Arbolit betonning fizik mexanik xossalari reja: Arbolit beton haqida qisqacha ma’lumot



Yüklə 32,66 Kb.
səhifə4/7
tarix13.12.2023
ölçüsü32,66 Kb.
#149178
1   2   3   4   5   6   7
ARBOLIT BETONNING FIZIK MEXANIK XOSSALARI

BETONNING SINFI VA MARKALARI


  • Beton va temirbeton konstruksiyalari loyihalashda ishlatilish sohasi va joyga qarab sifat ko’rsatgichi sifatida betonning sinflar va markalari o’rnatiladi.

  • Beton mustahkamlik bo’yicha quydagi sinflarga bo’linadi: Markaziy siqilish bo’yicha – B va markaziy cho’zilish bo’yicha – Bt.

  • Betonlar fizik xususiyatlari bo’yicha quydagi markalarga bo’linadi: Sovuq bardoshlik bo’yicha – F, suv o’tkazmaslik bo’yicha – W, zichlik bo’yicha – D

Betoning siqilishdagi mustahkamlik bo’yicha sinflari.


  • B7.5, B10, B12.5, B15, B20, B25, B30, B35, B40, B45, B50, B55, B60

  • Bt0.8, Bt1.2, Bt1.6, Bt2, Bt2.4, Bt2.8, Bt3.2

Betoning cho’zilishdagi mustahkamlik bo’yicha sinflari.
To’sin va ustunlarning yuk ko’tarish qobiliyati va deformatsiyalanishini aniqlash uchun, ularni tayyorlashda qo’llanilgan beton va armaturaning mustahkamlik ko’rsatkichlarini bilishimiz kerak bo’ladi. Beton va armaturaning asosiy fizik-mexanik xossalari [1,2] standartlar asosida aniqlanadi. To’sin va ustunni tayerlash jaraenida unga ishlatilgan betondan kub namunalari xam tayerlanadi. Ular konstruktsiyalar bilan bir xil sharoitda namunalarni tayerlovchi korxona yeki kurilish maydonida, ya’ni beton loyihaviy mustahkamligini olgunga qadar namunalar (20±2) °S harorat va havoning nisbiy namligi 95 % bo’lgan normal sharoitda saqlanishi shart. Sinaladigan kub namunalarining soni har bir partiya uchun Uz RST 742-96 da 5 tadan kam bo’lmasligi kerak, lekin bu o’quv tajribasi bulganligi sababli 3 tadan kam bo’lmasligi kerak. Sinashdan oldin kub namunalari 1 mm gacha aniqlikda o’lchanadi. Betonning mustahkamlik xossalarini aniqlash uchun o’lchamlari 100x100x100 mm va 150x150x150 mm bo’lgan kub namunalari “Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi laboratoriyasida mavjud bo’lgan PSU-500, P-125 va P-50 turdagi gidravlik presslar yordamida siqilishga sinaladi. Kub namunalari sekundiga 0,2-0,3 MPa tezlik bilan to buzulgunga qadar yuklanadi. Standart bo’lmagan 100x100x100 mm kublardan, standart 150x150x150 mm kub mustahkamligiga o’tish uchun kubik mustahkamlikni masshtab koeffitsientiga ko’paytirish kerak. Ma’lumki, tabiatda sof holda uchrovchi metallardan boshqa barcha metallar turli birikmalar (oksidlar, sulfidlar, fosfidlar va bosh- qalar) tarkibida bo‘lib, ularda anchagina begona qo‘shimchalar (SiО2, А1,О3, СаО va boshqalar) ham bo‘ladi. Bu birikmalar ma’danlar deyiladi. Agar metallurgiya korxonalarida bu ma’danlardan metallar ish­lab chiqarishda foydalanilsa, ularni rudalar deyiladi.
Sanoatda rudalardan xili, xususiyati va begona birikmalardan tozalik darajasiga ko‘ra metallarni ajratib olishda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi: pirometallurgik usul, gidrometallurgik usul, elektrometallurgii usul, kimyoviy-metallurgik usul;
Shuni qayd etish joizki, sobiq sovet ittifoqidagi yirik metallurgiya kombinatlari (Magnitogorsk, Kuznetsk, Cherepovetsk va b.) dan farqli o‘laroq respublikamizda 1942 yilda Bekobod, 1953 yilda Olmaliq, 1971 yilda Navoiy va b. metallurgiya kombinatlari qurilgan va ularda ko‘plab qora, rangli metallar hamda ularning qotishmalari ishlab chiqarilmoqda.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, texnik toza metallar (masalan Fe, А1, Сu) dan elektro va radiotexnikada, tantal (Ta), niobiy (Nb), gafniy (Hf), sirkoniy (Zr), kremniy (Si) va ularning qotishmalaridan priborsozlikda, atom texnikasida va boshqa sohalarda foydalanilsa, mashinasozlikda esa turli mashina va metall konstruksiyalarning qariyb 90% dan ortiqrog‘i qora metall qotishmalar (cho‘yan va po‘lat)ga to‘g‘ri keladi.
Buning boisi shundaki, qora metall qotishmalari qoniqarli fizik-kimyoviy, texnologik va mexanik xossalarga ega bo‘lishi bilan birga, kimyoviy tarkibining o‘zgarishida xossalarining o‘zgarishi, shuningdek termik termo-kimyoviy va bo‘lak ishlovlarga berilishi natijasida struktura o‘zgarishi hisobiga xossalarining zaruriy yo‘nalishda yo‘naltirilishi, narxining arzonroqligidir. 1- va 2-jadvallarda mashinasozlikda keng qo‘llaniladigan metallar, ularning qotishmalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shuni qayd etish joizki, hozirda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan metallarning 94% ga yaqini qora metallarga, qolgani rangli metallarga to‘g‘ri keladi. Barcha metall va qotishmalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin.
Temir va uning qotishmalari asosidagi (po‘lat, cho‘yan) - qora metallar, qolgan barcha metall va qotishmalar (Ве, Mg, Al, Ti, V, Cr, Mn, Co, Ni, Cu, Zn, Zr, Nb, Mo, Ag, Sn, W, Au, Hg, Pb va b.) - rangli metallar deb nomlanadi.
Rangli metallar o‘z xossalariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
- yengil metallar (Be, Mg, Al, Ti);
- oson eriydigan metallar (Zn, Cd, Sn, Sb, Hg, Pb, Bi);
- qiyin eriydigan metallar (erish temperaturasi temirnikidan yuqori bo‘lgan, ˃1539 оС) (Ti, Cr, Zr, Nb, Mo, W, V ва б.);
- nodir metallar (Ph, Pd, Ag, Os, Pt, Au ва б.);
- radiaktiv metallar (U, Th, Pa).
Shuni aytish joizki, keyingi yillarda reaktiv, atom texnikasi va boshqa cohalarning yaratilishi va rivojlanishi natijasida agressiv muhitda, yuqori bosim va temperaturalarda ishlovchi, deyarli yuqori darajali puxta, korroziya bardoshlikka va plastiklikka ega bo‘lgan metall qotishmalarga ehtiyoj orta bordi. Bu esa yangidan yangi ilmiy markazlar, laboratoriyalar tuzishga olib keldi (1.2-, 1.3-jadvallar).
Bu markaz va laboratoriyalarda elektron mikroskoplarda, rentgen va boshqa zamonaviy apparatlar yordamida chuqurroq kuzatishlar olib borilmoqda. Shuningdeq qattiq jismlar fizikasi sohasidagi erishilgan yutuqlar tufayli "Materialshunoslik" fani rivojlandi va rinojlanmoqda, natijada oldindan belgilangan xossali qotishmalar olishga erishilmoqda. Buning ahamiyati nihoyatda katta, albatta. Qurilish materialshunosligi o‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5-6 ming yilga teng.
Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bog‘langan. Misr Piramidalari, Buyuk Xitoy Devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan.
SHaxrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak shoh saroylari, madrasa va masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g‘ishtdan qorishmalar asosida terilib barpo etilganini ko‘ramiz. Bu shaharlardagi binolarda sirlangan sopol buyumlar X-XII asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli o‘lchamdagi va shakldagi sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muqarnaslar, burmalar va sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda ishlatganlar.
Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab shakl berib bino va inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta’sir etadigan qismlarida ishlatganlar. qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. YOg‘och sinchli binolar zilzilaga bardoshliligi bilan ajralib turadi. YOg‘ochga o‘ymakorlik usulida ishlangan ustunlar, bag‘dodi eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar xozirga qadar arxitektura obidalarini bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bo‘yoqlardan foydalanish tarixi miloddan avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli minerallar, o‘simliklar kuli, bog‘lovchi sifatida esa, tabiiy o‘simlik yog‘lari ishlatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir va engil betonlar alohida o‘rin tutadi. Bu materiallarni qurilish industriyasining asosiy mahsulotlari deb atash mumkin.
Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin pasayadi.
Qurilishni mukammallashtirish va tezlatish, zamonaviy qurilish materiallarini ko‘plab ishlab chiqarishni taqazo etadi. Polimerlar asosidagi materiallar, shisha buyumlar, lok-bo‘yoqlar, kompozitsion materiallar shular jumlasidandir.
Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini ishlatish ularning tannarxini pasaytiradi va ekologik muhitni barpo etadi.
Qurilish materialshunosligi fanining rivojlanishiga A.Baykov, YU.Bajenov, P.Zemyatchenskiy, V.Kind, V.Solomatov, I.Rыbev, S.Baybolov, Y.SHtark, B.Skramtaev, A.Gluxovskiy, E.Qosimov kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston qurilish va qurilish industriyasini rivojlantirishda chet ellar bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Turkiyaning “Aysel” kompaniyasi, Germaniyaning “Knauf” korporatsiyasi, AQSHning “Armstrong” firmasi shular jumlasidandir.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, tannarxi arzon, mustahkam, uzoq muddat xizmat qiluvchi, mahalliy xom ashyo zaminida ishlab chiqarilgan buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarini belgilash kiradi.
Er yuzida energiya resurslarining kamayib borishi binolar qurilishida energiya samaradorligini keskin oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning deyarli 50 foizi yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolarning energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. SHunga mutanosib ravishda parnik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha O‘zR “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor Dasturlarni bajarmoqda. Jumladan, turar joy, jamoat (maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va sh.k.) binolarni energiya samaradorligi dasturlaridir. Ushbu Dasturlarni bajarish uchun Arxitektura qurilish sohasidagi Oliy ta’lim muassasalari, loyiha ilmiytadqiqot institutlari va qurilish tashkilotlari jalb etilgan.
Eneriya samaradorlikda asosiy mezon sifatida qurilish materiallari va buyumlarini binolar qurilishida ishlatilishini belgilash mumkin.
Ushbu muammoning asosiy echimlaridan biri issiqlik izolyasiyasi materiallarini mukammallashtirish, fizik-mexanik, issiqlik-fizik va eksputatsiya xossalarini keskin yaxshilar, yangi turlarini ishlab chiqarish talab etiladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash muammosi echimi ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Qurilish materiallarini texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

Yüklə 32,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə