Arbolit betonning fizik mexanik xossalari reja: Arbolit beton haqida qisqacha ma’lumot



Yüklə 32,66 Kb.
səhifə5/7
tarix13.12.2023
ölçüsü32,66 Kb.
#149178
1   2   3   4   5   6   7
ARBOLIT BETONNING FIZIK MEXANIK XOSSALARI

plastik materiallar - kuch, temperatura yoki suv ta’sirida qayta ishlanish xususiyatiga ega bo‘lgan materiallar (gil, bitum, mis, qo‘rg‘oshin va x..k.)
elastik materiallar - unga ta’sir etayotgan kuch olingandan so‘ng o‘z
shakliga qaytadigan materiallar (rezina, po‘lat, yog‘och) mo‘rt materiallar — ta’sir etayotgan kuch natijasida o‘lchami va shaklini o‘zgartirmaydi, buzilish hossasiga ega bo‘lgan materiallar (shisha, cho‘yan, g‘isht va x,.k.)
A) Mustahkam — granit, temir, yog‘och
B) Mustahkamligi past — chig‘anoqtosh, somon, xom g‘isht
a) Qattiq - cho‘yan, shisha, granit
b) YUmshoq. - yog‘och, qo‘rg‘oshin, bitum
Suv, kislota, ishqor, issiq-sovuq hamda fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida chidamli- (klinker, plastmassalar) va chidamsiz (xom g‘isht)materiallar;
Izolyasiya materiallari-issiqliko‘tkazmaydigan (mineral paxta, jun, g‘ovakli asbest buyumlar)
Tovushni yutuvchi- (pemza, qatlamli shisha paxta, fibrolit) gidroizolyasion- (bitum, ruberoid, tol) elektroizolyasion- (rezina, chinni, marmar) xossalarga ega bo‘lgan materiallar.
Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko‘ra konstruktiv (tabiiy tosh materiallari, beton, qorishma, sopol, yog‘och, polimerbeton, plastmassa va h.k.) va maxsus (issiqlik va tovush izolyasiyasi, gidroizolyasiya, bezak, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan himoyalovchi, biologik muhitga chidamli va x.k.) turlarga bo‘linadi.
Qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Tarmoq standarti (TSt), Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. Qurilish materiallari standartlari Davlat standarti qo‘mitasi bilan O‘zR Davlatarxitektqurilish tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar; buyum turlari va o‘lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va sh.k. xollarda bo‘lishi mumkin.
Qurilish materillaridan foydalanib bino va inshootlar qurish “Qurilish me’yorlari va qoidalarida” (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha tashkilot va muassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947 yilda tashkil topgan “Standartlash halqaro tashkiloti (MOS)” talablariga javob beruvchi xillari ham mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish va ishlatishga qulaylik tug‘diradi.
Yog‘och eng qadimgi qurilish materiali bo‘lib, er sharida notekis tarqalgan. O‘rmon qayta tiklangani uchun yog‘och bitmas-tuganmas qurilish materiallari va buyumlari zaxirasidir.
Yog‘och tayyorlanadigan o‘rmonlar Rossiya, Xitoy, Ukraina, Kavkaz, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda ko‘plab uchraydi.
Yog‘och yuqori mustahkamlik, qayishqoqlik, issiqlik izolyasiyalovchi, suv va organik erituvchilarga chidamlilik xususiyatlariga ega. Yog‘och oson qayta ishlanadi, elimlash, mix qoqish mumkin. Ammo tolasimon tuzilishi tufayli xossalarining turliligi, namlikdan deformatsiyalanishi, yonuvchanligi, chirishi kabilar yog‘ochning kamchiligidir. Qurilishda yog‘och xari, taxta, shpal, brus, xollarida ishlatiladi. Yog‘ochni qayta ishlaganda hosil bo‘lgan payraxa va qipiqdan fibrolit, arbolit, yog‘och tolali va yog‘och payraxali plitalar tayyorlash mumkin.
Yog‘ochning sifati uning turiga bog‘liq. Yog‘och olinadigan daraxtlar igna bargli va bargli turlarga bo‘linadi. Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay, qoraqarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr va boshqalar kiradi. Bargli daraxtlarga eman, oq qayin, qora qayin, shumtol, arg‘uvon kabilar kiradi.
Markaziy Osiyo tog‘larida o‘sadigan archa va terak, ko‘k terak, chinor kabilar bino va inshootlar qurilishida to‘sin, ustun, pol, ship, muqarnas, karniz, eshik, rom kabi buyumlarni olishda ishlatiladi. CHinor, yong‘oq va nok daraxtidan shkaf, javon va turli o‘ymakor buyumlar ishlanadi.
Daraxt ildiz, tana va shox-shabba qismlaridan iborat bo‘lib, ularning ko‘lami daraxtning turiga bog‘liq bo‘ladi. Daraxtning tana qismi 60-90% tashkil etib, sanoatda qayta ishlash ahamiyatiga egadir. YOg‘ochning makrostrukturasini oddiy ko‘z yoki lupa yordamida, mikrostrukturasini esa, faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin.

Yüklə 32,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə