Asosiy ishlab chiqarish



Yüklə 48,55 Kb.
səhifə4/14
tarix22.03.2024
ölçüsü48,55 Kb.
#181737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Asosiy ishlab chiqarish-fayllar.org

Keramika (qadimgi yunoncha: κέραμος [keramos] — tuproq) — tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori temperaturalarda pishirish yoʻli bilan olinadigan nometall materiallar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy-roʻzgʻorda (idish-tovoqlar), qurilishda (gʻisht, cherepitsa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmonavtika), temir yoʻlda, suv va havo transportida, haykaltaroshlik va amaliy sanʼatda K. keng tarqalgan.


Keskich (mashinasozlikda) — metall va metallmas zagotovkalarga ishlov beruvchi kesuvchi asbob. Kesuvchi qismi maʼlum geometrik shaklga ega boʻlgan kallak va stanokka mahkamlanadigan tanadan iborat. Kallagining shakliga koʻra, K. toʻgʻri, qayirma (egilgan) kallakli; tutqichining shakliga koʻra, toʻgʻri toʻrtburchakli, kvadrat, doiraviy; kallakni tanaga tutashtirilishi boʻyicha yaxlit, payvand kallakli, kavsharlangan plastinkali va b. turlarga boʻlinadi. K.lar ishlov berish turiga qarab oʻtuvchi, qirqib oluvchi, yoʻnib kengaytiruvchi, kesib tushiruvchi, rezba ochuvchi, ariqcha yoʻnuvchi va b.ga boʻlinadi. K.ning yana xomaki ishlash (shilish), toza ishlash, yupqa yoʻnish, silliqlovchi turlari; chapaqay (zagotovka oʻngdan chapga tomon yoʻnaladi), oʻnaqay (chapdan oʻngga tomon) turlari bor.


Kompyuter(inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng.


Korxona — yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subʼyekt. Mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrstish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi. Iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shugʻullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qoʻshma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor.





Yüklə 48,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə