I bob. Muqobil energiya manbalari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə4/12
tarix24.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#160953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHOLINING ENERGETIK TALABINI QONDIRISHDA MUQOBIL ENERGETIKANING O\'RNI

Ko’mir. Toshko’mir konlari zahirasi janubiy hududlarda, ya’ni Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. Hozirgi paytda Angren, Shorg’un va Boysun ko’mir konlarida qo’ng’ir ko’mir qazib olinishi amalga oshirilmoqda. Olinayotgan ko’mir asosan mamlakat ichida ishlatiladi, faqat oz miqdorda Afg’onistonga eksport qilinadi. Ko’mir yoqilg’isining asosiy iste’molchisi elektroenergetika sektori hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko’mir sanoatini rivojlantirishning 2002-2010 yillarga mo’ljallangan dasturi” 2002-yil 4-iyunda tasdiqlangan. O’zbekiston ko’mir sanoatini rivojlantirish maqsadida 254 mln AQSh dollari miqdorida investistiya kiritilgan. 2012-yilda ham 90 % investitsiyani Angren konidagi ishlab chiqarish quvvatini modernizastiya qilishga yo’naltirilgan. Dastur “O’zbek ko’mir” AJning o’z mablag’lari, shuningdek, chet el kreditlarini va to’g’ridan to’g’ri investitsiyani jalb etish hisobiga moliyalashtirilgan.
1996-yildan O’zbekiston chetdan yoqilg’i resurslarini olib kelishga barham berdi. Ko’mir qazib olish ancha kamayganligiga qaramay, suyuq va gazsimon uglevodorodlarni yetkazib berishni ko’paytirish milliy iqtisodiyot va aholini energiya bilan barqaror ta’minlash imkonini beradi.
Jahon amaliyotida yangilanib turuvchi energiya manbalari amaliyotiga quyidagilar mansubdir: quyosh, shamol, geotermal, gidravlik energiyasi, dengiz quyilishi, uning oqimlari, to’lqinlari, yerning past haroratli issiqligi, hayvonot, o’simliklarning biomassasi va maishiy kelib chiqishi, vodorot energetikasi.
O’zbekiston tabiiy gazning yirik zahiralariga ega bo’lganligi uchun energiya resurslariga jiddiy ehtiyoj yo’q. Shuningdek, mamlakat rivojlangan energetika infratuzulmasiga ega, elektr va gaz tarmoqlari deyarli barcha aholi joylariga yetkazilgan. Hamda aholi va korxonalar haligacha past narxlar bo’yicha energiya bilan ta’minlanmoqda. Aynan energiyaning past narxi hukumat energetika siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Lekin bu ustuvor vazifalarni ado etish qimmatga tushyapti. Energiya resurslariga dunyo miqiyosida narxlar oshayotgan bir paytda quyosh energiyasi imkoniyatlaridan foydalanish –bu energiyani istemol tuzilmasining samaradorligini oshirishi mumkin.
Quyosh energetikasi markazlashtirilmagan ta’minotini rivojlantirish uchun asos bo’la olishi va energetika infratuzilmasiga jalb qilinadigan investitsiyalarni qoplashdagi sifat va ishonchli muammolarni hal qilishi mumkin. Uzoqda joylashgan va kam energiya talab qiladigan obyektlarni energiya bilan ta’minlashda quyosh energetikasi juda qulay.
Quyosh energetikasini rivojlantirish O’zbekiston uchun juda foydali, chunki shu orqali tabiiy gaz istemol turlari saqlab turiladi yoki qo’shimcha zahiralarni eksport uchun ajratiladi. Ayni paytda tabiiy gazning 60 % o’z istemolchilarimiz va “O’zbekenergo” DAK korxonalariga yetkazilyapti. O’zbek tabiiy gazining eksport narxi 2015 yil 1- oktabr holatiga ko’ra, 1 ming metr kub uchun 220-250 AQSh dollorini tashil qiladi. Bozorimizda esa bu narx 57,1-45,9 AQSh dolloriga teng. Agar O’zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirib, ichki bozordagi gaz ehtiyojini hech bo’lmaganda 1 % ga kamaytirsa, mamlakatimiz har yili gaz eksportidan 130-149,5 mln dollorga yaqin daromad oladi. Bu daromad quyosh energetikasini rivojlantirish uchun sarflanishi mumkin. Masalan geliotizimlarning qulayligini grantlar, subsiya va imtiyozli kreditlar orqali oshirish tufayli quyosh energetikasi rivojlantirishga qiziqtirsa bo’ladi.
Tabiiy gaz uchun eksport narxlari oshsa, O’zbekiston energetika sohasidagi uzoq muddatli siyosatini real maqsadga erishish uchun mamlakatda gazdan foydalanish hajmini quyosh energiyasidan foydalanishni kengaytirish hisobiga qaratishi mumkin. Bu borada qabul qilingan maqsadli ko’rsatkichlar, masalan, muayyan muddat ichida gaz ishlab chiqarish hajmini 0,1-0,2 % kamaytirish kabi doimiy ravishda qayta o’zgartirilib turilishi talab etiladi.
Shuningdek, bugungi kunda aholini markazlashtirilgan isitish tizimi bilan ta’minlash va issiq suv narxlarini subsidiyalash uchun ko’p xarajat sarflanmoqda. Lekin bu subsidiyalar ko’p qavatli uylarda joylashgan geliouskunalarda issiq suv ishlab chiqarish uchun ishlatilsa, bir xil natija bermoqda. Toshkent issiqlik ta’minot korxonalarida amalga oshirilgan bir qator ko’rgazmali loyihalar natijalari shuni ko’rsatadiki, quyoshli markazlashtirilgan suv isitkichlari bilan korxonalarda uglevodorot yoqilg’isini yoqish yo’li bilan olingan 1 kwt energiyaning narxlari bir xil.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə