I bob. Muqobil energiya manbalari


Muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha normativ huquqiy hujjatlar



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə6/12
tarix24.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#160953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHOLINING ENERGETIK TALABINI QONDIRISHDA MUQOBIL ENERGETIKANING O\'RNI

1.3. Muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha normativ huquqiy hujjatlar
“Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog’risida”gi Prezident Farmoni.
Qayd etib o‘tilsinki, iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xomashyosining jahon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo‘yicha ishlanmalar jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ular yuzasidan bir qancha o‘n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda. Respublikada Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q ilmiy-eksperimental markaz – Fanlar Akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi tashkil qilingan bo‘lib, uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etildi.
Issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‘zgartirkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ayniqsa faol va samarali olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida amalda eksperimental ravishda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy ob’ektlarni issiq suv bilan ta’minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqurilmalar o‘rnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilg‘or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
To‘plangan tajribani e’tiborga olgan holda va tadqiqotlar hamda tajriba-sanoat ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy darajada o‘tkazishni yanada davom ettirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekiston sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim yechimlarni amalda qo‘llash, shuningdek, mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida:

  1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekistonda quyosh va biogaz energiyasidan foydalanishni yanada chuqurroq ishlab chiqish va amalda qo‘llash uchun ilmiy-eksperimental va moddiy-texnika bazasi yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fanlar Akademiyasi va manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda, to‘plangan tajribani hisobga olgan holda quyosh va biogaz energiyasidan foydalanish sohasidagi eksperimental va amaliy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, bunda muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga, respublikada tegishli uskunalarni, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni, shuningdek, ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar Akademiyasi, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi negizida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

  • quyosh energiyasidan sanoat ko‘lamida foydalanish sohasida yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish;

  • ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada quyosh energiyasi potensialidan amaliy foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • quyosh energetikasidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish, shu jumladan maxsus materiallarni sintez qilish va ularga termik ishlov berish texnologiyalarini qo‘llash bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish;

  • quyosh energetikasi sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatini tashkil etish va uni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha qaror qabul qilsin.

  1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zbekenergo” DAK va “Suntech Power Co.” (XXR) kompaniyasi o‘rtasida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni teng ulushlarda moliyalashtirgan holda eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 100 MVt quvvatli fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

“O‘zbekenergo” DAK O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha biznes-reja hamda zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, bunda 2013-yilning oktabr oyida quvvati 50 MVt bo‘lgan birinchi navbat ishlab chiqarishni foydalanishga topshirish, 2015-yilda loyiha quvvatiga erishish nazarda tutilsin. Bu o‘rinda korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotga ehtiyoj va uni sotish bozorlarini chuqur tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekenergo” DAKning Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

“O‘zbekenergo” DAK uch oy muddatda loyihani moliyalash manbalari sifatida Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘larini jalb etishni nazarda tutgan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi hamda tender hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə