I bob. Muqobil energiya manbalari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə1/12
tarix24.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#160953
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHOLINING ENERGETIK TALABINI QONDIRISHDA MUQOBIL ENERGETIKANING O\'RNI



AHOLINING ENERGETIK TALABINI QONDIRISHDA MUQOBIL ENERGETIKANING O'RNI
M U N D A R I J A




KIRISH ………………………………………………………………..2




I BOB. MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI




    1. Muqobil energiya manbalari va ularning turlari…………………5




1.2. Muqobil energiya manbalaridan foydalanib ishlovchi qurilma-lar………………………………………………………………………...….11
1.3. Muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha normativ huquqiy xujjatlar …………………… ……………………………...……..25




II BOB. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI




2.1. Atrof-muhit muhofazasi haqidagi xalqaro xujjatlar………………28




2.2. Atrof-muhit muhofazasiga salbiy ta’sir etuvchi omillar ….…….33




XULOSA……………………………………………………………..41




ADABIYOTLAR…………………………………………………… 43





Kirish
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor va eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasiining birinchi Prezidenti I.A.Karimov nafaqat mamlakatda, balki mintaqadagi ekologik barqarorlikni, uning xavfsizligini ta’minlashning tashabbuskori sifatida ekologik xavfsizlik muammolari allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanganligi to‘g‘risida bir necha bor, shu jumladan BMT Bosh Assambleyasi majlislarida, boshqa nufuzli xalqaro va davlatlararo tashkilotlarning sammitlarida jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirib, ularni hamkorlikda faoliyat olib borish bo‘yicha aniq takliflar bildirgan edi.
Xususan qayd etilganidek: “Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublikada qonunchilik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy qoidalaridan biri. Bu hol faqat qonunlarimiz doimo umum qabul qilingan xalqaro normalar va qoidalarga muvofiqlashtirib kelinayotganligi va yaqinlashtirilayotganligi bilangina emas, balki mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlaydigan hamma majburiyatlarni o‘z zimmasiga olayotganligi bilan ham ro‘yobga chiqarilmoqda”.
Mamlakatimizda ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida mavjud xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qo‘shilish, bu sohadagi milliy qonunchilik bazani xalqaro ekologiya huquqi talablariga moslashtirish, xalqaro huquqning samarali va ta’sirchan normalarini O‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro shartnomalar bazasini kengaytirish va rivojlantirish borasida bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohadagi 11 xalqaro konvensiya va ular doirasidagi 7 ta ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga qo‘shildi.
Bundan tashqari, hozirgi paytda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining “Havoning katta masofalarga transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida”gi konvensiyaga hamda uning “Evropada havo ifloslantiruvchilarining katta masofalarga tarqalishi monitoringi va baholashning birgalikdagi dasturini uzoq muddatli moliyalash to‘g‘risidagi Protokol”iga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligi o‘rganib chiqilmoqda.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə