Aqilli shaharlar va ularning reytingalari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.01.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#99270
1   2   3   4   5
Aqilli shaharlar va ularning reytingalari

Aqlli yoritgich 
 
Biz qorong‘u tushganida ishga tushadigan ko‘cha fonuslari haqida aytdik. Biroq 
aqlli uy konsepsiyasi bundan ham qiziqroq ssenariylarni ko‘zda tutadi. Masalan, 
Amerikaning San-
Antonio shahrida yomg‘irdan keyin transport arteriyalari bo‘ylab 
qo‘yilgan fonuslar yorug‘roq nur taratadi. Shu tariqa haydovchilar sirpanish ehtimoli 
yuqori bo‘lgan yo‘lni yaxshiroq ko‘ra olishadi. 
Quyosh batareyalari 
 
Ekologiya haqida qayg‘urish – aqlli shaharning muhim bandi, shuning uchun 
deyarli barcha loyihalarda elektr energiyasini olishning muqobil variantlariga 
ahamiyat berilgan. Shaharga tegishli va xususiy quyosh batareyalari ixcham 
yechim sanaladi. Masalan, aqlli Fudzisava shahrida(Fujisawa Sustainable Smart 
Town) ana shunday panellar deyarli har bir uyda o‘rnatilgan. 


Kameralar 
 
Kengaytmasi yuqori kameralar Chikagoda ko‘cha fonuslarida o‘rnatiladi va 
odamlar to‘planadigan joylarda xavfsizlikni ta'minlash uchun qo‘llaniladi. San-
Antorioda esa undan boshqa maqsadda foydalanadilar: sudlanuvchi fuqarolar sudga 
bo
rishlari shart emas, kamera o‘rnatilgan maxsus budkadan ko‘rinish berishning o‘zi 
kifoya. 
Aqlli jamoat transporti 
 
Harakatlanish intervali 
– aqlli shaharda avtobuslar haqida olish mumkin 
bo‘lgan axborotning hammasi emas. Bunday texnologiyalar Rossiya 
shaharlarida ham rivojlangan. Masalan, Moskvada to‘xtash joylari tablolarida 
kerakli mashina qancha vaqtdan keyin kelish
i ko‘rsatiladi. 
Yong‘inga qarshi datchiklar 
 
Aqlli bunday qurilmalar odatiy tutun datchiklari kabi ishlamaydi. Aniqrog‘i, 
Amerikadagi Luisvill misoli shuni ko‘rsatadiki, aqlli datchiklar klassik datchiklar bilan 
bir juftlikda ishlaydi. Ulardan yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan tashlandiq binolarda 
foydalanishadi. Bunday qurilmalarda quyosh batareyasi, mikrofon va aloqaning oddiy 
moduli bo‘ladi. Mikrofonga odatiy datchik sirenasi kelib tushganida yong‘in haqida o‘t 
o‘chiruvchilar va qo‘shnilarga xabar beriladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə