Aqlli” hisoblagichlar bo‘yicha umumiy ma’lumot “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatishning huquqiy asoslari


YETKAZIB BERILADIGAN TO‘PLAM TARKIBI



Yüklə 314,24 Kb.
səhifə3/6
tarix27.09.2023
ölçüsü314,24 Kb.
#124226
1   2   3   4   5   6
otchyot

YETKAZIB BERILADIGAN TO‘PLAM TARKIBI









1.

Gaz hisoblagichi




1 dona

2.




Pasport

1 dona




3.

O‘rnatish uchun zichlagich




2 dona

4.




Qadoqlash qutisi

1 dona




GAZ HISOBLAGICHLARINING TARKIBIY QISMLARI:

Metall korpus, uning ichida:




mexanik o‘lchov tuguni;
harorat sensori (aniqlagich);
ikki holatli klapan joylashgan.

Plastik korpus, uning ichida elektron o‘lchov tuguni joylashgan bo‘lib, mazkur tugun:




o‘lchov tugunining aylanma harakatini qayd etish uchun optik o‘zgartirgich;
hajmni o‘zgartirish elektron harorat qurilmasi;
aloqa modullari (simsiz GSM moduli);
monoxrom suyuq kristall displey;
uchta apparat boshqaruv tugmasi;
avtonom quvvatlantirish manbalari – batareyalar (aloqa modullari va hajmni o‘zgartirish elektron harorat qurilmasi uchun alohida);
doimiy xotira qurilmasidan iborat.

IKKI HOLATLI KLAPAN




Mazkur klapan hisoblagich korpusida kirish quvurida joylashgan bo‘lib, gaz oqimini to‘xtatish uchun mo‘ljallangan hamda ugaz quvurining elementi hisoblanmaydi. Klapan gaz quvurini kafolatli va germetik berkitilishini ta’minlab, faqat hisoblagich gaz quvuriga barcha o‘rnatish talablari bajarilgan holda o‘rnatilgan va uning germetikligi ta’minlangan holatda foydalanish uchun mo‘ljallangan.




KLAPANNING BERKITILISH HOLATLARI:




masofadan, boshqaruv markazidan;
ruhsatsiz aralashish holatlarida – avtomatik tarzda;
batareya quvvati juda kam qolganda – avtomatik tarzda.




Klapan yopilgandan so‘ng, uni faqat hisoblagichning apparat tugmalari yordamida tegishli parolni kiritish orqali va boshqaruv markazidan tegishli ruhsat olingan holda ochish mumkin.




Hisoblagichni quvvatlantirish uchun faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan talablarga javob beruvchi asl litiyli batareyalardan foydalanishga ruhsat beriladi. Batareyani iste’molchi tomonidan mustaqil ravishda almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni batareya shunday o‘rnatilganki, uni almashtirish paytida himoya plombasi buziladi.




Elektron o‘lchov tuguni batareyasining foydalanish muddati quyidagi shartlarda kamida 8 yil davomida quvvatlantirishni ta’minlaydi:




hisoblagich interfeysidan bir kunda bir marta foydalanilganda;
berkitish klapanidan bir oyda 3 martadan ko‘p foydalanilganda;




Simsiz aloqa modullarini quvvat bilan ta’minlaydigan batareyaning ishlash muddati quyidagi sharoitlarda 8 yilni tashkil etadi:




bir sutkada GRPS ma’lumotlarini uzatishning bitta sikli (20 sekund – tarmoqda ro‘yxatdan o‘tkazish, 30 sekund – ma’lumot uzatish).
Batareya elektron o‘lchov tugunining plastik korpusida joylashgan simsiz aloqa modullarini quvvat bilan ta’minlaydi. Batareyani almashtirish hisoblagich himoya plombasining buzilishini talab qiladi. Shu sababali batareya quvvati 10% qolganda, hisoblagich indikatorida tegishli ogohlantirish paydo bo‘ladi va boshqaruv markaziga uzatiladi.




Yüklə 314,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə