I bob. Muqobil energiya manbalari


II BOB. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə7/12
tarix24.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#160953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHOLINING ENERGETIK TALABINI QONDIRISHDA MUQOBIL ENERGETIKANING O\'RNI

II BOB. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
2.1. Atrof-muhit muhofazasi haqidagi xalqaro hujjatlar
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2013-yil 27-may kuni “2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar dasturi to'g'risida” Qaror qabul qildi.
Atrof-muhitning maqbul holatini ta'minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror rivojlanishning ekologik asoslarini joriy etish maqsadida qabul qilingan mazkur qarorga binoan 2013-2017-yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar dasturi va uni amalga oshirish tadbirlari tasdiqlandi.
Qarorga binoan O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasiga 2013-2017-yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofaza-si bo'yicha harakatlar dasturini bajarish tadbirlarini tashkil etish va ularni nazorat qilish vazifalari yuklatildi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarning mas'ul ijrochilari –Qoraqal-pog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar:
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar yuzasidan har yili takliflar kiritishlari kerak. Shuningdek, 2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar dasturini bajarish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshiradilar.
2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar dasturi asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
O'zbekiston Respublikasida ko'p qirrali iqtisodiyot va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari, umuman olganda, barqaror rivojlanish tamoyillari bo'lib, ular doirasida birinchi darajadagi muhim vazifa ijtimoiy va boshqa sohalarda siyosat bilan yaqin integratsiyada izchil amalga oshiriladigan makroiqtisodiy rejalashtirishning tabiat muhofazasi siyosati bilan maqbul uyg'unligidir. Respublikaning ekologik siyosati tabiatning alohida elementlarini muhofaza qilishdan ekologik tizimlarni umumiy muhofazasiga o'tishni amalga oshirishga, inson yashash muhitining maqbul ko'rsatkichlarini kafolatlashga va o'zaro aloqani iqtisodiyot tarmoqlarini “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asosan rivojlantirish mexanizmlari bilan uyg'unlashtirishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston Respublikasining atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar milliy dasturida (AMMHMD, 1998 y.) asosiy vazifa — ustuvor ekologik muammolarni aniqlash, ularni hal etish vositalarini tanlash va tegishli tashkiliy va maxsus o'zgarishlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, mamlakatning barqaror rivojlanish yo'liga o'tishiga shart-sharoitlar yaratish uchun respublikaning tabiatni muhofaza qilish faoliyatida umumiy strategiyani shakllantirishdan iboratdir.
Ushbu dastur AMMHMD asosida ishlab chiqilgan va O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni ekologik jihatdan birgalikda olib borish borasidagi tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mamlakatni barqaror rivojlantirish maqsadlariga erishishga qaratilgan.
Ushbu dastur atrof-muhit holatining kafolatlangan sifatli darajasiga erishish borasidagi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatdan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish va samarali iqtisodiy usullarini tatbiq qilish, atrof-muhit ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik ilm-fanni olg'a surishga va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta'limni joriy qilishga, ekologik bilimlarni keng targ'ib qilishga, shuningdek ekologik madaniyatni oshirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
- tabiiy resurslardan, shu jumladan suv, yer, mineral xom-ashyo va biologik resurslardan oqilona va kompleks foydalanish;
- ishlab chiqarishda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish hisobiga havo muhiti, suv va yer resurslarining – ifloslanishini bosqichma-bosqich kamaytirish;
– atrof tabiiy muhitni muntazam baholash va uning ijtimoiy-ekologik holati prognozini tuzish uchun atrof tabiiy muhit monitoringi mexanizmini takomillashtirish;
– ekologik ofat mintaqasida – Orolbo'yi va mamlakatning boshqa ekologik jihatdan noqulay hududlaridagi ekologik holatni tiklash va sog'lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
– aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash va yirik shaharlar va aholi punktlaridagi kanalizatsiya tarmoqlari tizimlari va tozalash inshootlarini yaxshilash;
– atrof tabiiy muhit muhofazasi sohasida ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish hamda fan va texnika yutuqlaridan foydalanish;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish;
– atrof tabiiy muhit muhofazasi, ekologik ta'lim va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta'lim, shuningdek, ekologik bilimlarni targ'ib qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini va me'yoriy-uslubiy asosni takomillashtirish;
– ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Ushbu dasturni bajarish quyidagi 5 ta asosiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:
– aholi va davlat uchun yashash muhiti va ekologik xavfsizlik darajasining kafolatlangan va qulay shart-sharoitlarini yaratish;
– iqtisodiyot tarmoqlarini ekologizatsiyalashtirish, texnologik jarayonlarni va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish;
– atrof-muhitning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish;
– atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish, ekologik ta'lim va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta'lim sohasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini va me'yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish;
– tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish va tabiiy muhitni transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Bundan tashqari, dasturda aholi va davlat uchun yashash muhiti va ekologik xavfsizlik darajasining kafolatlangan va qulay sharoitlarini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlarini ekologizatsiyalashtirish, texnologik jarayonlar va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish, atrof-muhitni ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish, atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish, ekologik ta'lim va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta'lim sohasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini va me'yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish va tabiiy muhitning transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo'yicha ham qilinishi kerak bo'lgan ishlar batafsil bayon etilgan.
Ushbu dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi, u:
– mas'ul ijrochilar bilan birgalikda moddiy-texnika resurslari, texnologik salohiyat va boshqa shu kabi omillar mavjudligini hisobga olgan holda, mazkur dastur tadbirlariga aniqlik va tuzatishlar kiritishni o'rganib chiqadi va takliflar tayyorlaydi;
– ushbu dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablag'lar va moddiy resurslardan foydalanish monitoringini amalga oshiradi;
– mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi, uslubi va shartlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi;
–ushbu dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi va yilning har choragida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
Mazkur Dasturda nazarda tutilgan va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish hajmlariga, uning manzilli qismi tegishli kalendar yil uchun shakllantirilayotganda, Respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, har yili aniqlik kiritiladi.
Tadbirlarni amalga oshirishga jami 89,39 mlrd. so'm, 1635,55 mln. AQSH dollari va 57,63 mln. yevro miqdorida mablag'lar ajratilishi nazarda tutilgan, shu jumladan:

  • davlat byudjeti mablag'lari — qariyb 10,12 mlrd. so'm miqdorida;

  • vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, O’zbekiston rivojlanish va taraqqiyot jamg'armasi, banklar kreditlari, shuningdek jismoniy shaxslar va nodavlat yuridik shaxslar (ixtiyoriy ravishda) mablag'lari — 79,27 mlrd. so'm, 1247,14 mln. AQSH dollari va 57,49 mln. yevroga yaqin, shu jumladan, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining 3,0 mlrd. so'm mablag'lari bilan birga;

  • chet el investitsiyalari va boshqa xalqaro manbalarda — 388,41 mln. AQSH dollari va 140 ming yevro, shu jumladan, tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga xalqaro grantlar 3,52 mln. AQSH dollari va 140 ming yevro bilan birga.

Atrof-muhit muhofazasi bo’yicha dunyoda ham qator hujjatlar qabul qilin-gan. Bularga misol tariqasida “Kioto qarori”, “Parij kelishuvi” misol bo’la oladi.
Kioto qarori – bu 1997 – yilning dekabrida qabul qilingan xalqaro kelishuv bo’lib, BMTning ob–havo o’zgarishlari to’g’risidagi Rama bitimiga oid qo’shimcha hujjat hisoblanadi. U mamlakatlar rivojini va o’lkani o’tuvchi iqtisodiyot bilan qisqartirish yoki issiqxona gazlarining chiqindilarini barqaror qilishni o’z zimmasiga oladi.
Kioto qarori – bu 1997- yilda Yaponiyada imzolangan xalqaro shartnoma bo’lib, global isishning oldini olish maqsadida issiqxona gazlari chiqindilarining atmosferaga chiqishini qisqartirish maqsadida tashkil etilgan. Qachonki iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi milliy hukumatlarning alohida huquqidan mustasno bo’lmasa va hukumatlararo bitimlarning obyekti bo’lsagina, Kioto qarori zamonaviy iqtisodiyotning bir hodisasi bo’la oladi.
1980- yilda dunyo hamjamiyatining e’tibori global isish muammolariga qaratildi. Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi issiqlikning tutilishida karbonat-angidrit gazi asosiy o’rinni egallaydi. Yer atmosferasiga tashlanadigan karbonat- angidrit gazining taxminan 1/3 qismini issiqlik stansiyalari, transport va shahar xo’jaligi ishlab chiqaradi. Sayyoramiz o’rmonlari karbonat- angidrit gazini qisman yutadi. Lekin yonuvchi yoqilg’ilar iste’moldan paydo bo’lgan atmosferani zaharlovchi karbonat - angidrit gazining hajmi shunchalik kattaki, ularni butunlay qayta ishlashga “mitti yashil sayyora”ning qurbi yetmaydi. Bu isishning asosiy sababi insoniyat faoliyati - atmosferaga issiqxona gazlari chiqinqilarining tashlanishi va karbonat- angidrit, metan gazlari bo’lib kelmoqda. Bu gazlar sayyoramiz yuzasini isitib yorituvchi infraqizil nurlarini yutib, bu bilan sayyora yuzasining sovushiga to’sqinlik qiladi va havo haroratining ko’tarishiga sabab bo’ldi. Karbonat angidrid gazi atmosferaning yuqori qatlamidagi issiqlikning tutilishida asosiy o’rinni egallaydi. Agar haqiqatdan ham haroratning turg’un global ko’tarilishi yuz bersa, shubhasiz, bu muammoning yechimi ham faqat biz-yer aholisiga bog’liq bo’lib qoladi. Insoniyat ishtirokisiz ham yer sayyorasi tarixida keskin harorat isishi kuzatilgan. Atmosferada karbonat angidrid gazi miqdorining oshishi global isishning sababi emas, balki, aksincha global isish karbonat angidridning ko’payishiga sabab bo’lgan degan fikrlar ham bor. Sir emaski, global isish tom ma’noda, insoniyat uchun fojiaga aylanmoqda. Misol uchun, Yevropaning ba’zi mamlakatlari (Gollandiya) suv ostida qolishi mumkin. “Toza” bozor sharoitlarida korxona rahbarlariga hozirgi ob-havo ifloslanishlari bilan kurashish befoyda, chunki bu ularga ziyon yetkazadi xolos. Shunday ekan davlat va korxona boshqaruvda meyor juda zarur. Modomiki, havo bo’shlig’i butun sayyora uchun yagona ekan, unda Kioto protokoli asosdagi atmosfera ifloslanishiga qarshi kurash asosiy rolni o’ynaydi.


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə