Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga
olish
. Bunda ota – onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi, muassasada amalga
oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy ishlar haqidagi fikrlarini inobatga olgan
holda ta’lim shakllarini tashkil etish maqsadga muvofiq.
-
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish.
Bunda ota-onalar uchun
bolaning psixologik va intellektual jihatdan rivojlanishi borasida o‘quvlar tashkil
etish g‘oyat yaxshi samara beradi. Masalan, farzandining intellektual va ijodiy
salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berish, bolaning psixologik holati, uning ijodiy
imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi rag‘batlantiruvchi maqtov yorliqlari asosida bolaning
individual qobiliyatlarini ota-onalarga ko‘rsatish zarur. Bu bilan ota-onalar
farzandining qiziqishlari haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lib, ularga qay
tarzda yondashishni bilib oladilar.
-
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish
. Bunda
ochiq eshiklar kunlari va ochiq mashg‘ulotlar tashkil etish orqali ota-onalarni
maktabgacha ta’lim muassasasining kundalik ishlariga qatnashishlari uchun zamin
hozirlash kerak.
-
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash
. Bunda ota – onalarning muassasa hayoti va muassasada
yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi fikrlarini inobatga olgan holda ta’limiy va
tarbiyaviy ishlarning sifati va saviyasini oshirish ko‘zda tutiladi.
Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning
idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita
bog‘liqdir.Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati real predmetlarning
xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-
biriga taqqoslash va guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola
maktabga borgunga kadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun
bolalar bog‘chasidagi barcha o‘quv-tarbiya ishlari bilan uzviy ravishda bog‘lab
maxsus ish olib boriladi.
Matematik bilimlar bolalarga ma’lum izchillikda berilishi, bunda yangi
bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi
kerak. Shuning uchun xam bir vazifa bir qancha mayda kismlarga bo‘linib, ular
birin ketin o‘rganib boriladi. Tarbiyachi xar bir yosh guruhining dasturi kanday
tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim
darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib
boriladigan barcha ishlar tizimida har bir mashg‘ulotning qanday muhim rol
o‘ynashi va o‘rin egallashini ko‘z oldiga keltirish uchun xam imkon beradi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy
shakli – mashg‘ulotdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi mashg‘ulotlarda hal
kilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va


ko‘nikmalar hosil kilinadi. Atrofdagi xamma narsani mikdor jihatidan kuzatishlarni
uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik
mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan kanday foydalanishlariga katta axamiyat
beriladi. Mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-
mashqlardan keng foydalaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar
tashkil kilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi,
chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan, joyni bilish
ko‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda o‘yinlar asosiy o‘quv
vazifasini o‘taydi. Mashg‘ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda
yangi material ustida ishlashni xamda ilgari o‘tilgan materialni takrorlashni birga
to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish
usullarini almashtirib turish bilan ya’ni, mashg‘ulot tuzilmasi bilan taqsimlanadi.
Mashg‘ulotlar dastur vazifalarining hajmi, mazmuni, uyg‘unlikda olib
borilishi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi darajasi, bolalarning
yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Maktabga borish davriga kelib bolalar
to‘plam va son, shakl va kattalik xakida o‘zaro bog‘langan bilimlarni nisbatan
ko‘prok egallagan, fazada va vaqtni mo‘ljallay olishni o‘rgangan bo‘lishlari zarur.
Tajriba, birinchi sinf o‘quvchilarida uchraydigan qiyinchilik, odatda mavhum
bilimlarni egallab olish, aniq predmetlar, ularning obrazlari bilan amal kilishdan,
sonlar va boshka mavhum tushunchalar bilan bajariladigan amallarga o‘tish
zarurligini ko‘rsatadi. Bunday o‘tish bolaning rivojlangan aqliy faoliyatini talab
etadi. Bolalar turli matematik bog‘lanishli munosabatlarni aniqlash usullarini,
masalan, to‘plam elementlari o‘rtasidagi moslikni aniqlash usullarini egallaydilar
(to‘plamdagi elementlarni birma-bir amalda solishtiradilar, kattalik nisbatlarini
aniklash uchun ularni ustma-ust, yonma-yon qilib ko‘rish usullaridan
foydalanadilar).Ular mikdor nisbatlarini aniqlashda eng anik usul predmetlarni
sanash va kattaliklarni o‘lchash ekanligini tushuna boshlaydilar. Sanash va ulchash
malakalari ularda tobora mustaxkam va ongli bo‘lib boradi.
Har qaysi yosh guruhi dasturi ushbu bo‘limlardan iborat:
·
Miqdor va sanoq.
·
Kattalik.
·
Geometrik figuralar.
·
Fazoda mo‘ljal olish.
·
Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish.
O‘quv yilining oxirida katta guruh bolalari kuyidagilarni bilishlari kerak:
·
narsalarni 10 tagacha sanay olish;
·
sanok va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanish;
·
10 tagacha bo‘lgan sonlarni yonma-yon turganlarini (ko‘rgazma asosida)
taqqoslay olish;


·
teng bo‘lmagan 2 guruh narsalar sonini ikki usul bilan tenglashtira olish
(1ta narsa ko‘shish yoki ayirish usuli bilan);
·
0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni nomi va farqini bilish;
·
turli mikdordagi 10 tagacha bo‘lgan narsalarni eni, bo‘yi, balandligi,
qalinligi, o‘lchami va ular orasidagi munosabatlarni hisobga olgan holda
ortib borishi yoki kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash;
·
narsalar shaklini doiraviy, uchrubchak, to‘g‘ri to‘rtburchakli, kvadrat,
to‘rtburchakli, oval ko‘rinishdagilarini farklash;
·
kog‘oz varag‘ida yo‘nalishlarini farqlash;
·
narsalarning o‘ziga yoki boshqa narsalarga nisbatan joylashish vaziyati,
yo‘nalishini so‘z bilan ifodalash;
·
hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar.
Bu tushunchalar mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ham olib boriladi.
Masalan,

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə