Arxeologik turizm va uning xususiyatlari. Ochiq osmon ostidagi muzeylar tashkil qilish


ARCHAEOLOGICAL TOURISM AND ITS CHARACTERISTICS. ORGANIZATION



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142020
1   2   3   4
C-51

ARCHAEOLOGICAL TOURISM AND ITS CHARACTERISTICS. ORGANIZATION 
OF OPEN-AIR MUSEUMS 
Abstract. The main purpose of writing this article is to provide general information about 
"Archaeological tourism and its features". The research method is descriptive, and library and 
internet data analysis methods were used for data collection. The author tried to explain the 
topic by summarizing archeology with typology, studying the features and functions of 
archaeological typology. The results of the research showed that through its features, the 
Archaeological Tourism (AT) can develop not only archeology, also the state economy and many 
other areas. 
Keywords: Archaeological site, open-air museum, excavation site, archaeological object, 
reconstruction, cultural resource. 
 
Turizm (sayyohlik) tarmog`i jahon iqtisodiyotining tez rivojlanayotgan sohalaridan 
biridir. Sayyohlik sohasida taraqqiyotga erishgan ba`zi mamlakatlarning asosiy darmoad manbai 
ham aynan turizim hisoblanadi. Mamlakatimiz ko`plab sohalar kabi turizim sohasida ham katta 
imkoniyatlarga ega davlat. O`zbekistonda turizim sohasining 10 ga yaqin turi mavjud bo`lib, ular 
orasida madaniy (tarixiy shaharlar va madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish) turizm yetakchilar 
qatorida turadi. 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
284 
Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida ham 
quyidagi fikrlarni bildirdi: «Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan 
istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan 
salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari 
mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Samarqand, Buxoro, 
Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini 
rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq 
ishga solish lozim». 
Sayyohlik sohasi bugungi kunda mamlakat iqtisodiga katta daromad keltiradigan sohaga 
aylangan. Shu sababdan jahonning ko`plab mamlakatlari turizmi sohasini rivojlantirish, sohada 
yangiliklar qilish, xizmat ko`rsatish sohasini jahon standartalari darajasiga ko`tarish va sayyohlar 
sonini oshirish bo`yicha chora tadbirlar ishlab chiqmoqda. 
Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, 
Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, 
O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi. 
Ma'lumotlarga ko‘ra, turizm sohasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,3 foiz 
bo`lib, bu ancha past ko`rsatgich hisoblanadi.
Shu sababli prezidentimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun farmon qabul 
qilindi. Unga ko`ra turizm sohasining joriy holati tahlil qilinib, uni rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalishlari belgilab olindi. 2019 — 2025-yillarga mo`ljallangan turizm sohasini rivojlantirish 
Konsepsiyasi qabul qilinib, har bir yilga mo`ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 
Sayyohlar sonini oshirish uchun ba`zi xorijiy davlatlarga 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy 
qilish, xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish 
vizalari toifalarini joriy etish kabi yengilliklar yaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning 
logistika jozibadorligini tubdan yaxshilash, shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga 
xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish bo`yicha choralari ko`rish belgilandi. Shu qatorda, 
sayyohlik bozorida turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik 
obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish orqali ham o`z o`rnini 
mustahkamlash va rivojlanish mumkin.
Arxeoturizm yoki arxeologik turizm - bu madaniy turizmning bir turi bo'lib, uning 
maqsadi arxeologiyaga va tarixiy obidalarni saqlash va ularga bo'lgan qiziqishni oshirish 
hisoblanadi. Arxeologik turizm amaliy arxeologiyani qo'llash sohalari qatoriga kiradi va
unda jamoatchilik ishtiroki va qo'llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Arxeologik 
turizmning asosiy maqsadi tarixiy va qadimiy yodgorliklarni qadimiylik qiyofasini saqlab 
qolish va ularga bo`lgan qiziqishni oshirish, jamoatchilik orasida madaniy merosga nisbatan 
iliq fikrlarni shakllantirishdir. Arxeologiya va turizm o'rtasidagi o'zaro bog`liqlik qadimiy 
tarixga ega bo'lib, olimlarning tahminicha u Uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Arxeologik 
turizm ixtisoslashgan soha sifatida madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib qilish
sohasidagi masalaning ahamiyatini ko‘rsatuvchi xususiyat va funksiyalarga ega. Arxeologik 
turizm insonlarni madaniy meros bilan tanishtiradi va insonlarda madaniy merosga bo`lgan 
nauqai nazarni o`zgartiradi. Arxeologiyani turizim bilan bog`lash ham davlat iqtisodiyoti, ham 
madaniy meros uchun ancha foydali hisoblanadi.
Turizm o'zining barcha "shakllarida" har bir mamlakat va mintaqa iqtisodiyotining 
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklar, shuningdek, qazish ishlari 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə