Asosiy ishlab chiqarish



Yüklə 48,55 Kb.
səhifə6/14
tarix22.03.2024
ölçüsü48,55 Kb.
#181737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Asosiy ishlab chiqarish-fayllar.org

Mashinasozlik sanoati -xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq.


Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.


Metallar texnologiyasi - metallarni olish, ulardan turli detal va buyumlar tayyorlash usullarini oʻrganadigan fan; bunday usullar majmui. Metallar texnologiyasi tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi.


Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) — rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi. Metalli rudalardan metallarni ajratib olish qadimdan maʼlum.


Mexanizatsiyalash (inglizcha: mechanization, nemischa: mechanisierung) — mahsulotning funksional vazifasini oʻzgartirmasdan uning tarkibiy elementlariga oʻzgartirishlar kiritish.





Yüklə 48,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə