Aqsh iqtisodiy taraqqiyot modeli



Yüklə 13,97 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü13,97 Kb.
#165173
1   2   3   4
Iste`molchi tanlovi nazariyasi

Iste‘molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste‘moldagi afzallik o’rganiladi. Bunda iste‘molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko’rishi mezonlarini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste‘molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya‘ni iste‘mol tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko’rib chiqiladi. Iste‘molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma‘lum chegarali to’plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste‘molchi nimani afzal ko’rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo’shib iste‘molchi tanlovi aniqlanadi.

Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:

Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:

  • Iste‘molchilar iste‘mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko’rish va turkumlashtirishga qodir. Iste‘molchi ikkita A va B mahsulotlar to’plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko’radi. A>B, A=B bo’lsa, ikkalasi ham bir xil naflilikka ega bo’ladi. Bu afzal ko’rish tovarlar qiymatini inobatga olmagan xoldadir.
  • Iste‘molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitivligi). Agar iste‘molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko’proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko’ra ko’proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko’proq xohlagan bo’ladi, ya‘ni: A>B, BS.
  • To’yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovarlar yaxshi (ma‘qul) tovarlar deb hisobga olib, iste‘molchi xar doim kam miqdordan ko’p miqdordagi tovarlarni afzal ko’radi.
  • Iste’molchilik xatti-harakati – bu iste‘molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.

Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlar qondirilishini ta‘minlash, ya‘ni ularning qanoatlantirish manbai bo’lish xususiyati hisoblanadi. Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog’liq. Sifat ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog’liqqa foydaliligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq muddatliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b. Bozordagi iste‘molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o’z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo’lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o’lchab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o’lchab emas, balki tabaqalashtirish orqali, ya‘ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k. Ma‘lumki, iste‘molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi.


Yüklə 13,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə