1-mustaqil ta’lim Insho yozish texnikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’rganish Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish»



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#149349
  1   2   3   4   5   6
Ёдгорова Нафиса


1-mustaqil ta’lim
Insho yozish texnikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’rganish
Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo‘llanadi. Insho – muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik asar. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrlash ko‘nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘ladi. Insho – o‘quvchi yaratadigan matn turi. Unda ma’lum bir mavzu mustaqil ravishda ochib beriladi. Inshoda o‘quvqchining o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon, savodli bayon qilish malakasi aks etadi. Inshoda mavzu bo‘yicha bilimlar yuzaga chiqadi. Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Katta-katta olimlar ijodiy ishlarini o‘quvchilik paytida insholardan boshlashgan. Insho yozish uchun, avvalo, bilim egallash zarur. Takror va takror yozish natijasida esa insho yozish ko‘nikma va malakasi shakllanadi. Yaxshi inshoning zamirida boy bilim va tinimsiz mashq yotadi. Har qanday ish tartib bilan bajarilganligi kabi insho ham reja asosida yozilishi kerak. Puxta reja inshoning sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Inshoda o‘quvchining o‘z fikri va boshqa manbalardan olgan ma’lumotlari ajralib turishi kerak. Boshqalarning fikrini o‘zinikiday qilib berish ko‘chirmakashlik sifatida salbiy baholanadi. Inshoning har bir turi o‘ziga xos shakl va mazmun xususiyatiga ega.
Insho – o‘quvchi ijodiy mehnatining oliy ko‘rinishi, uning aqliy mehnati mahsuli. Insho puxta reja bo‘yicha yozilishi, mantiqan izchil, imloviy, uslubiy va punktuatsion jihatdan to‘g‘ri, dalillarga tayangan bo‘lishi zarur. Insho yozish uchun mavzu chuqur o‘rganilishi, dalillash uchun ko‘chirmalar yig‘ilishi, ularning manbalari aniq bo‘lishi kerak. So‘ngra reja tuzilib, reja asosida yozishni boshlash lozim. Insholar hajmi o‘quvchining yoshiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, 8-sinf o‘quvchisi 5–6 sahifadan iborat insho yozsa bo‘ladi. Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko‘ra insho ikki xil bo‘ladi:
a) ta’limiy (joriy) insho;
b) sinov inshosi.
Ta’limiy (joriy) insho sinfda yoki uyda yozilib, izlanishga, bilimlarni boyitish va qo‘llashga, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi. Ta’limiy inshoda o‘quvchi tegishli mavzu bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydi, boyitadi va namoyish qiladi. Sinov insholari o‘rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko‘nikma va malakalarni sinovdan o‘tkazish uchun chorak yoki o‘quv yili oxirida olinadi. Ta’limiy (joriy) insho izlanish, bilim, tafakkur va bayon qilishga asoslansà, sinov inshosi bilim, tafakkur va bayon qilishni sinaydi. Sinov inshosida manbalardan izlanishga ruxsat berilmaydi. U sinfda, o‘qituvchi nazorati ostida yoziladi
Insho mazmun-mohiyatiga ko‘ra 3 turli bo‘ladi:
1) àdabiy mavzudagi insho;
2) erkin mavzudagi insho;
3) ilmiy insho. Adabiy insho adabiyot darslarida o‘tilgan ma’lumotlarga o‘quvchining ijodiy munosabati (nuqtayi nazari) qo‘shib ifodalanadigan insholarni o‘z ichiga oladi. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida mavjud bo‘lmagan mavzuda yoziladi. Unda o‘quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalari aks etadi. Ilmiy inshoda biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan materiallardan keng foydalaniladi. Ilmiy inshoda tasviriy vositalar deyarli qo‘llanmaydi

Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə