Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili


-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi



Yüklə 136,52 Kb.
səhifə5/8
tarix05.10.2023
ölçüsü136,52 Kb.
#125442
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

1.3.1-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli.
1.4. Yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli muhim ahamiyatga ega bo’lib, yalpi talab milliy iqtisodiyotdagi barcha yakuniy iste’molchilarning, ya’ni aholi, korxonalar, davlat va chet elliklarning tovar va xizmatlar sotib olishga qiladigan xarajatlarining umumiy miqdorini, yalpi taklif esa davlat va xususiy sektorning milliy iqtisodiyot darajasida sotishga taklif qilgan barcha tovar va xizmatlarining umumiy miqdorini puldagi ifodasidir.
AD-AS modelida yalpi talab o’sib, yalpi taklif kamaygan holatda narxlar darajasi o’sib, milliy mahsulot miqdorini o’zgarishi esa ularni o’zgarish nisbatlariga bog’liq bo’ladi. Yalpi taklif o’sib, yalpi talab pasaygan holatda narxlar darajasi pasayib, milliy mahsulot miqdori o’zgarishi ularning o’zgarish nisbatlariga bog’liq bo’ladi. Agar yalpi talab va yalpi taklif bir xil yo’nalishda, ya’ni biri o’ssa ikkinchisi ham o’ssa, biri pasayganda ikkinchisi ham pasaysa narx darajasi va milliy mahsulot miqdorini o’zgarishi bo’yicha aniq xulosa qilish qiyin bu ularning o’zgarish ko’lamlariga bog’liq bo’ladi.
Narxlarni muvozanatli darajasi deb shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va yalpi taklif bir-biriga mos kelishi yoki bir-biriga teng bo’lishi kerak. Narxlarni muvozanatli darajasida ma’lum miqdordagi mahsulotni haridorlar sotib olishga, ishlab chiqaruvchilar esa uni ishlab chiqarish va sotishga rozi bo’ladi. Buni milliy ishlab chiqarish hajmini muvozanatli real hajmi deb ataydilar. Chizmada bu ikki ko’rsatkich yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining kesishgan nuqtalari bilan aniqlanadi. Bu holat AD-AS modelini o’zida ifodalaydi. (1.4.1-rasm).
Biz bilamizki, yalpi talab egri chizig’i yalpi talab tarkibiga kiruvchi iste’mol xarajatlari, investitsiya xarajatlari, davlat xarajatlari va xorijiy iste’molchilar xarajatlaridagi o’zgarishlar hisobiga o’ngga yoki chapga siljishi mumkin. Boshqa tarafdan esa, yalpi taklif egri chizig’i ham texnologiya, resurslar narxlari yoki soliqlar o’zgarishi bilan birgalikda mos tomonga siljiydi.


Yüklə 136,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə