1-mustaqil ta’lim Insho yozish texnikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’rganish Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish»



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#149349
1   2   3   4   5   6
Ёдгорова Нафиса

4-mustaqil ta’lim
So’z birikmasi sintaksisi haqida ma’lumotga ega bo’lish
Nutqimizda gaplardan foydalanamiz. Gap tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. So‘zlar bog‘lanishi uchun:
1) ular mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘ladi. Massalan, kitob o‘qimoq, maktabga bormoq. Lekin ukam uchun, telefon orqali birikuvlari ikkinchi so‘zlari mustaqil so‘z bo‘lmaganligi uchun so‘zlarning bog‘lanishiga misol bo‘la olmaydi;
2) so‘zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi lozim. Masalan, oyna so‘zining ma’nosi sinmoq so‘zining ma’nosiga mos. Ammo randalamoq, uzilmoq so‘zlariga mos emas. Shuning uchun nutqda ma’nosi mos bo‘lmagan so‘zlarni bog‘- lash xato bo‘ladi;
3) so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak. Masalan, Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘llangan. Lekin Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‘- shimcha noto‘g‘ri qo‘llangan. So‘zlarning gapdagi bog‘lanishi sintaktik aloqa, sintaktik aloqani o‘rganuvchi bo‘lim sintaksis deyiladi. Tovushlardan so‘z va qo‘shimchalar, so‘z va qo‘shimchalardan gap hosil bo‘ladi. Gap bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Mustaqil so‘zlarning nutqda bog‘lanishidan so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. So‘z birikmasi bo‘lish uchun: 1) kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim;
2) bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak;
3) so‘zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni tobelanishi zarur;
4) qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashi kerak.Eslatma So‘zlar bog‘lanishida oldin kelgan so‘z tobe so‘z, keyin kelgan so‘z hokim so‘z deyiladi. Tobe so‘z hokim so‘z ma’nosini izohlaydi, to‘ldiradi. Nutqda biri ikkinchisini izohlamaydigan bog‘lanishlar ham mavjud: olma va anor; o‘qidi va yozdi; Salim, Halim kabi
5-mustaqil ta’lim
Gap sintaksisi haqida ma’lumotlarni o’zlashtirish
Bir xabarni ifodalovchi gap sodda gap hisoblanadi. Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qo‘shma gapdir. Sodda gapda shakllangan (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor belgisiga ega bo‘lgan) kesim bitta, qo‘shma gapda birdan ortiq bo‘ladi.
So‘z birikmasi so‘z qo‘shilmasi (teng bog‘lanish) va qo‘shma so‘zga o‘xshaydi. So‘z birikmasi va so‘z qo‘shilmasi nutqda hosil qilinadi. Qo‘shma so‘z nutq jarayonigacha mavjud bo‘ladi. Shu boisdan u lug‘atlarda aks etadi.

Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə