Arnasoy tuman xalq


Y A N G I M A V Z U B A Y O N I



Yüklə 11,3 Mb.
səhifə6/8
tarix27.12.2023
ölçüsü11,3 Mb.
#162254
1   2   3   4   5   6   7   8
OCHIQ DARS ISHLANMASI 1 jismoniy

Y A N G I M A V Z U B A Y O N I :


O`quvchilar bir qatorga saflantiriladi va yangi mavzu bayoni o`quvchilarga tushuntiriladi.
Yangi mavzu: Harakatli va “Estafetali o`yinlar”. “Stul ustiga xaltacha”, “To`pni o`z joyiga qo`y” , “Quyoncha” kabi estafetali o`yinlarni o`ynash. Eng avvalo o`quvchilarga “Estafetali o`yinlar” haqida ma`lumotlar va mavzuda
keltirilgan harakatli va “Estafetali o`yinlar” qoidasi tushuntirilib, ko`rgazmali tarzda o`quvchilarga ko`rsatib beriladi.
Shundan so`ng “Estafetali o`yinlar” birin-ketin o`ynaladi.
A M A L I Y M A S H G ` U L O T L A R O R Q A L I Y A N G I M A V Z U N I M U S T A H K A M L A S H :
Stul ustiga xaltacha” estafetasi: O`yin qoidasi. Ushbu estafetali o`yinda
o`quvchilar ikki guruhga (jamoaga) bo`linadi. 10-15 metr uzoqlikka esa stulcha qo`yiladi. Har ikki jamoa uchun bir donadan maxsus xaltacha beriladi.
Estafeta sharti. 1-o`quvchi ushbu xaltachani tezlik bilan borib stulcha ustiga qo`yib qaytadi va 2-o`quvchining qo`liga kelib uradi. 2-o`quvchi esa 1-o`quvchi qo`yib kelgan xaltachani olib kelib 3-o`quvchiga tutqazadi. O`yin shu tarzda davom ettiriladi. O`yinni birinchi bo`lib yakunlagan jamoa g`olib deb topiladi.
Estafetadan erishiladigan natija: Ushbu estafeta orqali o`quvchilarning qisqa masofalarga yugurish salohiyati aniqlanib, ushbu estafeta orqali o`quvchilar yugurish tezligini baholab borish.

To`pni o`z joyiga qo`y” estafetasi: O`yin qoidasi. Ushbu estafetali o`yinda o`quvchilar ikki guruhga (jamoaga) bo`linadi. Har ikki jamoa uchun 10 metr uzoqlikda gardish qo`yiladi. Har ikki jamoaga bittadan to`p beriladi.


Estafeta sharti. 1-o`quvchi yugurib borib, qo`lidagi to`pni gardish ichiga qo`yib, tezlik bilan ortiga qaytadi va yana tezlik bilan borib, gardish ichiga qo`ygan to`pni olib kelib sherigiga beradi. Estafeta shu tarzda davom ettiriladi. Estafetani birinchi bo`lib yakunlagan jamoa g`olib deb topiladi.

Yüklə 11,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə