Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki
bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon,
qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga
yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli
Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim
vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim
muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu
sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu
paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi
kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy
rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha
qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-
texnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga
qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy
bartaraf etish maqsadida «2017

2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Respublikamizda bugungi kunda jami 7104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi
faoliyat yuritadi. Ulardan 5604 tasi (79%) – davlat, 63 tasi idoraviyva 1437 tasi (21
%) – nodavlat muassasalardir. 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln)
932 310 nafari (37,7 %), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 %) va qishloq
joylarida 432 074 nafari (17,4 %) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.
Umuman, mamlakat bo’yicha 3-7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim
muassasalarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi
kamchiliklar qatorida maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhlari bolalarining matematik
tasavvurlarini davlat talablari asosida shakllantirish ishlari ham talab darajasida emas.
Bunga sabab bir jihatdan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berishda
o‘quv vositalari, shart–sharoitlarning yetarli emasligi bo‘lsa, ikkinchidan, metodik


jihatdan yetuk bilimli, tajribali mutaxassislarning yetishmasligidir. Maktabgacha
ta’lim muammolari bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik,
ilmiy-usuliy jihatdan asoslanmaganligidir. “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga binoan sohadagi
muammolarni bartaraf etish va 6 yoshli bolalar uchun majburiy bir yillik bepul
umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorlash bilan to’liq qamrab olinishning
ta’minlanishi va ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlab berish vazifalari ko’zda
tutadi. Shu sababli biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “Maktabga tayyorlov
guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari” deb
tanladik.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘pgina olimlar
tadqiqotlar olib borganlar. Bu olimlar matematik tushunchalarning ongli va tushunarli
bo‘lishi uchun bolalarda kechadigan psixik jarayonlar haqida ish olib borganlar.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan
quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi.
1) Tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo‘lishi.
2) Tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo‘llari va
usullarini rivojlantirish.
Bu muammoga, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn,
O.K.Tixomirov va boshqalarning tadqiqot ishlari bag‘ishlangan. P.Ya.Galperin,
Yu.M.Kolyagin, Z.I.Kalmikov, V.A.Kruteskiy, A.M.Matyushkin, N.F.Talizina,
L.M.Fridman, E.G’oziyev, Z.Nishonova va boshqalar ham ushbu muammolarni
o‘rganganlar. M.A.Danilov, L.V.Zankov va boshqalarning tadqiqotlarida bolaning
o‘quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini rivojlantirishning turli
yo‘llari ko‘rsatilgan. Demak, ta’lim usullari matematik tushunchalarni
shakllantirishga qaratilishi, ishning turli usullarini mujassamlashtirishi lozimdir.
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirish masalasiga psixologlar,
pedagog va metodistlar Yu.Kolyagin, Yu.Klyutkin, L.M.Fridman, A.M.Leushina,
D.Galanin, V.Davidov, G.Vasuro, V.Sverdlov, K. Dunker, J.Piaje, I.Vasilevaning
tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Bularning fikricha, matematik tushunchalarni
shakllantirish muammosi murakkabdir. Har bir fikr izlanish va yangilikni yaratish
hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Ular bolaning
turlicha fikrlashi uning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, yangi
bilimlarni tez o‘zlashtirishga, imkoniyatlarini ishga solishga undaydi, deb
hisoblaydilar.


A.M.Leushina bolalarda buyumlarning miqdoriy tomonlarini abstraktlashtirish
va bir xil buyumlarni yagona to‘plamga birlashtirish masalasini sekin-asta
rivojlantirish imkonini beradigan mashqlar tizimini ishlab chiqdi.
1
A.N.Leontev va S.L.Rubenshteynning xulosalariga qaraganda, matematik
tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi hamda ta’lim
tamoyillarining bir-biriga bog‘liqlikda o‘tkazilishi eng samarali yo‘nalishdir.
N.S.Leytes bolalik davrida aqliy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishini ham
ijodkorlik deb bilgan. O‘z mashg‘ulotlarida bola o‘zlashtirganini yoki birovning
topshirganini shunchaki takrorlamaydi, u – ijod sub’ektidir. Bolalardagi aqliy faollik
tonusining o‘zi qobiliyatlarning erta uyg‘onishi bilan ularni izlanishlarni
chuqurlashtirish va kengaytirish, “noma’lumlikka sakrash”larga undaydi. Aynan
ijodiy sa’y-harakatlar bolalarning aqliy o‘sishdagi ehtiyojlariga mos keladi.
Hozirgi kunda matematik tushunchalarni rivojlantirishga yuzasidan bir necha
yo‘nalishda izlanishlar olib borilmoqda. Matematik tushunchalarni shakllantirishning
asosini metodistlar turli xil tushunchalar yig‘indisi: qo‘shish, mulohaza qilish,
mantiqiy bog‘lanishni aniqlash, bilish masalalarini yechishga namoyon bo‘lgan
umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi. Shuningdek, bola shakllangan matematik
tushunchalar asosida yangilikni, masalani qiziqarli yechish usullarini, doim qo‘llab
kelgan standart usullardan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini o‘ylab topishi,
amaliy masalani yechish yo‘llarini oldindan aytib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lsa,
matematik tushunchalar rivojlangan bo‘ladi.
L.Vigotskiy fikrlarni rivojlantirish muammosini o‘rganib, avval matematik
tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik
tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitni yaratishni taklif qiladi.Uning
fikricha, bolaning tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonisiz o‘tmaydi,
faqatgina o‘quv axborotlarining to‘plami fikrlashni harakatlantiradi, bolaning fikrni
rivojlantiradi. O‘z navbatida matematik tasavvurning hosil bo‘lishi bilim va bilishni
o‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lishi uchun dastlabki shart bo‘lib xizmat qiladi.
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo‘yicha, fazoda mo‘ljal olish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda bolada diqqat va idrok qilishni tarbiyalash lozim. U
fazoda mo‘ljal olish - “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasidir”, deydi.
2
Z.Kalmakovaning fikricha, bolada matematik tushunchalarni shakllantirishning
eng ishonchli ko‘rsatkichi - uning ta’limiyligi, ya’ni bolaning bilimlarni
o‘zlashtirishining umumiy qoidalarida, deb hisoblaydi. Bunda bola yangilikni chin
1
Бикбаева Н.У

ва бошқалар Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш

Т
.: 1995.
Б
45
2
Бикбаева Н.У

ва бошқалар Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш

Т
.: 1995.
Б
133


ko‘ngildan qabul qilishi lozim. Bunday faoliyat asosida bola har xil qobiliyatlarni
o‘zlashtiradi va yangilaydi.
Bolalarda amalda matematik umumlashtirish va differensiallashtirish haqida
E.G.Vasuro bunday ko‘rsatadi: “Haqiqiy umumlashtirish ob’ektlarni shu
ob’ektlarning muhim xususiyatlari bo‘yicha differensiallashtirilgandan keyingina
amalga oshadi”.
3
V.Davidov tadqiqotlarida maqsadni topish uchun harakatlanish zarurligini
uqtiradi. Faoliyat qanchalik turlicha bo‘lsa, maqsadni aniqlash, oldindan ko‘ra olish
imkoniyati shuncha ko‘proq bo‘ladi.
Forobiy ta’limotining izdoshlaridan bo‘lgan Ibn Sino ham ta’lim va tarbiyaga,
aqliy va axloqiy kamolotga, ma’naviy yuksaklikka erishish uchun butun umr
davomida muntazam ravishda bilimlarni egallash masalasiga katta e’tibor qaratgan.
Ibn Sinoning pedagogik jarayoni turli yo‘nalishdagi hodisalarni qamrab olgan bo‘lib,
u o‘zida tarbiyaviy, ta’limiy va maorif bilan bog‘liq sohalarni uyg‘unlashtiradi.
Bunda ilm-fanga nisbatan katta e’tibor qaratilgan, bilimlarni egallash hamda ahloqiy
kamolotga erishishning yo‘li sifatida u tarbiyaviy va ta’limiy jarayonni nazarda
tutgan. Ibn Sino aqliy kamolotga ham nazariy jihatdan, shu bilan bir qatorda aqliy,
jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiya hamda muayyan hunarmandlikka o‘rgatish bo‘yicha
turli xil ishlanmalari bilan juda qimmatli amaliy hissasini qo‘shgan.
Hozirgi zamon pedagoglari o‘rgatish, rivojlanish manbai tarbiyachilarning bilimi
va kompetensiyasiga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Bunda ikki ko‘rsatkichdan
foydalanish tavsiya etiladi:
1) bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi.
2) bolada o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil qo‘llash, tadbiq etish qobiliyatini
rivojlantirish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə