Arbolit betonning fizik mexanik xossalari reja: Arbolit beton haqida qisqacha ma’lumot



Yüklə 32,66 Kb.
səhifə6/7
tarix13.12.2023
ölçüsü32,66 Kb.
#149178
1   2   3   4   5   6   7
ARBOLIT BETONNING FIZIK MEXANIK XOSSALARI

Yog‘och makrostrukturasi. Makrostrukturani tanani tangensial, radial va ko‘ndalang qirqimlar yordamida o‘rganiladi.
Daraxt tanasi o‘zak, yog‘ochlik kambiy va po‘stloq qismidan iborat bo‘ladi.
O‘zak juda bo‘sh bog‘langan xujayralardan iborat bo‘lib, kichik mustahkamlikka ega va namlik ta’sirida tez chiriydi. Po‘stlog‘i tashqi qobiq va ichki lub qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, daraxtning tashqi muhit ta’siri va mexanik shkastlanishlardan saqlaydi. Lub qatlami orqali o‘sayotgan daraxt oziqlanadi. Lub qatlami ostida yupqa kambiy xujayra qatlami joylashgan. Har yili daraxtning o‘sish davrida kambiy po‘stloq va ichki tomonga yog‘och xujayralarini suradi va yog‘ochlik kengayib boradi. SHu sababli, daraxtning ko‘ndalang kesimida yillik xalqalar hosil bo‘ladi.
Yillik xalqalar ikki qatlamdan iborat:
Bahorgi –bahor va yozning boshida, yozgi-yozning oxirida hosil bo‘lgan yog‘och qatlamlari. Bahorgi yog‘och qatlami och rangli yirik yupqa xujayralardan iborat bo‘lib, yozgi qatlam esa to‘q rangli mayda pishiq xujayralardan tashkil topadi.
Tabiiy tosh materiallari qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va hom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab kub metr ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo‘llaniladi.Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muxitni asrash qonun qoidalariga albatta rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo‘ladigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xarsangtosh. Massasi 20-40 kg uzun tomoni 50 sm bo‘lgan noto‘g‘ri shakldagi tog‘ jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida, plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlar yordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslariga ishlov berib olinadi. CHo‘kindi jinslar tarkibida giltuproq, pirit qo‘shilmalari bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa kam bo‘lmasligi, suvda yumshash koeffitsienti 0,8 dan past bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib beton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.

Yüklə 32,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə