1-mustaqil ta’lim Insho yozish texnikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’rganish Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish»



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə6/6
tarix13.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#149349
1   2   3   4   5   6
Ёдгорова Нафиса

9-mustaqil ta’lim
Gapning tuzilishi haqida nazariy ma’lumot
Bir xabarni ifodalovchi gap sodda gap hisoblanadi. Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qo‘shma gapdir. Sodda gapda shakllangan (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor belgisiga ega bo‘lgan) kesim bitta, qo‘shma gapda birdan ortiq bo‘ladi.
Masalan: O‘tmishda mashhur bir kishi yolg‘iz o‘g‘lini uylantirish taraddudiga tushibdi. Doshqozonlarda osh damlanib, uzoq-yaqindan mehmonlar kela boshlabdi. Yigit kuyov navkarlar bilan kelinni olib kelish uchun karnay-surnay sadolari ostida yo‘lga tushibdi. U kelinning ostonasiga dam qo‘yishi bilan nima bo‘libdi-yu, holsizlanib yiqilibdi. Sanoqli daqiqalarda behush bo‘lib, jon beribdi. Qiyomat qoyim bo‘lib, qiy-chuv boshlanibdi... ...To‘yga atalgan osh janozaga tarqatilibdi. Yaratganning bu ishidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan ota davrining mashhur donishmandi huzuriga borib, voqeani so‘zlab beribdi va sababini so‘rabdi. Shunda donishmand: – Boravering, tushingizda ayon bo‘ladi, ertaga tongda kelasiz, – debdi. Saharmardonda kelgan otaning ahvolini bayon qilishga til ojiz edi. Donishmand so‘rabdi: – Xo‘sh, ayon bo‘ldimi? – Qayoqdan ayon bo‘lsin, axir, men uxlamadim, – deb javob beribdi ota. Shunda donishmand debdi: – Unday bo‘lsa, quloq soling. Menga ayon bo‘ldi. Tushimda bir kutubxonaga borgan emishman. Bir kitobni o‘qimoqchi bo‘libman. Kutubxonachi kitobni berar ekan, ming istihola bilan qo‘shib qo‘yibdi: – Bu kitob dunyo bo‘yicha yagona nusxada. Uzoq yurtlardan tolibi ilmlar biri uch oy, boshqasi olti oy yo‘l bosib kelib, uni o‘qiydilar. Ammo kitobning eng muhim fikr yozilgan asosiy bir sahifasi yo‘q – qaysidir nobakor uni yirtib olgan. Musofir tolibi ilmlar ushbu sahifadagi bebaho fikrdan bahramand bo‘lolmay, ming afsus-nadomatlar bilan qaytib ketadilar... Sarosimaga tushgan ota boshiga osmon qulagandek behush yiqilibdi. Bir amallab hushiga keltirishgach, o‘ziga kelib, siniq ovozda hikoyasini boshlabdi: – Ha, o‘sha nobakor menman. Yosh talaba edim. Kutubxonada bu noyob kitobni mutolaa qilayotgan edim. O‘qir ekanman, bir sahifadagi murakkab fikrga hech ham tishim o‘tmadi. Ikki-uch kun tongdan xuftongacha kutubxonada o‘tirar va ko‘p martalab shu sahifani qayta o‘qir edim. Baribir, bo‘lmadi. Bir kuni kutubxonachining ko‘zini shamg‘alat qilib kitobning shu varag‘ini yirtib oldim va qo‘ynimga tiqdim... Bu keyinchalik mutlaqo yodimdan chiqib ketgan edi
10-mustaqil ta’lim
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida ma’lumot
Bilib oling Nutqimizda gaplar quyidagi maqsadlardan biri uchun ishlatiladi:
1) xabar berish;
2) so‘rash, aniqlash;
3) buyurish, undash;
4) istak, xohish bildirish.
Shu sababli gapning ifoda maqsadiga ko‘ra darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap turlari ajratiladi.
Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə