I bob. Muqobil energiya manbalari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə2/12
tarix24.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#160953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHOLINING ENERGETIK TALABINI QONDIRISHDA MUQOBIL ENERGETIKANING O\'RNI

Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotini rivojlantirish o’z navbatida atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, ekologik toza va arzon energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shuning uchun ham ko’p, arzon, ekologik toza va tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish eng dolzarb muammolardan biridir.
Kurs ishning maqsadi. Atrof muhit muhofazasida muqobil energiya manbalaridan foydalanishning o’rnini baholash.
Kurs ishning vazifasi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • muqobil energiya manbalari va ularning turlarini tavsiflash;

  • muqobil energiya manbalaridan foydalanib ishlovchi qurilmalarni tavsiflash;

  • muqobil energiya manbalaridan foydalanish va atrof muhit muhofazasi bo’yicha normativ huquqiy xujjatlarni tahlil etish;

  • atrof-muhit muhofazasiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va zararli moddalar chiqish darajasini baholash.

Kurs ishning obyekti. Muqobil energiya manbalari va atrof muhit.


I BOB. MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI

    1. Energiya manbalari va ularning turlari


Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish o’z navbatida atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, ekologik toza va arzon energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shuning uchun ham ko’p, arzon, ekologik toza va tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish eng dolzarb muammalardan biridir. Ushbu muammoni hal etishga kirishish mamlakatimizda energetika xavfsizligini mustahkamlaydi, atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi va global iqlim o’zgarishini oldini oladi.
Yoqilg’i-energetik kompleksi sistemasi bu qazilma jarayonlari va ilk energoresurslarning o’zgarish jamlanmasi bo’lib, ba’zi bir so’nggi mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq.
Ilk energoresurslarga ancha davrdan beri qo’llanib kelinayotgan: neft, gaz, ko’mir, atomli energoresurslar va gidroenergiya hamda noan’anaviy qayta tiklanuvchi energoresurslar kiradi.
Ilk qazilma energoresurslar istiqboli quyidagilar orqali aniqlanadi:

  • So’nggi mahsulotlarga bo’lgan bozor ehtiyojlari [ elektr energiyasi, isitish energiyasi, motor yoqilg’isi, kimyo uchun uglevodorodli va uglevodorotsiz xom-ashyo, qimmatli komponentlar (oltingugurt, geliy, vanadiy, nikel va boshqalar), bevosita foydalanish uchun yoqilg’i]

  • So’nggi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida ilk energoresurslarning o’zaro texnologik aloqasi

  • Har bir so’nggi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida u yoki bu energoresurslardan (iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy) foydalanishni afzal bilish.

Uglevodorodli xom-ashyo (neft, uglevodorod kondensati, tabiiy va neftli gaz, ko’mir) dunyodagi asosiy energoresurs manbasi bo’lgan va bo’lib qoladi.[4]
An’anaviy yoqilg’i turlarining (neft, ko’mir va gaz) yonishi natijasida atmosferaga chiqarilayotgan chang zarrachalari, oltingugurt, azot, uglerod oksidlari juda harakatchan, kirishuvchan, kimyoviy faol va oxir-oqibatda inson salomatligi uchun ham zararlidir. Ular planetamizning iqlim o’zgarishi va atmosferaning quyi qatlami troposferada harorat ko’tarilishining ham asosiy sababchisidir.
Yana bir e’tiborga loyiq holat, yer yuzida keyingi 40 yil mobaynida insoniyatning butun tarixi davomida foydalanilgan organik yoqilg’idan ham ko’proq yoqilg’i qazib olingan. Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilg’i ishlatish miqdori dunyo bo’yicha 12 mlrd tonna neft ekvivalenti (t.n.e)ga to’g’ri kelmoqda. Har yili ishlab chiqarish tarmoqlarining keskin rivojlanishi hisobiga neft, tabiiy gaz, ko’mir, uran kabi tabiiy boyliklar katta miqdorda muttasil ishlatilmoqdaki, natijada ularning zahiralari keskin kamayib bormoqda. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra dunyodagi energoresurslarni hozirgi darajada iste’mol qilinishi neft zahiralarini 45-50 yilda, tabiiy gaz 70-75 yilga, toshko’mir 165-170 yilda, qo’ng’ir ko’mir 450-500 yilda tugashi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra har yili sanoat tarmoqlaridan 5 mlrd dan ziyod is gazi, 300 mln tonnadan ortiq uglerod oksid gazi atmoosfera havosiga chiqarilmoqda. XX asrning 50-yillariga nisbatan ushbu miqdor 4 barovar ko’p va mazkur jarayon doim ortib bormoqda. [5]
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirish o’z navbatida atrof-muhitga zarar yetmaydigan ekologik toza va arzon energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shuning uchun ham mo’l arzon ekologik toza va tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish eng dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu muammoni hal etishga kirishish mamla-katimizda energetika xavfsizligini mustahkamlaydi, atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi va global iqlim o’zgarishini oldini oladi.
An’anaviy energetikada vujudga kelayotgan muammolarning istiqbolli yo’llaridan biri muammolarni yechishga imkon beruvchi noan’anaviy yangilanib turuvchi energiya manbalaridan foydalanishdir, bular:

  • An’anaviy issiqlik energetikasining atrof-muhitga salbiy ta’sirlarini kamaytirish

  • Birinchi navbatda, qishloq-tumanlarda yashovchi aholining talablarini amalga oshirish

  • Ma’lum hududda past potensialli organik yoqilg’ilardan foydalanish va uni kimyoviy sanoat xomashyosi sifatida saqlash


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə