Arxeologik turizm va uning xususiyatlari. Ochiq osmon ostidagi muzeylar tashkil qilish



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142020
1   2   3   4
C-51

 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
285 
natijasida paydo bo'ladigan obyekt turistik mahsulot hisoblanib, sayyohlarning qiziqishini 
ortiradigan maydondir. Arxeologik turizimning bir qismi sifatida qazish jarayoni ham e`tiborga 
loyiq bo`lib, yangi topilmalar orqali arxeologik obyektga tashrif buyuruvchilarning qiziqishini 
orttirirsh bilan birga qiziquvchi sayyohlarga ajoyib imkoniyat taklif qiladi. Ya`ni sayyohlar 
uchun bevosita qazish jarayonda qatnashish imkoniyati bo`ladi. Sayyohlar o`zlarini 
arxeoliglarday his qiladi va madaniy resurslarni qizib ko`radi, mobodo omadi kelas ajoyib 
artefakt ham topishi mumkin.
Arxeologik qazishmalar sonini oshirish va ularni rivojlantirish, yangi ish o'rinlari 
yaratilishi hamda turistik mahsulotni yangilash imkoniyatini yaratadi.
Qolaversa, qazish jarayoni madaniy turizmni rivojlantirish elementi sifatida baholanadi 
va “qazish ishlari”, ekskursiyalar va axborot dasturlarida ishtirok etish orqali sayyohlar qazish 
tajribasiga ega bo`ladi va kop`roq odamlarni o`ziga jalb qiladi hamda bu o`z o`zidan bu jarayon
“qazish turizmi”ni rivojlantirishga yordam beradi.
Arxeologik turizm manbalari qimmatli va noyobdir. Chunki ularni qadim
zamonlardagi o`sha davr odamlar tomonidan yaratilgan va o`sha davr muhitini saqlab qolgan. 
Vaqt o'tishi bilan bu obyektlar ko'proq qiymatga ega bo'lgan va bu davom etaveradi. Bu
borada eng muhim omil arxeologik yodgorliklarga zarar yetkazmaslik, sababi har qanday 
jarohatni qayta tiklab bo`lmaydi. Shuning uchun turizm manbalaridan faqat ularni boshqa
ko'rinishda taqdim etish orqali foydalanish kerak. Bunday xususiyatlarga kelsak, biz 
arxeologik manbalarni turizm mahsulotiga aylantirishga harakat qilganimizda, muhofaza
qilish va barqaror rivojlanishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak.
Mamlakatimiz o`zining qadimiy tarixi bilan butun jahon e`tiborini o`ziga tortib 
kelmoqda, YuNESKO Umumjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan Xiva, Buxoro, Shahrisabz, 
qadimdan to hozirgacha Markaziy Osiyoda muhim ahamiyat kasb etgan Toshkent va boshqa 
ko`plab shaharlar sayyohlar e`tiborini tortib kelmoqda. Turistlar uchun bu shaharlarda ko`plab 
qulayliklar yaratilgan bo`lib, sayohat vaqtida bevosita o`zini qadimgi davrga tushgandek his 
qilishadi. 
Shu bilan birga hukumatimiz va jonkuyar olimlarimiz tomonidan arxeologik turizimni 
rivojlantirish maqsadida bir qancha yodgorliklar “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirish 
ishlari boshlab yuborilgan. O`zbeksiton Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan 2018-yil ohiri -
2019-yil boshlaridan boshlab Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi Axsikent yodgorligi 
arxeologik obyektlar ichida birinchi bo`lib “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirildi. Bu 
ko`hna shahar qadimgi Farg`ona davlatining poytaxti hisoblanib, o`tmishda Axsikat deb atalgan. 
Bu joydan mudofaa inshoatlari, shahar darvozlari, temirchi usta va zargarlar mahallasi, turar-
joylar va yerosti suv yo`llari-vodoprovodlar topilganligi hamda 10-15metrlik madaniy qatlamda 
1,5ming yillik tarixni saqlab kelayotganligi yodgorlikka nisbatan qiziqishini yanada oshiradi. 
O`zbekturizim bilan hamkorlikda yodgorliklar usti yopilib yaxshi saqlangan joylarning qadimgi 
3D ko`rinishi tiklanmoqda va kelajakda Axsikent hududidagi yana 10 ta yodgorlik usti yopilib 
sayyohlar uchun muzeyga aylantirilish reja qilingan.
O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy 
jamoa Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Ichki va xalqaro 
turizmning Uchtepa-Buloqmozor majmuasi arxeologik yodgorliklarini o'rganish va ularni moviy 
osmon ostidagi muzeyga aylantirish amaliy loyihasi doirasida hududda zardushtiylik qarashlari 
va islom dini keng tarqalishi bilan bog'liq o'ta noyob topilmalarni aniqladi. Topilgan noyob 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
286 
topilmalar va yodgorlikning o`ziga xosligi, bu hududni “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga 
aylantirishga turtki bo`ldi. Yodgorlikning o`ziga hosligi, topilmalarning noyobligi, 
shaharsozlikning islomgacha va islomdan keyin ham rivojlanganligi ichki va tashqi turizmi 
sohasida katta yutuq hisoblanib, sayyohlarning e`tiborini tortishiga shubha yo`q. Hozirda 
Namangan viloyati hokimyati va O`zbekkturizim homiyligida ibodatxona qismi ustini maxsus 
qurilma bilan yopdirilib, ibodatxona otashkadalari va me`moray devor qoldiqlari namoyishida 
uning noyob topilmalarini ekspozitsiya stendlariga joylashtirilib, ichki va xalqaro turizim uchun 
yangi obyektni tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.
O`zbekiston boy tarxiga ega mamlakat hisoblanadi va bunday yodgorliklar soni juda ko`p 
hisoblanib, ularni `qaimgi qiyofasini tiklash va muzeyga aylantirish kerak. O‘zbekiston – Xitoy 
qo‘shma arxeologik kompleks ekspeditsiyasi tomonidan Marhamat tumanining Mingtepasida 
arxeologik izlanishlar natijasida qo‘shma arxeologik ekspeditsiya rahbari, tarix fanlari doktori 
Boqijon Matboboyev tomonidan Mingtepa hududidagi noyob topilmalar va hududdagi shahrning 
II asrga oidligi Andijonda ham Ochiq osmon ostidagi muzey tashkil qilish uchun yetrali 
hisoblanadi. Va hozirgi kunda bu hududda arxeologik ishlar davom ettirirlib, hudud to`liq 
o`rganilmoqda.
Shuningdek, hukumatimiz tomonidan Navoiyda joylashgan va 7 ming yillik tarixga ega 
Sarmishsoy darasi ham “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirilishik ko`zda tutulgan. 
Hududdagi suratlarning o`ziga xosligi va tasvirlarning hech biri boshqasiga o`xshmasligi 
sayyohlar e`tiborini o`ziga jalb qilib kelmoqda.
Qachonlardir port shahar bo`lgan va aholisi balqichilik bilan shu`gullangan hamda 
hozirgi kunda Kemalar qabristoni ga aylangan Mo`ynoq shahri ham sayyohlar e`tiborini tortib 
kelmoqda. Bir vaqtlar hududda 100 ga yaqin kemalar ko`rish mumkin edi, hozirda esa ular soni
10ga yaqin. Bu hudud Mo`yonoq shahri tarixi bilan chambarchas bo`gliq bolib hozirda “Ochiq 
osmon ostidagi kemalar muzeyi”ga aylangan.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki arxeologik turizm turizm va arxeologiyaning
o'zaro ta'siri natijasidir. Arxeologik turizm mamlakat iqtisodini rivojlantirish bilan bir qatorda 
tarixiy voqealarni qayta tiklashga, arxeologiyani umumlashtirishga yordam beradi. 
Shuningdek, bu soha arxeologiya merosini saqlashga yordam berish, odamlarning noma'lum
dunyoga tarixiy qiziqishlari ortirishiga xizmat qiladi. Arxeologik turizm o‘tmish va hozirgi
zamon o‘rtasidagi ko‘prikdir. Uning tamoyillari mutlaqo ilmiy bo'lib, arxeologik sayyohlik
obyektlarini ulkan turizm manbai sifatida optimal qo'llashga intiladi. Turistlarni jalb qilish 
uchun meros obyektlarini yaratish, rekonstruksiya qilish, diqqatga sazovor joylarni kompleks 
tarzda taqdim qilish, arxeologik yodgorliklarni turizim ishlab chiqarishiga aylantirish kerak. Bu 
tizim orqali davlat iqtisodiga foyda keltirish ilan birga ham tarxini o`rganib, ham yangi obyektlar 
ilmiy jihatdan o`rganish shu bilan birga, yangi obyektlar qazish uchun yetarlicha daromad 
ko`rish mumkin. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə