Asarlarning namunalari (reproduksiyalar) bilan tanishib, ularni tahlil qilish reja



Yüklə 41,52 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü41,52 Kb.
#153690
Asarlarning namunalari (reproduksiyalar) bilan tanishib, ularni tahlil qilish




Asarlarning namunalari (reproduksiyalar) bilan tanishib, ularni tahlil qilish
REJA:
1. Asarlarning namunalari
2. Asarlarning namunalari (reproduksiyalar) bilan tanishib, ularni tahlil qilish

Barcha fanlar kabi tasviriy san’at mashg’ulotlarining ham maqsad va vazifalari bo’lib, u yoshlarni komil insonlar bo’lib yetishishlarida yordam beradi.


Boshlang’ich sinfda o’quvchilar tasviriy san’atning asosiy elementlari rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at namunalari bilan qisman tanishadilar. Shuningdek, idrok etish, naturaga qarab tasvirlash, kompozision faoliyatda, dekorativ bezak san’atining o’ziga xoslik jihatlari o’rganiladi. Lekin, boshlang’ich sinfda olgan bilim, kunikma va malakalarini egallashi keyingi yuqori sinflarda ham davom ettiriladi. Jami 34 soatga muljallangan 5 – sinf tasviriy san’at reja-dasturida mavzular biroz murakkablashtirilgan. Bu pedagogikaning osondan qiyinga borish tamoyiliga mos keladi.
Ushbu uslubiy qo’llanmada 5-sinf o’quvchilariga o’quv-tarbiyaviy vazifalarni xal etishning quyidagicha mezonlari belgilangan:
-tasviriy san’atning o’ziga xos xususiyatlari hakidagi tasavvurlarni kengaytirish;
-tasviriy san’atning ifodaviy vositalari (hajm, fazo, chiziq, rang) ni tushunish va undan tasviriy-ijodiy faoliyatda foydalana bilish malakasini rivojlantirish;
-rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy san’at va me’morchilikning xususiyatlari hamda ifodaviy vositalarining umumiy elementlarini tushunishni takomillashtirish;
-qalamtasvir tasviriy san’atning umumiy asosi ekanligini ta’minlashdan iborat.
Boshlang’ich sinflarda alohida yo’nalishlar bir tomonlama olib borilgan bo’lsa, endi 5-sinfda chuqurlashgan holda obrazli, bir xil tusdagi kurinishlar, chizmalar mazmunni yoritib berishga harakat qilish, rassom asarlarini, o’quvchi chizgan suratlarni taxlil eta bilishga, fantaziyani boyitishga qaratilgan. Bular haqida o’qituvchi o’quvchilarga yetarli ma’lumotlar berib borsa, maqsadga to’g’ri keladi.
Har bir dars tasviriy san’atda ijodiy hisoblanadi. O’kituvchi mavzu to’g’risida to’g’ri ma’lumot bergach o’quvchilarning fikrlashi va tasvirlanishini nazorat qilishi lozim bo’ladi. Chunki mavzular bir-biriga bog’lanib, bir-birini to’ldirib borishi nazarda tutilgan.
O’quvchilarning darsni o’zlashtirishi o’qituvchilarning tadbirkorligiga, darsga qizqtira olishiga, dars o’tishning uslublari, rang-barangligiga ham bog’liq. O’qituvchi har bir mavzuga aniq o’zi javobni bilishi va ma’lum miqdorda doskada rasm chizish malakasiga ham ega bo’lishi kerak. O’quvchi ruhiyati o’qituvchining chiza olishini nazorat qilishga, chiziqni, rangni qanday ko’ra bilishga ham qaratilgan bo’ladi. Oddiy chiziq, rang va chiziqlar orqali mujiza yaratilishi bolani sehrli olamga olib kirib quyadi. Keyingi vaqtlarda YaPT (yangi pedogogik texnologiya) asosida dars o’tish, noan’anaviy usullardan foydalanish keng ommalashmoqda.
Qachonki o’qituvchi yetarli bilim, kunikma va malakalar bilan tayyor bo’lsa barcha usullarni eplay oladi. O’quvchi ham o’qituvchini tushunadi. Darsning har bir soati foydali va mazmunli bo’lib pedogogik jihatdan ham samarali natija bilan yakun topadi. Shunda vatanimiz, Prezidentimiz belgilab bergan milliy dastur talablarini va demokratik xuquqiy davlat sari oldinga quyilgan vazifalarni to’liq bajarishga imkon yaratgan bo’lamiz. olsak bo’ladi.
Tabiatning har xil xolatini chizish uchun avvalambor o’zimizga yoqqan manzarani tanlab olishimiz kerak. Kimga tun tushushi, kimga tong otishi, kimga quyoshli kun ma’qul bo’ladi. Tabiat manzarasini biz birinchi bo’lib uni shu qog’oz varag’iga joylashtiramiz, buning uchun bir necha bosqichdan foydalanamiz. Osmon bilan tog’lar o’rtasidagi masofa qancha bo’lishi, ufq chizig’i qayerdan o’tishi, tog’ atrofidagi mayda daraxtlar, soylikdan oqib tushgan suv xolatini suratda bera olish lozim. Asosiy kurinishni aniq va chiroyli chizishga harakat qiling. Daraxtlar tog’dan yuqorida kurinadi chunki ular perspektiva qisqarishiga ega. Yaqindan qaraganimizda manzaraning hamma kurinishi detallarini joy-joyiga quyib, chizib bo’lgandan so’ng, buyash ketma-ketligini boshlasak ham bo’ladi. Buning uchun oldimizdagi akvarel buyoq va qil qalamni ishga yaroqliligini kuzdan kechirib olamiz. Yonimizda buyoqsiz oq qog’ozdan olib uni buyoqlarni aralashtirish uchun tayyorlaymiz. Bu politra ya’ni, alohida buyoq aralashtirilidigan maydoncha deyiladi.
Manzaralarni yuqoridan osmonni buyashdan boshlaymiz, osmonni yuqori qismi tuqroq, past qismi esa ochroq rangda bo’ladi. Chunki past qismi bizdan o’zoqda. Osmonni tamomlab bo’lib, tog’ va adirlarni buyaymiz. Vuyash jarayonida ranglar bir - biriga singib ketishi ya’ni, bir - biriga aralash bo’lishi va shu bilan birga bir qatorda tiniq chiqishi lozim, och ranglar ikkinchi darajali ya’ni, soyadagi ranglarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki usha ranglar manzaramizni chiroyli qiladi va mazmunli chiqaradi. Hamisha och rangdan ishni boshlash lozim. Chunki uning ustidan tuq rang bemalol kelishib ketishi lozim. Chizayotgan rasmlaringiz avvalo o’zingizga ma’qul bo’lishi kerak. Agar o’zlaringizga ma’qul bo’lsa boshqalarga ham ma’qul bo’ladi. O’quvchilar bilan manzarani chizib bo’lgandan so’ng ishlarni hammaga ko’rinarli qilib qo’yiladi va taxlil etiladi.
Tahlilda quyidagicha savollardan foydalanish mumkin:
Qani kimning chizgan rasmi ko’proq tabiatning biz vazifa qilib quyganiga o’xshaydi?
Rangtasvir degan savolimizga qaysi biri to’liq javob bera oladi?
Biz o’rgangan ranglar, perspektiva, soya va yorug’liklar qaysi suratda chizilgan?
Kunning qaysi vaqt bo’lganligini qaysi biridan bilsa bo’ladi?
Qaysi rasm rassomlar asariga uxshab ketadi? Nima uchun? Va xakoza savollar berish mumkin.
Biz bilamizki har bir xalqning o’z milliy uylari, shaharlari bor. Xuddi o’z geraldikasi kabi sharq xalqlarining shaharlari ham boshqalardan o’zining tuzilishi, qurilishi bilan farq qiladi. O’rta Osiyo xalqlari shaharlari ochiq ranglarda, issiq ko’rinishli, mahobatli qilib qo’rilgan gumbazli, minorali imoratlardan iboratdir. Mana bu suratlarni ko’ring “Samarqand” seriyasidagi asarlar, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz shaharlaridagi imoratlarning ko’rinishlari Xitoy, Yaponiya, Koriya, Hindiston me’moriy binolari ko’rinishlaridan tubdan farq qiladi. Lekin, shularning hammasi sharqona shahardir. Me’morchilik ham tasviriy san’atning alohida turi bo’lib rassomlar ijodida katta rol o’ynaydi. Manzarachi rassomlar shaharlarni tabiatga qo’shib kelajak avlod tarixdan xabardor bo’ladilar. Bular millatning davomiyligini ham taminlaydi. Rassom Rashid Temurovning “Bibixonim havlisida bahor”, “Samarqand”, “Registon ansambili” kabi asarlari xuddi shunday vatanparvarlik bilan yaratilgandir.
Asliddin Isayevning “Buyuk ipak yo’li” asari katta devoriy surat bo’lib u ham sharq xalqlari tarijidan olib yaratilgan. Unda o’tmish xalqlarimizning xayot tarzi aks ettirilgan. Sizga ham “Sharqona shahar” mavzusida surat ishlash topshirilmoqda. Bunda siz o’zingiz yana qanday sharqona shaharni tasovvur etasiz kompozisiya yaratasiz.
Mana bu siz ko’rib turgan suratlar sizga uxshagan o’quvchilarning chizgan shu mavzudagi suratlari. Siz ham shular kabi yangi sharqona shaharlarni ijod qilishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun avvalo qog’oz varag’iga tula joylashtirib olishni bajarish lozim.
Qog’ozning hyech qayeri ochiq, buyoqsiz qoldirilmaydi. Qog’ozda ufq chizig’i, oldindagi narsalarning o’z o’rnida berilishi, shahar mehmonlari, zamonoviy texnika va qurilishlar bilan uyg’unlashib borishi ham mumkin. Daraxtlar, uylar, kuchadagi gullarning ham barchasi.
Suratni men turt bosqichda ishlab kursataman, lekin bularning hammasi bir joyda qilib siz uzingiz kompozisiya yaratasiz. Mana bu suratda sizga kursatish uchun turt bosqichli kurgazma qilingan. Qarang! Birinchi bosqich – faqatgina formatga joylashtirish, har bir katta detallarning o’z o’rnini topib quyish bilan tugaydi.
Ikkinchi bosqichda- barcha chizilishi lozim bo’lgan narsalarni aniq qilib ranglashga tayyorlanadi. Bunda uzoqdagi tog’lar, daraxtlar, imoratlar, odamlar, gullar va boshqalarning yorug’-soya joylari ham aniqlanadi.
Uchunchi bosqich – kompozisiyani ranglashga o’tamiz ya’ni, eng birinchi umumiy buyoqlarni berib olamiz. Bunda osmon, tog’lar, yer, imoratlar, daraxtlar va narsalar ketma-ketligida ranglanadi. Unutmangki ranglar yuqoridan pastga katta yuzalarni ranglashdan boshlanadi. Bunda ham bizga yaqin turgan joylar rangi tuqroq, o’zoqlashgan sayin och tusli bo’lib boradi. Shuni rang perspektivasi deb ataymiz.
Turtinchi bosqich – har bir detalning aniqlashtirilishiga e’tibor qaratamiz. Ranglar jilosi, tabiat bilan uyg’unlashib boradi. Vaqtning aniqligi soya, yorug’ bilan, osmonning rangi, daraxtlarning rangi va xakozalar aniq ishlanishi bilan surat go’zal ko’rinishni ola boshlaydi. Buyoqni kirlashtirib yubormaslik uchun suvni tez-tez almashtirib turish ham kerak. Politrani doimo esdan chiqarmang, chunki rang topishda u katta yordam beradi.
Beshinchi bosqich – suratning eng mayda, soya, oldinda ko’rinib turgan detallarini aniqlashtiramiz, gullar, toshlar, ut-ulanlar, yaqindagi daraxt shohlari, binolarning naqshlari, osmonda uchib yurgan qushlar, odamlar va xakozalar ranglanadi.
Buyoqlarda ranglab tugatgach o’quvchilarning ishi quritilib hammaga ko’rinarli qilib doskaga qo’yiladi va tahlil qilinadi. Yutuqlar va kamchiliklar to’g’risida o’quvchilar bilan suhbat olib boriladi.
Gollandiyada esa 18 asrda hayvonlarni tasvirlash uchun alohida janr mavjud bo’lgan. Bu janrda birinchilardan bo’lib ijod qilgan rassomlardan A. Keyp va P. Potterlar o’z asarlarida hayvonlarning ferma va yaylov fonida mohirona tasvirlab berishgan.
Bu davrda har bir animal musavvir o’zi sevgan mavzu doirasida va obrazlariga murajaat qilar edi. X1X asrda mohir haykaltarosh A.P.Boriy o’z asarida uy hayvonlarini yirtqich hayvonlar bilan o’ziga xos jozibadorlik bilan tasvirlay olgan.
Barbizon maktabi musavvirlariga yaqin bo’lgan K.Turuayon sigirldar va quylarning tinch va osuda qishloq tabiati quynidagi manzarasini shoirona madh etib bergan.
X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida Shved musavviri B.Lel’yapors yavvoyi hayvonlarning tabiiy sharoitdagi xayotini, Fransuz haykaltaroshi P.Pompon esa xayvon va qushlarning dekorativ – plastik sifatlariga e’tibor bergan bo’lsa, nemis rangtasvir ustasi F.Mark o’z asarlarida yavvoyi hayvonlarni asarlarining bosh qahramoni qilib tasvirlagan.
Qushlar va hayvonlarni chizish uchun albatta bosqichlardan foydalanish lozim. Tulumga qarab chizilgan rasm birinchi bosqichi uni qog’oz varag’iga joylashtirib olish (kompozisiya) to’g’ri topilishi yordamchi o’q chiziqlarni o’tkazish lozim. Keyingi bosqichda esa belgilangan chiziqlar tutashtirilib shakl hosil qilinadi. 3 – bosqichda yanada aniqlashtirilib ba’zi soya, yorug’ qismlar ham belgilanadi. Narsalar tekisligi aniq qilib qo’yiladi. Oxirgi 4 bosqichda shtrixovka bilan qushning barcha xarakterli tomonlari belgilanadi, soya, yorug’ qismlarga ajratiladi. Shtrixovkalar ham joy-joyiga qo’yiladi va ish yakuniy ko’rinish oladi.
Xuddi shuningdek, xuroz, tovuq, chumchuq, kaptarlar rasmi ham bosqichli chizilishi mumkin. Bunda ham qushlarning umumiy gavdasi tuxum shaklini olib qog’oz varag’iga chiroyli joylashtirilishi bilan belgilanadi. Shu qoida asosida xomaki tasvir (nabroska) ishlansa qul yaxshiroq o’rganadi. Keyinchalik ular asarlarga detal bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Otning chizilish bosqichini kurib o’tamiz. Qog’oz varag’ida kompozision joylashtirilishida u katta ham, kichik ham bo’lmasligi kerak. Oldiniga birinchi bosqichda faqat yordamchi chiziqlar olinadi otning bo’yi, eni, oyoqlar joylashivi ya’ni, tayanch nuqtasi. Ikkinchi bosqichda uxshatish shakli bajariladi. Bu joyda bosh qismi va gavdasi oyoqlari, qorin qismi, dum tomoni alohida aniqlanib ishlanadi. Uchunchi bosqichda ba’zi soya, yorug’ qismlari bilan xarakterli joylar bajariladi.
Turtinchi bosqichda tugal surat ya’ni, uning rangi, xarakteri, soya, yorug’ qismlari aniq qilib asl xolatga uxshatiladi. Animal janrda yaratilgan suratlar ham anatomik qoidaga to’la amal qilinadi. Shuningdek, olmaxon, tulki, it, quyon, ayiq kabi hayvonlarni tasvirlashda ham shu kabi yordamchi chiziqlardan foydalaniladi. Tasviriy san’at o’qitishning eng ma’qul usullaridan hisoblangan geometrik shakldagi uxshatishlar uning asosini tashkil etadi. Baliq rasmini chizish bu ham animalistik janrga xosdir. Chunki, u ham suvda yuruvchi xayvonlardan hisoblanadi. Uni chizish tartibi qo’yidagichadir. Bilamizki baliqlarning hayoti suv bilan. Shuning uchun ham baliq silliq – o’q o’urinishiga ega. Baliq turlari juda xilma-xil ammo, chizilish tartibi bir-biriga uxshaydi. O’quvchi qiyinroq bo’lsa ham har bir xayvon yoki qushlarning tasvirini qalamda nabroska qilib olishi va uning xarakter xususiyatlarini, o’ziga xos jihatlarini tasvirda bera olishi lozim. Shundagina animalistik janrda tasvirlar ishilashga o’quvchilarni o’rgatib tabiatdagi mavjudotlarga nisbatan mehrini oshiradi. Hamda turli animalistik janrda rasmlar ishlashga bo’lgan bolalar ishtiyoqini oshiradilar. O’z navbatida animalistik janrda rasm chizishni o’rganib oladilar. Barcha mavjudotlarning tuzilishi bir-biriga yaqinligini bilib rasmlar chizishdagi qiyinchiliklar yo’qoladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari davomida o’qituvchi ularni kuzatib yuradi. Xato va kamchiliklarga yo’l quyilsa ularni tuzatish yullarini kursatib boradi.
Uyga vazifa: Animalistik janrdagi rasmlardan tuplash va ba’zi xayvon rasmini chizib kelish.
Milliy idish-tovoqlardan tuzilgan mavzuli natyurmort. (ikki – uchta buyum) ni rangtasvirda ishlash. Mavzusini doskaga yozib quyiladi.
Natyurmort janrida ko’plab rassomlar ijod qilganligini qayta eslatib o’tiladi. Asosan natyurmort jonsiz narsalarning guruppaviy tasviri ekanligini hamma biladi. Lekin har bir xalqning milliy urf-odatlari, milliy buyumlari, kiyimlari, odatlari bor bo’lganidek milliy idish – tavoqlari ham mavjud.. Chinni buyumlar, sopol idishlar, yog’och qoshiqlar bo’lgan va xali ham baezi joylarda undan foydalanamiz. Bularning ta’siri ham turlicha, chunki issiq ovqatlarni solib istimol qilinganda yog’och idishlarning shifobahshligi bor. Ular to’g’risida ota-bobolaringizdan so’rasangiz aytib beradi. Shunday asarlarnin rassomlardan Yusuf Yelizarov, Laylo Salimjonova, Zinaida Kavalevskaya, Nadejda Kashina, Maxmud To’xtayev va boshqalar ham bu janrda ijod qilganlar. Shunday rassomlardan birining asarlaridan birini tahlili bo’lsa yanada yaxshi bo’ladi. Shularning natyurmortlariga uxshagan idish – tovoqlarning rasmini chizishimiz lozim yoki boshqa bo’lishi ham mumkin. Rasm chizganda ham uning o’ziga qarab ishlashimiz lozim. Uchta buyumdan tashkil topgan idish – tovoqlarni chizimiz. Ularning kompozision joylashishi, bosqichlari, mazmuni to’g’risida doskada chizib va ko’rsatmali qo’rollarni tariflab o’qituvchi gapirib, tushuntirib beradi. Birinchi bosqichda naturaning qog’oz varag’ida joylashishi va o’q chiziqlarning olinishi ko’rsatiladi. Ikkinchi bosg’qichda narsaning tuzilishi, geometrik xolatlari tushuntirilib uning qanday shakllardan iborat ekanligi ko’rsatiladi. Chizish tartibi ko’rgazmadan va naturani o’zini solishtirib o’rgatiladi. Bunda o’fq chizig’i, narsalar tekisligi, surat tekisligi, perspektivasi, sof va yorug’liklar ham aytiladi. Uchunchi bosqich ko’rinishida narsalarning ranglanishiga oid ma’lumotlar beriladi. O’qituvchining o’zi ham ranglarni aralashtirib ko’rsmatganda uning ta’siri kuchli bo’ladi. Shuningdek narsalarning rangidagi farqlarni, fonni, katta – katta joylarni olidin ranglab olish kerakligi o’rgatiladi.
Turtinchi bosqich chizmada ranglarning kurinishlari asl xolatiga uxshashi kerakligani uning rangi, soya va yorug’lik qismlari, blik, tushuvchi soya, shaxsiy soyalar haqida ma’lumotlar beriladi. Reflekisni ajrata olish haqida ham aytib o’tish lozim.
Beshinchi yakuniy bosg’qichda natyurmortni to’liq bajarib bo’lish kerak. Bunda ranglarning naturaga mos bo’lganligi, joylashuv o’rni, ranglarning tuslari bir-biriga mosligi ifoda etilishi lozim. Bunda narsalarning materiallagi, og’irligi, xavollili ko’rsatiladi. Bolalarga aytish lozimki bironta ham o’quvchi tayyor rasm ko’rgazmasidan ko’chirib ishlamasligi kerak. Faqat narsalarning o’ziga qarab ishlashlari lozim. Mayli bir oz xato bilan bajarilsin ammo ko’p narsani o’rganish uchun o’ziga qarab natura ishlanadi.
Mustaqil ishlarni boshlashdan oldin ko’rsatmali qo’rollarni olib qo’yiladi, doskada chizib ko’rsatilganlari ham yopiladi yoki o’chirib tashlanadi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. O’quvchilar mustaqil ish davomida o’qituvchining tushuntirgani bo’yicha chizishni boshlaydi. O’qituvchi 5 daqiqacha ularning o’zlarini mustaqil quyib ishlarini bajarib oladi. Jurnal to’ldiradi, rasmlar ajratadi va x. O’quvchilarning daftar varaqlarida chizmalar paydo bo’la boshlagandan keyin ularni ko’rib chiqiladi. Kimning yutug’i bo’lsa rag’batlantirib boradi. Hatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa to’g’rilash yo’llarini o’rgatadi. Shuning bilan birga agar ko’pchilik xato qilayotgan bo’lishsa qaytadan doskada hammani unga qaratib tushuntirib beradi. Shundan keyin hammaga yana ishni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Uyga vazifa va darsni yakunlashda xuddi shu kabi natyurmort chizib kelishi va suratlar yig’ish topshiriladi.
Kontrast rangli buyumlardan tashkil topgan narsalardan natyurmort ishlash rasm chizuvchiga biroz yengil ham bo’ladi. Chunki narsalar aniq ko’rinib turadi.
Biz oldingi darslarimizda rangli natyurmortlar, grezayel usulidagi natyurmortlar, qalamda natyurmortlar ishlaganmiz. Endi esa shularga uxshash bo’lsada natyurmortni kontrast ya’ni bir – biriga qarama – qarshi ranglardan iborat bo’lgan narsalardan natyurmort tuzamiz. Natyurmortni qalamda ishlashimiz lozim. Bunga bir nechta qalam turlaridan foydalansak yaxshi bo’ladi.
Natyurmortlar kuk, sariq, qizil rangli narsalardan tashkil topgan. Rangli bo’lsa ham qalamda shu ranglarni sezdirish mumkin. Ko’rsatmali qurollarni doskaga qo’yib tushuntirib beriladi. Bunda rassomlarning asarlaridan birini tahlil qilishimiz lozim. Chunki natyurmort asarlarda ham syujet, mazmun bo’ladi. Zinaida Kavalevskayaning «Natyurmort» asarini olish mumkin.
Shu kabi doskada bur bilan ham bosqichlari chizib ko’rsatiladi. Doskada chizilayotgan vaqtda o’quvchilar e’tibor bilan qarab o’rganib olishlari lozim.
Naturani o’ziga qarab chizilganda u aniq ko’rinishli bo’lishi mumkinligi takrorlanadi. Bolalar o’qituvchining ko’rsmatmali qurollari va doskada chizilganlaridan o’rganib oladi va narsaning o’ziga qarab rasmni chizadi.
Birinchi bosqichda quyidagicha boshlash kerak.
Ikkinchi bosqichda esa narsalarning aniq o’rni, narsalar tekisligi, orqa foni, diropirovkalar belgilanadi va tasvirlanadi.
Uchunchi bosqichda soya va yorug’liklarga ajratiladi. Narsalarning turish o’rnida uning materiallari va joylashivi ko’rsatilib u shtrixlar yordamida olib borilishi lozim ekanligi aytiladi.
Turtinchi yakuniy bosqichida narsalar va uning orqa tomonlari ham tuliq shtrixlab bo’linadi. Natyurmort asl ko’rinishiga uxshagan bo’lishi kerak. Bunda ob’yomi, soya va yorug’liklari, materialligi kontrastligi ko’rsatilishi kerak. Bular haqida ma’lumotlarni berib bo’lingandan keyin mustaqil ishga ruxsat beriladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari boshlanganda o’qituvchi o’zining ishlarini qilib olishi mumkin. Chunki bir necha daqiqa bolalarning o’zlarini qo’yib qo’yish kerak. Keyin esa partalar oralab ko’rib chiqish mumkin. Har bir o’quvchiga individual yordam beriladi. Rag’batlantiradi, ishdagi yutyq va kamchiliklar o’rganib boriladi.
Uyga vazifa va darsni yakunlash bu vaqt ichida har bir o’quvchining ishlari yakun topgach vazifani e’lon qiladi. Hamma rasm chizib suratlar yig’ishi kerakligi aytiladi.

21 – 22-DARS: TABIAT MANZARASI FONIDA


NATYURMORT ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O’quvchilarga tabiat fonida rasm chizish haqida tushuncha berish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning kompazitsisi orqali ma’noli va ta’sirchanligini, estetik jihatini ma’naviy dunyosini boyitish.
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilar duyoqarashini shakillantirish, ularning tafakkur olamiga sayohat qilish.
Darsning jihozi: Natyurmort uchun narsalar: R.Axmedovning “ Choyga ”, Plenerga chiqib chizish ham mumkin. Turli xil test, kartochkalari, tezkor uyinlar uchun materiallar.
Dars turi: Amaliy, nazariy, interfaol.
Dars tipi: Aralash.
Tashkiliy qism;
Natyurmort rejasi bilan tanishtiriladi. Kirish so’zi orqali o’quvchilar dikkatini o’ziga jalb etadi va ularning yangi bilimlarini o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Darsning rejasi:
Natyurmort tuzish.
Tezkor o’yin.
Boshqotirmalar.
Ranglarning xilma-xilligi.
Xulosa.
Tasvirlash, fikrlash, yakun.
O’qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilarni guruhlariga (“Bahor”, “Qish”, “Kuz”.) ga ajratadi.
Savol javoblar:
Hurmatli o’quvchilar natyurmort – deganda nimani tushinasiz?
O’quvchi: Natyurmort— fransuz tilida bu jonsiz degan ma’noni bildiradi.
O’quvchi: Uni rang tasvirda ifodalab beramiz, natijada quyilgan buyumlarning qanday xolatlarda joylashganligi ma’lum bo’ladi.
O’quvchi: Natyurmortda asosiy talablardan biri narsa ulchami, rang va ton jihatidan ajralib turishidir.
O’qituvchi o’quvchilarning fikrlariga qo’shilib natyurmort haqida qo’shimcha ma’lumotlar beradi.
Natyurmort, portret, manzara, tarixiy va maishiy janrlar kabi ta’sviriy sa’natning o’ziga xos mustakil janridir. ”Naryurmort” - aslida fransuzcha so’z bo’lib, “jonsiz tabiat” - degan ma’noni anglatadi. Natyurmortlarda kupincha turmushda zarur bo’lgan buyumlar, mahnat qurollari, sabzavot va mevalar, gullar va mayda xayvonlar tasvirlanadi. Naturaga nok, olma, limon, va anor, oshqovoq va boychechak narsalardan foydanamiz. Uni chizishdan oldin, uning joylashishini e’tiborga olamiz. Natyurmortning kompazitsion muayanligi uning ta’biyligidadir. Demak, natyurmort tuzish uni urnatish maqsadida yaxlitlikka, tugalllikka erishishga xarakat qilish lozim. O’quv natyurmortining kompazitsiyasi bir tomondan, ta’limning sintitik talablariga javob berishi lozim.
Natyurmortda ijodiy talablardan biri narsa ulchami, rang va ton jihatidan ajralib turishi hamda surat tekisligining markazga yaqin joyga quyilishi. Naruraga kiradigan narsalardan biri oshqovoq, oshqovoqdan maydalari esa oldingidagida biri ikkinchisi va asosiy narsani bir oz berkitib turadigan qilib quyiladi. Ammo narsalarning tubi qisman bo’lsa ham, ko’rinib turgani ma’qul. Shunda ularning uzaro joylashuvini tasvirlash oson bo’ladi. Quyilgan naturada axromatik (rangsiz ) va xromatik (rangli) deb ataladi. Xromatik ranglar ham bir biridan farq qiladi.
Masalan: qizil, tuq, pushti esa och rang. Natyurmortni rang tuqlanishi bilan ishimizni yakunlaymiz.
Masalan: dars davomida natyurmort chizish darsida olgan bilimlarimizni mustahkamlash;
O’qituvchi darsni o’tib bo’lgach sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’lamiz. Ularga o’qituvchi tayyorlagan topshiriqlar yuzasidan kartochkalar topshiriladi. Bundan kuzlangan maqsad o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini ustirishdir. Guruhlar berilgan savollarga FSMU texnologiyasi asosida javob berish suraladi. Yani F - fikrlash, S - javob kursating, M - misol keltiring, U - umumlashtiring. 1. Guruh; 2. Guruh; 3. Guruhlarga boshqotirma va o’yinlar beriladi. Dars davomida o’quvchilar boshqotirma savollariga javob beradilar.
O’qituvchi tomonidan ularning bilimlariga baho berib boriladi.
Darsning yakuniy qismi: Dars boshida 3 xil doirachalar tayyorlanadi. Xar bir guruh ballarini shu ranglar orqali quyib boriladi; Masalan: ular quyidagilardan iborat.
Kuk rang—3 ball;
Yashil rang—4 ball;
Qizil rang—5 ball;
Har bir o’yindagi guruhlar doirachalari hisoblanadi va jami aytiladi. Yuqori ball olgan guruh g’olib hisoblanadi va rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’rganib va natyurmort haqida bilimlarni o’rganib kelish. Ishimizni tugallab yakuniga yetkazish.

23 –DARS. 3 - MSNI. XOTIRADAN NATYURMORT KOMPOZISIYASINI ISHLASH.


Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning natyurmortga oid bilimlarini oshirish uni chizishga o’rgatish. Ranglarning xilma – xilligi, kompozisiyasi, yechim va uning ahamiyati, ranglash texnikasi, buyoqlar tuyinganligi, issiq va sovuq ranglar, turli vaziyatli natura kurinishini tasvirlashni o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, narsalarga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning go’zal narsalarini idrok etishga bo’lgan munosabatlarini tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning natyurmort janriga oid bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Yu.Yelizarov, N.Kashina, G’.Abdurahmanov, L.Salimjonova, O.Qozoqov, X.Raxmonov va boshqalarning asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, suv, qil qalam, toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Tashkiliy qism o’quvchilarning darsga tayyorgarligi bilan olib boriladi va yo’qlama qilinadi. Sinfning tozaligi ko’rib chiqiladi hamda bolalarning uyda chizib kelgan rasmlarini partalar ustiga olib qo’yishini aytadi. Navbatchi orqali darsga kerakli nasalarni xozirlaydi.
O’tilgan mazuni baholash va mustahkamlash jarayonida o’quvchilarning uyda bajarib kelgan ishlaridan olib chiqib ular baholanadi. Bahorlashda hammaning ishini birdek ko’rib chiqish kerak va baholashda ham yutuqlarini topishga xarakat qiling! Ko’proq o’quvchilar ishini rag’batlantirish kerak.

Yangi mavzuning bayoni xotiradan natyurmort kompozisiyasini ishlash ham murakkab bo’lib uni faqat o’zingiz uylab bajarishingiz kerak. Naturaga olinadigan narsalar ixtiyoriy bo’lib hamma o’zicha mavzuli qilib tanlaydi. Natyurmort kompozisiyasi to’g’risida avvalgi darslarda aytilgan shunday bo’lsada qaytarib chiqish zarar qilmaydi. Shu kabi suzlar bilan boshlanib savollar beriladi.


Natyurmort nima degani?
Kompozisiya – chi?
Kolorit degani nima?
Qanday ranglarni bilasiz?
Issiq ranglar qaysilar?
Sovuq ranglar qaysilar? Va hakoza bo’lishi mumkin.
Shundan keyin o’zi bajarib kelgan natyurmort kompozisiyasini va rassom asarlaridan birini tahlil qilinadi. Tahlilga to’liq o’quvchilarning o’zlarini gapirtirish yaxshi bo’ladi. Shuningdek rassomlardan birining asarlaridan olib tahlil qilinishi lozim.
Natyurmortning bir necha variantlarini ko’rsatib o’tiladi va rasm chizish doskada bosqichlari takrorlanib o’tadi. Tushuntirib bo’lingach doskani o’chirib tashlanadi va ko’rgazmalar ham olib qo’yiladi. Chunki bolalar undan ko’chirib olishi mumkin. Unda mustaqil fikrga yo’naltirilgan dars to’g’ri bo’lmaydi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari davomida o’quvchilarning o’zlarini to’liq qo’yib qo’yiladi. Xoxlagan natyurmortini tasovvurdan bola ishlasin. Kim bajarishga qiynalayotgan bo’lsa yo’l ko’rsatib yuborish mumkin. Tez-tez rag’batlantirib borish kerak. Juda tez bajarayotgan o’quvchilarning ishini ham nazoratdan chetga qoldirmang! Shuningdek, o’quvchilarga toza ishlash kerakligi, bir-biriga halaqit bermaslik lozimligi, toza suv va lattalardan foydalanish kerakligi o’qtirib boriladi. Ishlarini tugatib qo’ygan bolalarning rasmlarini olib chiqib doskada dimonstrasiya usulida rag’batlantirish ham mumkin. Qo’shimcha ballar qo’ysa ham bo’ladi.
Uyga vazifa o’quvchilarga xuddi shunga uxshagan lekin boshqa ko’rinishda natyurmort ishlab kelish topshiriladi va suratlar yig’ish kerakligi aytiladi.

24-DARS: BADIIY BEZAK GRAFIKASI. (TAKLIFNOMA, EMBLEMA, BADIIY XARF VA X.)


Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning grafikaga oid bilimlarini va turli dekorativ bezak ishlarini bilib olishga o’rgatish. Grafikaning xilma – xilligi, kompozisiyasi, yechim va uning ahamiyatini tabriknoma, geraldika, xarflarni yozish va tasvirlashni o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni axloqiy, estetik ruhda tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning badiiy bezak grafikasi haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Iskandar Ikramov, Qutlug’ Basharov, Alijon Holiqov, N.Ten, Nuriddin Kolonov kabi grafikchi rassomlarning asarlaridan reproduksiya, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, qil qalam, tush, pero toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga qanday tayyorlanganligi bilan boshlaymiz. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning qilib kelgan ishlarini ko’rib chiqiladi va ularning kayfiyatlari o’rganiladi.
O’tilgan mazuni baholash oldingi mavzuda biz bajarib kelgan ishlaringizni savol-javoblar bilan baholab chiqamiz. Kim natyurmortni mustaqil kompozisiyasini bajarib kelgan bo’lsa uni izohlab berishi kerak. Suratining mazmuni haqida gapirib berganiga qarab baholar yana ham ko’tariladi yoki pasaytiriladi. Agar kim bajarib kelgan suratini to’g’ri va mazmunli so’zlab bersa ularning suratlarini ko’rgazmaga ham olib qo’yiladi deb ishlarni birin ketin ko’rib mazmuni so’rab chiqiladi. Baholanadi va ularning suratlarini o’qituvchining o’zi ham suzlab berishga harakat qiladi.
Yangi mavzuning bayoni bu dars davomida o’qituvchi hammaning diqqatini doskaga va o’ziga qaratib olib keyin badiiy bezak grafikasi haqida so’zlab beradi. Plakatchilik, gazeta va jurnal grafikasi, devoriy gazetalarni, foto montaj, embelema, geraldika to’g’risida gapirib beriladi. Harflarning turlicha yozilishi ham aytib o’tilishi lozim. Taklifnoma, tabriknoma hammasi badiiy bezak grafikasiga misol bo’ladi.
Shunday bajarilgan bir necha ko’rsatmali materiallarni ko’rsatib o’tiladi. Ularning bajarilish bosqichlarini doskada chizib beriladi va o’quvchilar ham shunday qilib bajarishlari yoki o’zlari yangi ko’rinishdagisini o’ylab topishi kerakligi aytiladi. Bunday ishlarni bajarish vaqtida turli buyoq, chizg’ich, suratlardan ham foydalanish mumkin. Lekin uni kompozision boshqacha qilib joylashtirish kerak. Hatto applikasiya usulidan ham foydalanish mumkin. Uning mazmundorligi oshishi uchun turli yo’llarni bajarib ko’rsa bo’ladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari bu ishlarni boshlash vaqtida o’qituvchi bolalarni partalar oralab aylanib ko’rib yuradi. Doskadagi surat va ko’rgazmalarni olib qo’yadi. Doska ham o’chirib tashlanadi yoki usti yopiladi. Bolalar mustaqil o’zlari grafik ishni bajarishlari lozim. Kimdir embelema, kimdir taklifnoma, tabriknoma, devoriy gazeta va xakoza ishlashi mumkin. Tez – tez o’quvchilarning bajargan ishlari rag’batlantirib turiladi.
Uyga vazifa va darsni yakunlash vaqtida besh daqiqa oldin yozuv daftariga uyda grafik boshqa narsani ishlab kelish hamda grafik asarlardan nus’halar yig’ish topshiriladi.

25 – 26-DARS: 8 - MART BAYRAMIGA DEVORIY GAZETA ISHLASH.


Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga dekorativ rasm chizish asoslarini o’rgatish. Ranglarning xilma – xilligi, dekorativ kompozisiya va uning ahamiyati, rang berish texnikasi, issiq va sovuq ranglarda tasvirlanadigan gazeta kurinishini tasvirlashni o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, onalar bayrami bilan yaxshi tanishtirib ularga mehrini o’yg’otish, tasviriy san’at asarlarining onalar go’zal kurinishlarini yaratishishiga oid tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning dekorativ devoriy gazeta ishlashga bo’lgan munosabatini va bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Q.Basharov, Muxina, A.Holiqov kabi rassom asarlarining foto reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va gazeta nus’hasidan namuna.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, suv, qil qalam, rangli qalamlar, toza latta va b.
Darsning rejasi: bu dars ikki soat ishlanadi va ikkinchi soatda guruh ishini amalga oshirish mumkin.
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 15-20 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 10-15 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga tayyorgarligini ko’rish va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Shu kunning muhim voqyealari to’g’risida o’quvchilardan so’rab olamiz va ularning javoblariga qo’shimchalar kiritamiz. Yaqinda bo’ladigan onalar bayrami haqida o’quvchilardan surash ham mukin.
O’tilgan mazuni baholash va mustahkamlash oldingi darsda bajarilgan ishlarni va uyga berilgan vazifani baholash. Biz oldingi darsimizda ham dekorativ bezak grafikasi bo’yicha rasm ishlagan edik. Unda taklifnomani bezatish yoki sinf embilemasini ishlash kerak edi. Kim dekorativ kompozisiyani bajarib kelgan bo’lsa partalar ustiga qo’ysinlar deb ularning chizib kelganlarini ko’rib chiqiladi. Ba’zilarini rag’batlantirib u tahlil qilinadi. Tahlilga bolalarning o’zini ham ishtirok ettirish lozim. Baholab bo’lingach uni e’lon qilish mumkin.
Yangi mavzuning bayonida tayyorlangan ko’rsatmali qo’rollarni taxt qilib o’quvchilardan mavzuni bugun onalar bayrami 8 – martga bag’ishlash mumkinligini aytiladi. Doskada chiroyli qilib «8 – MART bayramiga devoriy gazeta eskizini ishlash» – deb yoziladi. Onalar bayrami haqida o’quvchilar bilan savol – javob qilinadi.
8 - martni qanday bayram deb bilasiz?
Onalarimiz bayrami nima uchun «xalqaro xotin – qizlar bayrami deb ataladi?
Bu bayramga kim she’r aytib beradi?
Bayram tabrigi uchun gazetani qanday bezatamiz?
Kim nimalar qilmoqchi? Va xakoza.
Savollarga qanday javob berilishidan qatiy nazar o’qituvchi 8 – mart haqida qisqacha gapirib beradi. Bu bayram bir vaqtlar Klara Sitkin tomonidan xalqaro xotin – qizlar kuni deb aytilgan edi va shundan buyon u kun bayram sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Ona hammamiz uchun dunyoda eng aziz va mutabar zotdir. Ularsiz bizning xayotimiz bo’lmas edi. Shuning uchun onani Vatanga tenglashtirib aytamiz. Chunki ona - Vatan bag’rida usamiz, ulg’ayamiz, dunyoni taniymiz, avlodlar dovomiyligini ta’minlaymiz. Bu bayramga atab ko’plab shoirlarimiz she’rlar, xikoyalar, asarlar yozgan. Rassomlarimiz o’zlarining rasm asarlarini onaga, ayollarga bag’ishlagan.
Bugun biz ham onalarimiz va xotin – qizlar kuniga atab devoriy gazeta eskizini chizamiz. Bu darsimiz ikki soatga berilgan va shuning uchun ham shoshilmay har birimiz ma’lum bir ko’rinishlarni bajarishimiz mumkin.
Ammo xozir hammamiz darsni tinglab boramiz deb o’quvchilar diqqatini doskaga qaratiladi va ko’rgazmali materiallarini birma-bir tushuntirib beradi. Devoriy gazetani chizish tarbibi bilan hammani tanishtiriladi.
Devoriy gazetaning bosqichli ko’rinishini tushuntirib o’tiladi.
Birinchi bosqichda gazetani turli kattaliklarga ega bo’lgan xolatga bo’lib, kompozisiyasini yengil chiziqlar yordamida belgilab olinadi.
Ikkinchi bosqichda esa aniqlashtirib chiqiladi va uning qayriga yoziladi, qayriga rasm chiziladi, qayeriga maqola va tabriknomalar beriladi belgilanadi.
Uchunchi bosqichda esa ramkalar, gullar, mart bayramini eslatuvchi ko’rinishlar bajariladi va ranglar tayyorlanadi.

Turtinchi ko’rinishda bir necha ranglarning qo’yilishi bajariladi. Dekorativ rasm chizish bo’lganligi uchun ham rasmlar to’liq o’z o’rniga ega bo’lishi kerak. Bayram tabrigi ham joylashishi lozim. Chizishni tushuntirayotganda orqa fonlarini ranglash, turli ranglardan foydalanish mumkinligini aytish foydali bo’ladi.


Beshinchi bosqichda esa endi hamma tomonlama to’gallangan xolatda bo’lishi kerakligini o’quvchilarga bildirish lozim. Yaxshi tushuntirib bo’lgach o’quvchilarga faqat eskiz chizishi mumkinligi aytiladi. Bu devoriy gazetaning kichkana ko’rinishi, nus’hasi bo’ladi. Bunda plamaster, rangli qalam, akvarel, guash, applikasiya usullaridan ham foydalanish mumkin ekanligi aytiladi. Chizma asboblaridan ishlatishga ham ruxsat beriladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari bu vaqt ichida bolalar faqat daftar varag’iga joylashtirish, chiziqlarini bajarish ishlarini amalga oshirsa ham bo’ladi. Shu masalalarga ulgurganlarini ham rag’batlantirib baholash mumkin. Keyingi darsimizda ularning bajarib kelgan ishlari asosida devoriy gazetani bajarish va oxiriga yetkazish davom etishini ular bilsin.
Keyingi darsda ham dars qoidasiga amal qilingan holda barcha bosqichlar bilan devoriy gazetani chizish davom ettiriladi.
Hamma o’quvchilarning ishlarini o’rganib chiqiladi va yaxshi bajarilgan ishlarga baholar qo’yiladi. Xatto eng yaxshi bajarilgan ishlardan nus’ha olib uni katta vatman qog’ozida bir necha o’quvchi kattaroq qilib chizishi va hammaga tabrik sifatida devorga osib qo’yish ham mumkin. Guruh ishi sifatida agar baholansa bundan ham yaxshiroq natijalar beradi.
Uyga vazifa va darsni yakunlash bo’lganda hamma o’quvchilarga otkretkalar, yana boshqa ko’rinishda gazeta eskizini ishlab ko’rish, shunga uxshagan rasmlar topish kabilar vazifa qilib beriladi. Qachonki bolalar keyingi darsga kelganda shular yordam bersin. Keyingi darsdan so’ng bolalarga suratlar yig’ish topshiriladi.

27-DARS: TASVIRIY SAN’ATDA PORTRET JANRI


Topshiriq. Portret janrining yaratilish xususiyati to’g’risida suhbat.
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga portret janri orqali ahloqiy va estetik ruhda tarbiya berish va insoniylik munosabatlarini shakllantirish.
b) O’quvchilarni inson xarakterini, qiyofasini, tuzilishini kuzatishga, anglash, tushunishga va chizishga o’rgatish.
v) O’quvchilarga portret janri haqida ma’lumot berish bilan inson haqidagi bilimlarni, mustaqil rasm chiza olish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: a) O’qituvchi uchun: Ko’rsatmali materiallardan Abdulxaq Abdullayevning “Alisher Navoiy”, “Avtoportreti”, Rahim Ahmedovning “Ona uylari”, Ro’zi Choriyevning “Surxondaryolik kelin” va hakoza.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, yozuv daftari va boshqalar.
Darsning mazmuni. Kichik guruhlarda, hamkorlikda ishlash bilan dars suhbat tarzida olib boriladi.
Bunda:1. Rassom atrof-muhitni, buyumlar dunyosini, tabiat va inson qiyofasi tasvirini, xarakter xislatlarini anglashni o’rganadi.

Darsning borishi: Tashkiliy qism. 2 – 3 daqiqa


O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash. 5 – 7 daqiqa.
O’quvchilarni yangi dars mavzusi, maqsadi, darsning olib borilishi bilan tanishtirish. Tasviriy san’atning portiret janrida bajarilgan asarlarni o’rganishga yo’llash. 20 – 25 daqiqa.
Yangi mavzuni o’rganish:
a) o’quvchilarning soniga qarab guruhlarga ajratish.
b) o’quvchilar uchun tayyorlangan savol-topshiriqlarni berish.
v) guruh o’quvchilari vazifalarni mustaqil bajarishlari uchun imkon yaratish.
Har bir guruh o’quvchilariga alohida mavzu bo’yicha qo’yidagicha savollar beriladi:

1.Insonni kuzatish deganda nima tushiniladi?


2 .Rang-tasvir nima?
3.Girafika nima?
4. Haykaltaroshlik nima?
5.Tasviriy san’atda nechta janr bor?
6. Portret janri haqida nima bilasiz?
7.Portretchi rassomlar kimlar?
8.Portret janrining turlari qaysilar?
9.Jahon haykaltaroshligini ayting?
10.O’zbekiston haykaltaroshligi haqida so’zlang?
11.Rangtasvirda xorijiy rassomlarning asarlarini ayting?
12.O’zbekiston rangtasviri.
13.Grafika san’atining qanday turlari bor?
14.Grafikchi rassom V.Qaydalov, Q.Basharov, N.Kolonov asarlari.
15. Portret va xarakterning uyg’unligi nima?
16. Inson obrazini yaratish qanday amalga oshadi?
Guruhda savol-javoblar olib borilgach, o’qituvchining o’zi mavzu yuzasidan fikrlarni umumlashtiradi hamda mavzuni yoritadi. Uzlashtirgan bilimlarni aniqlash uchun testlar tuzib tarqatiladi va baholanadi.
Testlardan namunalar.
1.Portret nima?
a.Insonning tasviri. b.Rasm. v.Chizma. g. Odamning qiyofasi.
2.Rassomga odamni ko’zatish nima uchun kerak?
A.Odam xarakterini o’rganish uchun. B.Qiladigan ishini bilish uchun. G.Ko’zatish shart emas.
3. Rangtasvir qanday bo’ladi?
a.Ranglar,buyoqlar bilan ishlangan har qanday asarlar. B.Qalamlarda chizilsa ham bo’ladi. v.Rangli oyna va toshlarda ishlansa.
4.Grafika nima?
A.Qalam, tushlarda chizilgan suratlar. B.Tunikaga nusxalar tushirish. V.Buyoqlar bilan chizish.
5.Haykaltaroshlik qanday bo’ladi?
a.Tosh, loy, yog’och kabi qattiq materiallardan ishlangan hajmli narsalar.
b.Moy buyoqda qimirlatilmay naturadan ishlangan rasm. V.Hamma narsalardan ishlanadigan rasm.
6.Nafis tasviriy san’atda qanday janrlar bor.
a.Portret, peyzj, natyurmort, batal, animal, maiyshiy, tarixiy.b.Nafis tasviriy san’atning o’zi. V.Grafika, ofort, rangtasvir.
7.Haykaltarosh rassomlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan.
A.Damir Ruziboyev, Ilxom Jabborov, Abdumumin Boymatov, Turkman Esonov, Tulagan Yorqulov. B.Abdulxaq Abdullayev, D.Ruziboyev, A.Boymatov, Ch.Axmarov.v.I.Jabborov, K.Jabborov, R.Axmedov, R.Choriyev.
8.O’zbekiston rangtasvir ustalari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A.Abdulxaq Abdullayev, Raxim Axmedov, Ruzi Choriyev, Javlon Umarbekov, Akmal Nur, Ortiqali Qozoqov. N.Karaxon. B.N.Ten, G.Abduraximov. N.Kolonov, X.Raxmonov, Yu.Elizarov, A.Boymatov. Y.Tursunnazarov, Chingiz Axmedov, K.Eminov, T.Yorkulov, Sh.Murodov.
9.Grafikchi rasso mlar kaysilar?
A.V.Kaydalov, N.Kolonov, K.Basharov, N.Ten. B.R.Choriyev, J.Umarbekov, I.Jabborov, Yu.Elizarov. V.E.Kalandarov, N.Sultonov, N.Kalonov, T.Esanov.
10.Animal janrlar kanday asarlar?
A.Kush va hayvonlarning tasviri. B.Chiroyli buyumlarnig tasviri. V.Meva,sabzavotlarning tasviri.
11.O’zbekiston.portretchi-rassomlar kaysilar?
A.A.Abdullayev, M.Nabiyev, T.Kkuriyozov, R.Axmedov. B.I.Jabborov, A.Boymetov, O.Kozokov, R.Axmedov. V.E.Kalantorov, N.Sultonov, A.Isayev, T.Esanov, R.Choriyev.
12.Jahon portretchi rassomlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A.Rembrand Van Reyn, P.Rubene, V.Surikov, I.Ye.Repin, V.Konchelovekiy, Perov. B.T.Jereko, Valaskiye, Shubin, Shishkin, Ivanov, Surbaran. V.Miron, Poliklet, Leonordo Do Venchi, A.Abdullayev, O.Kozokov.
1.Tasviriy san’atning portret jarayonida ishlash ancha murakkab va mashaqqatli jarayondir. Unda inson obrazini kayfiyatini ochib berishda ranglar,yorug’ soyalar orqali amalga oshadi. Orqa tomondagi ko’rinish va perepektiv uzoklik bilan belgilanadi. Bu rassomning qanchalik darajada o’z imkoniyatlariniishga solib portret ishlay olishligini ko’rsatadi. Portret janri qadimiy janir bo’lib u inson xayotining muhim qismini bildiradi.
Portretlarni o’rganish bilan ular haqida kup ma’lumotlar olamiz. U inson yashash tarxidan va imkoniyatlaridan so’zlaydi. Ko’pgina portretlar tuplami Moskva shahridagi Sank-Petrburg muzeylarida jumladan, Ermitajda, Tretyakov galeriyasida saqlanadi. Shuningdek, asarlar Pushkin, AQSh Metropoliten, Direzdin, Toshkent va boshka muzeylarida ham ko’plab saqlanadi. Ular yillar maboynida yig’ilgan bebaho asarlar qatoriga kiritilib kelmokda. Muqaddas portretlar ham bor bo’lib u ikonalardir. Ikonalar chizilgan diniy cherkovlarida, ularning devorlarida saqlanadi.

Ikonalar bilamizki buyog’iga tuxum qo’shilgan ranglarda ya’ni, Emulsiyada ishlanadi. Ikonalarda iloxiylik mavj o’rib turish uchun ko’proq iliq ranglardan, orqa fani, rejasi samoviy ranglardan foydalanadi. Lekin ko’proq portret asarlari realistik, mifologik ko’rinishlarda aks etgan bo’ladi. O’zbekistonda xalq rassomlaridan M. Nabiyevning “O’zbek”, ”Amir Temur”, ”Beruniy” portretlari, R. Axmedovning “Ona” yoki “Tong”, “Ona uylari”, A. Abdullayevning “avtoportreti” , ”Nazarali Niyozov”, ”Shahlo” va boshqalarda O’zbekiston xalqiga xos bo’lgan rang-baranglik kurinishilar ufirib turgan bu asarlar o’zbek xalqining xarakteri to’grisida ajoyib ma’lumotlar beradi.


2. Portret janrida rasm ishlashga xarakterli naturalarni tanlash kerak. Buning uchun xiyobonlarda o’tirib, ko’cha yoki bozorlarni kezib obrazli ko’rinishlarni qidiriladi. Shundagina nazarda tutilgan natijaga erishish mumkin. Xarakterli kayfiyatlardagi natura ko’zlangan joyga moslab qo’yiladi.
3. Bosqichlar asosida portret ishlash avvalo qog’oz varag’iga joylashtirib olish kerak. Oldiniga qalamni bosmasdan yordamchi buyoqlar bilan chiziladi va yuzidagi ko’z, burun, qosh, lab, soch, o’z o’rniga chiziladi. Dastavval bosh suyagi to’g’ri tasvirlanishi lozim. Shundagina portret to’g’ri va savodli chiziladi.
Yuzidagi va buyin, yelka qismlari ham tasvirlanadi, ishlov beriladi. Yuzidagi xarakterni topishda o’ta sinchikovlik talab etiladi. Har bir chiziq yorug’-soyada xarakterni beruvchi chiziqlarga katta e’tibor berish lozim. Sochga, yuzga yelka qismiga ham ishlov beriladi. Ishni o’zokdan tez-tez kuzatib turish to’g’ri portret ishlashni ta’minlaydi.
4. Portret janrida rasm ishlashni mukammal o’rganmoqchi bo’lgan har bir o’quvchi rasm texnologiyasini o’rganib, uni o’z tajribasida ko’llay olishiga harakat qilishi kerak. Bir kunda kamida 5-10 ta xomaki rasm ishlab to’rganida ajoyib rassom bo’lib yetishishi mumkin.
Rasm chizganda to’xtamaslik uning yutuqli bo’lishiga ishonchdir.

T\r№

Tasviriy sa’nat janri buyicha.ijod.kilgan.portretchi rassomlar.

Tasviriy sa’nat turlari buyicha ajratish.


Uzbekiston va xorijlik portretchi rassomlar asarlari.


1.

Rembrand, Leonardo .Do Venchi, Rafael’ Santi, Valaskis, Makovskiy, Repin, Surikov, A.Abdullayev, M.Nabiyev, R.Axmedov, R.Choriyev, B.Jalolov, J.Umarbekov, A.Ikromjonov, O.Muminov, A.Mamatova va boshkalar.

Rang-tasvir, Grafika, Xaykaltaroshlik, Nakkoshlik, Deporativ amaliy sa’nat.


“Jakonda”, ”Monno Liza”, ”Rombrand”, ”Avtoportret”, ”Danaya”, ”Tur Tukuvchi kiz”, ”Shaxlo”, ”Kaxramonning onasi”, ”Otello”, ”A.Navoiy”, ”Musogorekiy”, ”Amir Temir”, ”K.Bexzod”, ”Bibixonim”, ”Nodira”, ”Beruniy”, ”Bobur”.


Bu grafikdagi tasviriy san’atga oid bilimlarni beruvchi turlari, janrlari, rassomlari va ularning asarlarining nomi aralash tarzda beriladi.


O’quvchi suratlarni kaysi turda ishlangani, janri bo’yicha ham qaysi rassomga tegishli ekanini ajratib beradi. Shuning bilan o’quvchi xotirasida tasviriy san’at portret ustalari, rassom asarlarining portret janriga xoslarini yig’ib olib kelish topshiriladi.
Uyga vazifani ham portretchi rassomlarning asarlaridan tuplash va ularning mazmunini o’rganib borish kerakligi ta’kidlanadi.

28 – 29-DARS: ”MEN YOQTIRGAN QAHRAMON” MAVZUSIDA RASM CHIZISH.


Material: Chizma qog’ozi, qora qalam, uchirg’ich, rang, akvarel, suv idishi paletra.
Darsning mazmuni:
1.Nazariy qism: ”Men yoqtirgan qahramon” mavzusida tushuncha berish.
2. Amaliy qism: ”Men yoqtirgan qahramon” mavzusida rasm chizish.
Darsning borishi: Darsga kirib, o’quvchilar davomatini aniqlayman va sinf jurnaliga belgilayman. O’quvchilarini nazorat qilaman. Dars xonasini tozaligiga e’tibor beraman.
Yangi mavzuni bayoni: O’quvchilar rasm chizish uchun avvalo uni bir necha bor o’qib chiqadilar. Bundan tashqari voqiya ro’y bergan mamlakatning tabiati, kishilar hayoti va tuzilish tarzi bilan tanishadilar. “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini (o’quvchilarga ) mazmunini aytib berish. O’quvchilar bilan savol javob o’tkazish, darsni mustahkamlash.
Ma’lum tayyorgarlikdan so’ng asardagi biron bir ko’rinishga rasm ishlaydilar. Doston uchun yaratilgan rasmni o’quvchilarga tushuntirib, kimlar, nimalar, tasvirlanganligi, ranglari, shakllari, tuzilishi, asarning, kompozisiyasini bo’lib olishlari talab etiladi. Chizilgan rasmdagi voqiya qayerda ro’y berayotganini bildirish uchun uning faniga ush yoki tabiat manzarasi tasvirlanadi. Ishlangan rasmlarni bo’yashdan oldin, o’qituvchiga ko’rsatishlari so’ng o’qituvchi bildirgan fikrlari asosida yana bir bor ko’zdan kechirib, xatolari bo’lsa tuzatishlari talab etiladi. Rasm tayyor bo’lgach rangga o’tiladi.
“Oygul bilan Baxtiyor” dostoni asosida chizilgan rasmning muvoffaqiyati qo’yidagi jihatlariga bog’liq.
Rasmda asosiy obrazni qanday ranglar bilan ajratib tasvirlash.
Rasmda ranglar perpektivasiga rioya qilish.
Ijobiy va salbiy obrazlarni tasvirlashda og’ir va yengil ranglardan foydalanishni bilib olish.
V-sinflar uchun tasviriy san’at o’quv predmetidan “Rang tasvirda adabiy qahramon siymosini yaratish” mavzusida.
1-soatlik dars ishlanmasi.
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Sinf ozodaligini nazorat qilish.
Davomadni aniqlash.
O’quvchilarning darsga tayyorgaligini nazorat qilish.
Uy ishini baholash.
Uy ishi: Taklifnoma tayyoralsh. Bosma. Yozma. Badiiy harflarni yozish.
O’quvchining o’tgan dars yuzasidan bajarib kelgan ishlarini baholash. Yaxshi bajargan va qonikarsiz bajargan ishlarini taxlil etish,yutuq va kamchiliklarini ko’zatib borish. O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar berish.
Taklif biletlari faoliyatning qaysi turiga kiradi?
Taklif biletlarining vazifasi va ahamiyati kanday ekan?
Taklif biletlarini tayyorlashda badiiy harflaring roli kanday ekan?
Taklifning badiiy elementlari nimalardan iborat?
O’quvchilarga berilgan savollardan qoniqish hosil qilingandan keyin yangi mavzu bayoniga kirishiladi.
Asosiy qism. Darsni tashkil etish.
Yangi mavzu: Ranglarda adabiy qahramon siymosini yaratish.
Darsning kurinishi: Amaliy ish. Ranglar asosida adabiy qahramon eskezini ishlash.
Darsning maqsadi: O’quvchilarning o’qigan badiiy asarlari,ko’rgan bilgan, eshitgan xalq og’zaki ijodi; ertak, dostonlari asosida ijobiy qahramon siymosini tasvirlashga o’rgatish. Ularning xarakteri, kayfiyatlarini ko’rsata bilishga o’rgatish. O’quvchilaring tasavvurdan, xotiradan rasm ishlash malakasini shakllantirish. Milliy urf-odatlar, an’nalar, qadriyatlar, ajdodlarning vataniga, yurtiga bo’lgan sadoqatini o’rgata bilish, bolalarning ongiga sindirish.
Darsning jihozlanishi:
Turli xil qahramonlar siymosi tasvirlangan rasmlar, o’quvchilar ishlaridan namunalar, rassomlar ishlagan asarlar reproduksiyalari, illyustratsiyalar, kitoblar.
Ish materiallari: Guash, akvaril, rangli qalam, muyqalamlar, qog’oz.
Darsning mazmuni:
Noan’anaviy tarzda ko’proq she’rlar, xikoyalarga yondashish. Ertak, doston, badiiy asarlardan namunalar, lavhalar orqali milliy qahramon siymosini, obrazini ochib berish.
Portret haqida tushuncha berish. Qahramonning umumlashgan obrazini yaratishda portretning ahamiyati.
Kompazitsiya va rangtasvirda portret janrining rangtasvirdagi asosiy ifodaviy turi, vazifasi ekanligi, rangtasvir kompazitsiyasi, yorug’lik haqida o’quvchilarga tushuncha.
Portret janrining ko’rinishlari o’ziga xosligi:
psixologik portretlar.
shohona portretlar.
keskin xarakterdagi portretlar.
rasmiy portretlar.
Portretda tasvirlanayotgan kishini o’rganish, tushinishi uning xarakteri, xususiyatlarini aks ettirishga intilish, orazni ochib berish. Portret san’atiga oid keltirib o’tilgan jihatlarni o’quvchilar tomonidan nazariy aniqlash jarayonida o’z faoliyatlariga tadbiq etish. Inson qomati nisbatlari, umumiy tuzilishi va shakllari, harakatdagi holatlari, harakat va muvozanat, davrga mos kelishi, tasvirlanayotgan obe’ktga nisbatan munosabatini aks ettirish, hislari va xarakterini ko’ra bilish.
Darsning borishi.
Dars 2 - soatga mo’ljallangan bo’lganligi uchun 1 - soatda asosan portret janri haqida kengroq tushuncha berishga, o’quvchilarga o’zi o’qigan asarlari, she’rlari, hikoya, ertak, doston va boshka badiiy asarlari asosida o’zi yoktirgan kaxramonni tanlash va tanlangan kaxramonni eskezlar asosida tasvirlashdan boshlaydilar. Dars jarayonida ilg’ab olish kiyin bo’lgan o’quvchilarga turtki berish uchun o’kituvchi tomonidan kaxramonlar misoli tarikasida keltirib o’tiladi.
Masalan: Xalk dostonlari, milliy karamolar, “Afrosiyob”, “Tumaris”, “Shirok”, “Spitamen”, “Alpomish” va boshqalar.
Ertak kahramonlari: ”Kenja botir”, “Oqil va dono nidosi”, xalqni dushman qo’lidan ozod qilgan bohodir va shu kabilarining ijobiy xarkterlari ochib beriladi. She’rlar va manologlardan parcha aytiladi. Dars maboynida ko’rgazmali materallardan foydalaniladi, muntazam ravishda o’quvchilar ishari kuzatib boriladi. Darsni mustahkamlash uchun savollar beriladi. o’qituvchi qoniqish ololmagan javoblarga yordamlashish orqali darsni mustahkamlab boriladi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
Portret janri tasviriy san’atning qaysi turida ko’proq uchraydi?
Javob: Rang tasvir, grafika, haykaltaroshlikda.
Portretda asosan nimalar tasvirlandi?
Javob: Portretda insonlar tasvirlanadi.
Portret janrining turlari necha xil?
Javob: Rasmiy portret, xarakterli portret, shoxona portret, avtoportret, psexologik portret.
Rang tasvirda portretning ifodaviy vositasi nimalardan iborat?
Javob: Rang tasvirda ifodaviy vositasi kompazitsiya va rang.
O’tilgan mavzuni mustahkamlab olgandan keyin o’quvchilarga uy ishi beriladi.
Uy ishi: Rassomlar ishlagan qahramonlarning rasmlarini izlab topish. Portret janrini mustahkamlab kelish.
Darsda o’quvchilar bilishlari lozim bo’lgan bilim va malakalar.
Portret janri va turlarini bilish.
Berilgan topshiriqning mazmuniga mos materiallar, texnika va vositalarni bilish.
Odam gavdasining turgan va harakatdagi holati, tanasining turli bo’laklarini to’g’ri tasvirlay olish.
Odam yuz tuzilishidagi xarakterlarini to’g’ri ko’rsata bilish.
Berilgan topshiriqga mos ravishda kompazitsiyaning rang moslik yechimini to’g’ri hal eta olish.
Yaxlit kopazitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutonosibligini saqlay bilish.
Portretchi rassomlarning 5-6 nafarini nomlarini va asarlarini bilish.

30-DARS: PLASTILIN YOKI LOYDAN XARAKTERLI KAYFIYATDAGI PORTRET ISHLASH.


Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning loy yoki plastilinda turli kayfiyatdagi odimni tasvirlay olishni, kompozisiyani, kurinishini tasvirlashni va haykalchani yasashni o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash haykaltaroshlik san’atining go’zal jihatlaridan zavqlanishni tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning haykaltaroshlikka bo’lgan muosabatini, bilimlarini, tushunchasini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq ustalari H.Rahimova, X.Xaqberdiyev, A.Muxtorov, G.Ul’ko asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, loy, plastilin, stek, akvarel, toza latta va boshqalar.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 3 - 5 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 8-10 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 20-25 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Tashkiliy qismda o’quvchilarni qanday qilib darsga tayyorgarlanib kelganligini ko’riladi va yo’qlama qilinadi. Navbatchi o’quvchi bunga to’liq yordam beradi. Suv bo’lishi bilan taminlanadi. Loy va plastilinni solib qo’yadigan idish, qo’lni yuvish uchun kerakli narsalar bo’lishi kerak. Taxtacha loy qo’yish uchun bo’lsa yaxshi bo’ladi.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash oldingi darsda noan’anaviy tarzda «men yoqtirgan qahramon» mavzusida rasm ishlagan edik. Shunga kim rasm ishlab kelgan bo’lsa partalar ustiga qo’ysinlar – deb o’quvchilarning chizib kelgan suratlarini baholanadi. Yaxshi va yomon chizilganlaridan bir nechasini olib chiqib tahlil qilinadi. Tahlilni o’quvchilarning o’zlari bilan birgalikda bajarish kerak. Shuning bilan birga o’quvchilar suratlarning uxshash va to’g’ri taraflarini ham ajrata olishi hisobga olinsin. O’quvchilarni baholashda tahlilda yaxshi ishtirok etganlar ham hisobga olinadi.

Yangi mavzuning bayonida mavzu doskaga yoziladi va o’quvchilarning diqqatini unga qaratib tushuntiriladi. Haykaltaroshlik asarlarini haykaltarosh rassomlar qattiq materiallardan bajaradilar. Lekin biz oldiniga loy yoki plastilinlardan haykallarning eskizini, loyihasini, kichik ko’rinishdagi chizmasi kabi hajmli xolatini ishlaymiz. Bunga loyni yaxshilab ishlav berib tayyorlab olamiz. Tayyor bo’lgan loy qo’l o’rtasiga qo’yib qisganimizda yorilib ketmaydi. Uni yumshoqligi ham yaxshi bo’ladi. Haykalchalarni ishlashda ko’pincha u yotib qolmasligi uchun karkas qo’yiladi. U sim, yog’och, chup, ip va boshqalardan tayyorlanadi. Lekin biz kichik hajmdagisini ishlaganligimiz va portret ko’rinishda bajarganimiz uchun karkasdan foydalanmaymiz.


Lekin steklarni ishlatishimiz mumkin. U ba’zi o’yiq joylarni olishda yordam beradi. Pichoqcha qurinishida bo’lgan yog’och, plasmassa, kauchik bo’lishi mumkin. Loydan yumoloqlab unga qo’shimcha yopishtirib haykal tayyorlanadi. Bu kabi usullarni bir necha holatda o’qituvchi ko’rsatib beradi. Kamma tushunib olgandan keyin mustaqil ish bajarishga ruxsat etiladi.

O’quvchilarning mustaqil ishlari hammaning ishni bajara olishiga ishonch bo’lgach o’quvchilarni atrofini partalar oralab ko’rib yuriladi. Qiynalib qolgan bolalarga yo’l ko’rsatiladi. Toza va ozoda o’tirib ish bajarish kerakligi eslatib turiladi. Tez – tez rag’batlantiriladi va haykaltaroshlikka oid ma’lumotlar ham berib boriladi.



Ishni tugatib qo’ygan bolalarga shu kabi boshqa ishlardan yana bajarish mumkinligi beriladi yoki boshqa biron ish bilan band qilinadi.
Uyga vazifa berishda xuddi shu kabi haykalchalardan ishlab kelish kerakligi topshiriladi.
31-DARS. IV – MSNI: «ADABIY ASAR QAHRAMONI» MAVZUSIDA PORTRET – ILLYUSTRASIYA ISHLASH
Darsni taxlil etishdagi mavzu. Rangtasvirda adabiy qahramonlar siymosini yaratish.
Darsda ko’rgazmalilik. Amaliy ish. Tanlangan adabiy qahramon yuzasidan eskizlar ishlash.
Darsning maqsadi: O’quvchilarning o’qigan badiiy obrazlari, ko’rgan, bilgan, eshitgan, xalq og’zaki ijodi ertak dostonlar asosida adabiy qahramonlar siymosini yaratish. Ularning xarakteri, kayfiyatilarini tasvirlash. O’quvchilar tasavvurida xotiradan ishlash malakasini shakllantirish, milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, ajdodlarimizning vatanga bo’lgan sadoqatini o’rganish, bilimini ularning ongiga singdirish.
Darsning jihozlanishi: Turli xil qahramonlar siymosi tasvirlangan rasmlar, o’kuvchilarning ishlaridan namunalar, rassomlar ishlaridan reproduksiyalar va illyustratsiyalar va bidiiy kitoblar.
Ish materiali: guash’, akvarel, rangli qalam, muyqalam va qog’ozlar.
Darsning mazmuni: Noan’anaviy tarzda she’rlar, hikoyalar, ertak, dostonlar orkali milliy qahramonni obrazini ochib berish portret haqida ko’prok tushuncha berish, qahramonning umumlashgan obrazini yaratish.
Portretning roli: Kompozisiya va rangtasvirda portret janri, rangtasvirdagi asosiy ifoda vositasi ekanligi, rang kompozitsiyasi yorug’lik haqida o’kuvchilarga tushuncha berish.
Portret janrida ko’rinishlarning o’ziga xosligi, psixologik portretlar, shohona portretlar, keskin xarkterli portretlar, rasmiy portretlar haqida oldingi darslarda gapirib o’tgan edik.
Portretda rassomlarning tasvirlanishi kishini o’rganishni tushunish uning xarakterli xususiyatlarini to’laligicha aks ettirishga intilish, obrazni ochib berish. Portret san’atiga oid keltirib o’tilgan jarayonlarni o’quvchilar tomonidan nazariy anglash. Ularning rangtasvir usulida portret ishlash jarayonida o’z faoliyatlariga tadbiq etish. Inson qomati, nisbatlari umumiy tuzilish va shakllari, harakatlari, holatlari va muvozanati davrga mos ko’rinishini tasvirlayotgan ertakga nisbatan munosabatlarini aks ettirish xislat va xarakterlari.
Darsning borishi: Dars 2-soatga mo’ljallangan bo’lgani uchun 1-soatda asosan portret janri jihati hakida kengroq tushintiriladi. O’quvchilarga o’zlari o’qigan asarlaridan she’r, hikoya, ertak, doston va badiiy obrazlari hakida o’zi yoqtirgan kahramonlarini tanlash va tanlangan qahramonlar she’rlar haqida tasvirlashdan boshlaydilar. Masalan: Xalq og’zaki ijodida, Milliy qahramonlar Tumaris, Alpomish, Shiroq. Ertak qahramonlari, ”Kenja botir”, “Odil va dono podsho”, xalqni dushman qo’lidan ozod qilgan Bahodir, va shu kabilarning harakatlari ochib beriladi. Dars davomida ko’rgazmalarga yondashiladi. Muntazam ravishda o’quvchilarning ishlari ko’zatilib boriladi. O’qituvchi o’quvchilarning qoniqish ololmayotgan savollariga yordamlashishi orqali darsni mustahkamlab boriladi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1.Portret janri tasviriy san’atning qaysi turiga kiradi?
2.Tasviriy san’atning qaysi janrlarida portret turi bor?
3.Portret asosan nimalar orqali tasvirlanadi?
4.Portret janrining turlari necha xil?
Rang tasvirda portretni ifodalovchi vositalar necha xil?
Uy ishi: Rassom ishlaridan, portret chizilgan rasmlardan yig’ish. O’zlari yoqtirgan qahramonlarning xomaki rasmlaridan ishlash. Portret janri bo’yicha tushunchalarini mustahkamlash.

32 – 33-DARS: RANGTASVIR YOKI GRAFIK USULDA PORTRET ISHLASH.


Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning rangtasvir va grafikaga oid bilimlarini oshirib portret chizishga o’rgatish. Ranglarning xilma – xilligi, kompozisiyasi, yechim va uning ahamiyati, ranglash texnikasi, buyoqlar tuyinganligi, issiq va sovuq ranglar, turli portretlarning kurinishini tasvirlashga o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, odamlarga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning portretlardagi go’zal kurinishlaridan zavqlanish xislarini tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning portret janriga oid bilimlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Abdulhaq Abdullayev, Ro’zi Choriyev, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, suv, qil qalam, toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning birinchi soatida grafik usulda portret ishlanadi, ikkinchi soatida esa rangtasvirda portret bajariladi.
Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga qanday tayyorlanganligini ko’ramiz hamda sinfda kim bor yoki yo’qligini navbatchidan belgilab olamiz. Darsga oid bo’lgan rasmlardan o’quvchilarning olib kelganligini ham o’rganamiz. Borlarini yig’ib olamiz.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash chog’ida o’quvchilar oldingi darsda berilgan topshiriqni qanday bajarib kelganligi o’rganiladi va baholanadi. Har kim o’zlari yoqtirgan qahramonlar siymosini chizib kelish topshirilgan edi. Bu masalani kim qanday bajarib kelganligini ko’rib chiqiladi va baholanadi.
Hamma bajargan ishlarini partalar ustiga qo’yib qo’yadi. Suratlarning hammasini o’qituvchi birma-bir ko’rib chiqadi. Yaxshi, o’rtacha va yomon chizilgan ishlardan bir qanchasini olib chiqib o’quvchilarning o’zlarini ishtirok ettirib tahlil qilinadi.
Tahlil davomida rag’batlantirish, qisman jazolash, to’g’ri yo’llarni ko’rsatish talab qilinadi. Chunki keyingi darslarimiz ham xuddi shu kabi portretlar ishlash darsi bo’lmoqda. Shuning uchun ham har bir darsda turlicha ko’rinishdagi portretlarni ishlaymiz deb yangi dars mavzusini e’lon qilinadi.

Yangi mavzuning bayoni rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash talab qilinmoqda. Shuning uchun biz birinchi darsimizda qalam tasvir ishini bajaramiz va ikkinchi darsimizda rangtasvirda ishlaymiz. Shuni ham yaxshi bilib olishingiz kerakki agar kim juda to’g’ri va chiroyli bajaradigan bo’lsa bir usulda ya’ni grafikada yoki rangtasvirda ham ishlashi mumkin. Faqat uning bajaradigan ishi oxiriga yetkazilgan portret ko’rinishini beradigan bo’lsin.

Endi hamma doskaga qarab portret chizishga oid ma’lumotlarni olsin – deb grafik usulda va rangtasvirda bajarilgan portret asarlarni tahlili hamda ishlanish yo’llari o’rgatiladi. Bunda o’quvchilarning oldingi yillarda bajarilgan ishlaridan namunalar, rassom asarlarining reproduksiyalari, o’qituvchining o’zi ishlab kelgan ko’rgazmali materiallari ko’rsatilib tahlil qilinadi.
Doskadi portret chizishning bosqichlari birma –bir chizib qursatiladi. Ba’zi xollarda o’quvchilarning o’zlarini chizdirib ko’rish ham mumkin.
Portretni birinchi bosqichi qog’oz varag’iga joylashtirib olishdan boshlanadi. Chetki chiziqlar belgilanadi. O’q chiziqlarning o’tish joyi, odamning qarab to’rgan tomonidan qoldiriladigan joy aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichni ishlaganda esa portretning qosh, kuz, og’iz, soch va boshqa qismlarini bajarish tartibi tushuntiriladi. Har bir a’zo odamda bir – biriga mutonasib joylashishini o’quvchilar bilishi lozim.
Uchunchi bosqichni bajarishda portretning kimni ishlayotganligiga uxshash taraflari bajariladi. Hamma a’zolari uxshatib chiziladi va endi qalamda bo’lsa shtrixlanib soya va yorug’liklarga ajratiladi.
Turtinchi bosqichda ham oldingiga uxshagan ko’rinishlar amalga oshiriladi va ranglash bosqichlari ham beriladi. Qalamda chizilganda ham, rangda bajarilganda ham uning hamma ko’rinishlari shu chizilayotgan odamning xarakteri bilan mos bo’lishi kerak.
Beshinchi bosqichda ancha tugallangan ko’rinish bo’lib hamma joylar, kiyimlar, soch, kuz, burun, quloq, og’iz, iyak, qorash xolatlari bilinib tursin. Suratda mazmun, xarakter bilinsin. Shunday ko’rinishli portret suratlardan ko’rsatib o’tilganligi va uning chizilishdagi yutuqlar sanab o’tiladi. Tushuntirib bo’lingandan keyin o’quvchilarning mustaqil ishni bajarishlariga ruhsat beriladi. O’quvchilarning mustaqil ishlari mustaqil ishlash davomida o’quvchilarning o’zlari kamida besh daqiqa tinch qo’yilib o’qituvchi tomonidan ko’tiladi. Keyin partalar aylanib ularning ishlarini ko’rib chiqiladi. O’qituvchi tushuntirganidek ishlar ketayotgan bo’lsa indamay qo’yiladi. Aks holda indivedual tushuntirishlar olib boriladi. Oldinda ketayotgan o’quvchilarning ishlarini ko’rsatib rag’batlantiriladi.
Agarda o’quvchilarning ko’pchiligi xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsa hammani tuxtatib qaytadan tushuntirish kerak. Endi hamma gaplar oldingidek emas balki, kim qanday xatolarga yo’l qo’yganligi hisobga olinadi. Tez – tez o’quvchilarning ishlarini ko’rsatib borish ham xatolarning to’g’rilanishiga yordam beradi. O’quvchilar portretni bajarib bo’lgandan keyin agar chala bo’lsa yoki ko’tgandek natija bermasa bu keyingi darsda ham davom ettirilishi mumkinligi ogohlantirib o’tiladi.
Uyga vazifa va darsni yakunlashda xuddi shu kabi portretlardan ishlab ko’rish kerakligi hamda keyingi darsga rassomlar yaratgan asarlaridan olib kelishi shart qilib qo’yiladi.

34-DARS: YIL DAVOMIDA BAJARILGAN ISHLARNING TAHLILI VA YAKUNI


Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga yil davomida o’rganganlarini qayta esga tushurish bo’yicha bilimlarini mustahkamlash.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning tasviriy san’atdan olgan bilimlari asosida ma’noli, estetik, ma’naviy dunyosini boyitib, vatanparvarlik tushunchalarini tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilar duyoqarashini shakillantirib, ularning tafakkur olamini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: Natyurmort, portret, manzara, animal, tarixiy, batal, miniatyura, maishiy janrlarda bajarilgan rassomlarning asarlari, turli xil test, kartochkalari, tezkor uyinlar uchun materiallar.
Dars turi: Amaliy, nazariy, interfaol.
Dars tipi: Aralash.
Tashkiliy qism;
Darsda o’rganiladigan janrlarga oid reja bilan tanishtiriladi. Kirish so’zi orqali o’quvchilar dikkatini o’ziga jalb etadi va ularning diqqatini oldin olgan bilimlarini takrorlashga tayyorlaydi.
Darsning rejasi:
1.Darslarda o’quvchilarning o’zlari bajargan ishlaridan turli janrlarga oidlarini alohida qilib ajratish mashqi.
2.O’zlari bajargan ishlarni tushuntirib berish.
3.Qanday rassom asarlaridan shu kabilarni tanlab olish mumkin.
4.Mustaqil testlar tuzish mashqi.
5.Ko’rgazma tashkil qilish va uni sharhlash.
Bu vazifalarni o’qituvchining nazorati ostida o’quvchilarning o’zlari bajaradilar.
Shuningdek, bu oxirgi yakuniy dars bo’lganligi uchun yil davomida bajarib kelgan ishlarining ko’rgazmasini ham tashkil etiladi. Bu darsga boshqa predmet o’qituvchilarini taklif etish ham mumkin.
Qo’yida tasviriy san’at bo’yicha yil oxiridagi darsni ochiq qilib o’tkazishning senariysini keltirib o’taman.
Ma’lumki, ochiq hisobat darslari maktablarda tashkil etiladigan bo’lganiga ham ancha vaqt bo’ldi. Har bir fan o’qituvchisi o’z faniga oid har chorakda rejalashtirgan mavzular bo’yicha umumlashtirilgan dars o’tishlari ham kerak. Bunday dars noan’anaviy tarzda, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etilishi nazarda tutiladi. Bunday darsda o’qituvchi o’rganilgan mavzularni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklarini bilishlari uchun foydali. Ochiq darslar test, anketa, bahs-munozara, referat, teatirlashtirilgan, savol-javoblar, ko’rgazmali va xakoza ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
5-sinf tasviriy san’at darsida o’quvchilar materiallarni qanday o’zlashtirganliklarini bilib olish uchun birinchi chorakdan boshlab o’tilgan mavzular bo’yicha bu darsda javob beradilar. Birinchi darsimiz «Tasviriy san’atning ifoda vositalari», «Grafik usulda rasm ishlash», «Grafik usulda harakatdagi odam figurasini ishlash», «Loy va plastilindan portret ishlash», «Rangtasvirda portret» va boshqalar. (Bunday darsga 90 daqiqagacha vaqt ajratish mumkin).
Mavzu: Yil davomida bajarilgan ishlarning tahlili va yakuni.
1.Darslarda o’quvchilarning o’zlari bajargan ishlaridan turli janrlarga oidlarini alohida qilib ajratish mashqi.
Ko’rgazma sifatida yoyib qo’yilgan yil davomida chizgan suratlarini janrlarga ajratishda kim tez va to’g’ri bajaradi. Sinfda tuzilgan xakamlar hisobga olib boradi va ball qo’yadi.
2.O’zlari bajargan ishlarni tushuntirib berish.
Tasvirlagan suratlarining mazmunini qisqacha gapirib berish va tahlil etish mashqida o’quvchilar gapirishlari kerak. Suratlarining qanday chizilgani haqida aytib beradi.
Boshqa taniqli rassomlarning asarlaridan o’quvchilarning o’zlari chizganlariga uxshashi bormi ajratib berishlari kerak. Qancha ko’p topa olsa ball katta qo’yiladi.
3.Qanday rassom asarlaridan shu kabilarni tanlab olish mumkin.
4.Mustaqil testlar tuzish mashqi.
Shu suratlari va tasviriy san’atdan bilganlari asosida 5 tadan testlar tuzishlari so’raladi. To’g’ri va yaxshi tuzilgan testlar uchun ham bal qo’yiladi.
5.Ko’rgazma tashkil qilish va uni sharhlash.
O’zlarining ishlaridan ko’rgazmiani tashkil eta olish mahorati va sharhlashini baholash.
Har bir o’quvchining yil davomida bajargan ishlariga real yondoshish keyingi yil uchun ham foydali bo’lib hisoblanadi.
Uyga vazifa: O’quvchilar tatilga chiqadigan vaqt yetib keldi. Shuning uchun qayrlarga borsa ham o’zlariga yoqqan narsalarning, voqyealarning rasmlarini chizib olishlari mumkin. Chunki tatildan qaytgandan keyin bajargan ishlari bo’yicha yangi o’quv yilida suhbat qilamiz.
MUNDARIJA
Kirish ……………………………………………....…………………….…………………………. 3
1-dars. Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari haqida suhbat
(reproduksiyalarni tahlil etish asosida)……………………………………………………………… 4
2–3-dars. Qalamda turli chiziq(shtrix)lar yordamida tasviriy
obrazlar yaratish…………………………………………….……………………………………… 7
4–5-dars. Oq va qora rang-tuslaridan grafik rasm ishlash……………………………….…………. 9
6-dars. Tabriknoma eskizini ishlash 1 - MSNI………………………. ……………………………11
7–8 dars. Oydin tundagi yoki quyoshning botishi paytidagi daraxtning
tasvirini ishlash…………….………………………………………………………………………. 12
9-dars. Rangtasvir xususiyatlari (kartinani badiiy
idrok etish asosida)…………………………………….…………………………………………...14
10-dars. Rangtasvir va grafikada manzara. Manzara janridagi
asarlarni tahlil etish va ijodiy ish.…………………………………………………………………...16
11-dars. Tabiatning obrazli manzarasini ishlash…………………………………………...……….18
12-dars. “Sharqana shahar” mavzusida ijodiy ish…………………………………………………. 20
13-dars. Tasviriy san’atda animalistik janr.
Suhbat va amaliy ish………………………………………………………………………………...22
14-dars. “Men yoqttirgan hayvon” mavzusida rasm chizish. 2 – MSNI…………………………....25
15–16-dars .”Yangi yil” mavzusida devoriy gazeta ishlash……………………………………. ….27
17-dars. Rangtasvirda natyurmort. Natyurmort janrida
yaratilgan asarlarni badiiy idrok etish……………………………………………………………... 29
18–19-dars. Milliy idish – tovoqlardan tuzilgan
mavzuli natyurmort janri……………………………………...………………………………….. 31
20-dars. Rangtasvir jihatidan qarama-qarshi (kontrast) buyumlardan
tashkil topgan natyurmortni grafik usulda ishlash………..………………………………………...33
21-22 dars. Tabiat manzarasi fonida natyurmort ishlash……………………………………………35
23-dars. Xotiradan natyurmort kompozisiyasini ishlash.3 – MSNI……………………………...…37
24-dars. Badiiy bezak grafikasi (taklifnoma,
emblema, badiiy harf va hakoza)……………………………………………………………………38
25-26 dars. 8 – mart bayramiga devoriy gazeta ishlash…………………………………………… 40
27-dars. Tasviriy san’atda portret. Portret janrida
ishlangan asarlarni badiiy idrok etish……………………………………………………………… 43
28-29 dars. “Men yoqtirgan qahramon” mavzusida portret ishlash……………………………..….47
30-dars. Plastilin yoki loydan xarakterli
kayfiyatdagi portret ishlash…………………………………………….………….….……….…....50
31-dars. “Adabiy asar qahramoni” mavzusida portret
illyustrasiya ishlash. 4–MSNI………………….………………….…………….….…….………...52
32–33-dars. Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash………. ……………………………..….54
34-dars. Yil davomida bajarilgan ishlarning tahlili va yakuni……………………….……………..56

http://fayllar.org
Yüklə 41,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə