Asinxron matorning elektromagnit jarayonlar tayyorladi: d xasanov



Yüklə 11,73 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü11,73 Kb.
#181835
  1   2   3
ASINXRON MATORNING ELEKTROMAGNIT JARAYONLAR

ASINXRON MATORNING ELEKTROMAGNIT JARAYONLAR

Tayyorladi: d.xasanov

QABUL QILDI: B.MAMADALIYEV

REJA

  • Rotori aylanayotgan asinxron mashinadagi elektromagnit jarayoni
  • Asinxron mashinaning vektor diagrammalari va almashtirish sxemasi

Elektromagnit jarayon

  • Elektromagnit jarayon. Asinxron mashina normal sharoitda ishlayot ganda uning rotori stator chulg‘ami hosil qilgan aylanma magnit maydon yo‘nalishida n < n1 aylanish chastota bilan aylanadi. Shuning uchun stator aylanma maydonining rotorga nisbatan aylanish chastotasini n - n ayirma bilan aniqlanadi. Bu holda stator chulg‘amining asosiy magnit oqimi Ф rotorni ns = n1 - n aylanish chastotada kesib o‘tib uning chulg‘amida EYuK E2s ni hosil qiladi («s» indeksi - sirpanishdagi degan ma’noni beradi):
  • E2s =4,44f W kch.2• Фmax
  • Bundagi rotor chulg‘ami EYuK E2s ning chastotasi f2 quyidagicha topiladi:
  • f2 = pns / 60 =p(n1 - n) / 60.
  • Bu tenglamaning o‘ng tomonini щ/щ ga ko‘paytirub, pn1 /60 = f va (n1- n)/n1= s larni hisobga olgan holda quyidagicha yozish mumkin: f2 = f1-s , ya’ni rotor chulg‘amidagi EYuK chastotasi sirpanishga mutanosib bo‘lar ekan. Aylanuvchi rotor chulg‘amining EYuK E2s ni quyidagicha topish mumkin: E2s = 4,44 f2 W2 kch.2 Фmax = 4,44 fi-s- W2 kch.2- Фmax= E2-s . (bu yerda E2= 4,44-f1 -W2kch.2- Фmax- rotori tormozlangan asinxron mashina EYuK.

Vektor diagramma. Asinxron mashinaning vektor diagrammasi tenglamalar tizimi asosida qurilib transformator diagrammasini qurish tartibiga o‘xshash bo‘ladi.Lekin asinxron mashinada aylanma maydon mavjudligi birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi toklarning o‘zaro ta’sirida ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Rotor chulg‘ami fazalari fazoda siljigan, toklari esa vaqt bo‘yicha siljiganligidan ular rotorda MYuK F2 ning yuguruvchi to‘lqinini yaratadi. Uning aylanish chastotasi quyidagiga teng bo‘ladi:

  • Vektor diagramma. Asinxron mashinaning vektor diagrammasi tenglamalar tizimi asosida qurilib transformator diagrammasini qurish tartibiga o‘xshash bo‘ladi.Lekin asinxron mashinada aylanma maydon mavjudligi birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi toklarning o‘zaro ta’sirida ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Rotor chulg‘ami fazalari fazoda siljigan, toklari esa vaqt bo‘yicha siljiganligidan ular rotorda MYuK F2 ning yuguruvchi to‘lqinini yaratadi. Uning aylanish chastotasi quyidagiga teng bo‘ladi:
  • n F2 = 60 f2 /p2 = 60 f1 /p1,
  • bunda: f2 va p2 - rotor tokining chastotasi va juft qutblari soni; rotori qo‘zg‘almas bo‘lganda stator va rotor EYuK lari chastotasi f2=f1 bo‘ladi. Asinxron mashina ishlashi uchun stator va rotor yuguruvchi F1 va F2 MYuK to‘lqinlarining aylanish chastotalari teng bo‘lishi zarur. Demak, rotorning fazalar sonidan qat’iy nazar, uning juft qutblari soni bir xil (ya’ni p2 = p1 = p) bo‘lishi shart. Vektor diagrammaning rotor zanjiri uchun qurishda EYuK E ' 2 va tok I ' 2 vektorlari orasidagi siljish burchagi quyidagicha hisoblanadi: ^2 = arctg(x ' 2 s)/ r' 2.
  • asinxron motorning vektor diagrammasi ko‘rsatilgan. Bu diagramma transformatorning vektor diagrammasidan faqat shu bilan farq qiladiki, rotor chulg‘amida (ikkilamchi chulg‘amda) kuchlanish pasayishlarining yig‘indisi n = 0 da rotor chulg‘amining EYuK E'2 bilan muvozanatlashadi. Bunga sabab shuki, rotor chulg‘ami transformatorning ikkilamchi chulg‘ami singari yuklamaga ulangan emas, balki qisqa tutashtirilgan. Lekin, agar kuchlanish pasayishi 0 A = I Vr'2[(1-s)/ s)] ni rotor chulg‘amining klemmalariga ulangan ma’lum yuklama r'2[(1-s)/ s)] dagi kuchlanish sifatida qaralsa, u holda asinxron motorning vektor diagrammasini ikkilamchi chulg‘amining klemmalariga o‘zgaruvchan qarshilik r'2[(1-s)/ s)] ulangan transformatorning vektor diagrammasi sifatida qarash mumkin. Boshqacha aytganda, asinxron motor elektr jihatdan aktiv yuklama r' 2[(1-s)/ s)] da ishlaydigan transformatorga o‘xshaydi.

Yüklə 11,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə