Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Kommunikativ kompetensiya
– muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi
– bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,
bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos
hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya
– hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi
– atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish.
Bolaning kompetensiyalari
bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
·
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
·
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
·
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
·
bilish jarayonining rivojlanishi;
·
ijodiy rivojlanish.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
sohasida
bolalarga mashg‘ulotlarni mujassamlashtirish, hayot bilan bog‘lab olib borish,


bolalarda o‘z-o‘zini xavfli kasalliklardan,noxushliklardan himoya qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlari olib boriladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
da bolalarga asosan hikoyalar va ertaklar asosida bir-
biriga nisbatan altruizm, g‘amxo‘rlik, yordam berish, mehr-oqibat, atrofidagilar va
oila a’zolarga ijobiy munosabatning shakllanishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek,
muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
nutq o‘stirish, tevarak – atrof bilan
tanishtirish, tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish, badiiy adabiyot mashg‘ulotlarida
nutq, muloqot, kommunikatsiya, o‘qish va yozish malakalari rivojlantiriladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə