqarolarning huquqiy maqomi faqat huquqlar va erkinliklardangina iborat 
emas. Unga burch va majburiyatlar ham kiradi. Fuqarolar o’zlarining Konstitutsiyada 
belgilab qo’yilgan burch va majburiyatlarini ado etadilar.
46
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent-“O’zbekiston”-2019.16-b. 
47
U.Tadjixanov.,X.Odilqoriyev.,A.Saidov.O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy huquqi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh 
tahririyati.T.:2001.374-375-b. 
48
Karimov.I.A.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. 
T.:O’zbekiston,1992.15-16-b 


258 
2023 APREL 
Fuqarolari o’z huquq va majburiyatlarini bilgan huquqiy savodxon davlatning kelajagi 
buyuk bo’ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.U.Tadjixanov.,X.Odilqoriyev.,A.Saidov.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy 
huquqi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.T.:2001. 
2.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent-“O’zbekiston”-2019 
3.
Karimov.I.A.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.:O’zbekiston,1992. 

Yüklə 498,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə