Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili


-rasm. IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat



Yüklə 136,52 Kb.
səhifə7/8
tarix05.10.2023
ölçüsü136,52 Kb.
#125442
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

1.5.1-rasm. IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat
Bu erda : R* -muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli daromad hajmi
IS va LM egri chiziqlarining o’zaro kesishishi pul taklifi investitsiyalar va jamg’armalarni o’zaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi shakllanishi uchun etarli ekanligini anglatadi.
IS egri chizig’i rejalashtirilgan xarajatlarga bog’liq bo’lganligi uchun uning o’zgarishi fiskal siyosatidagi o’zgarishlarni xarakterlaydi. LM pul taklifiga bog’liq bo’lganligi uchun undagi o’zgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini ko’rsatadi.
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko’rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining o’sishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizig’ini o’ngga siljitadi. Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig’ini o’ngga, kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni ko’rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo’lgan o’zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi. Masalan Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining ko’payishi (LM egri chizig’ini o’ngga siljishi da aks etib) foiz stavkasining pasayishini keltirb chiqaradi. Monetar impuls ta’sirida, ya’ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya xarajatlari ko’payadi va IS egri chizig’i ham o’ngga siljib yangi nuqtada muvozanat o’rnatiladi.
Agar modelda muvozanati LM egri chizig’ining gorizontal(keyns) kesmasida yuzaga kelsa pul massasining ko’paytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va bandlilikning o’sishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy tizimda aloqalar buzilganligidan dalolat beradi. Bunda pul taklifining o’sishi tovarlar bozoriga ta’sir ko’rsata olmaydi, chunki pul bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat likvidlilik tuzog’i nomini olgan.
“Likvidlilik tuzog’i vaziyatida kredit (monetar) siyosat yalpi talab va milliy daromadni rag’batlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani keltirib chiqarmaydi va shu sababli, keynschilar fikriga ko’ra, (ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar va hukumat xarajatlari orqali yalpi talabga bevosita ta’sir ko’rsatadigan fiskal siyosatgina qoladi”.
Agar modelda IS egri chizig’i LM egri chizig’ining vertikal kesmasidan kesib o’tganda yuz bergan bo’lsa pul taklifini oshirish milliy daromadning o’sishigava foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. Aksinsa davlat xarajatlarining oshirilishi esa, keynschilar fikriga ko’ra, bu kesmada yalpi talabga va milliy daromar hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi.
Agar IS egri chizig’i vertikal ko’rinishda bo’lsa, ya’ni investitsiyalarga talab foiz stakasi o’zgarishiga ta’sirchan (elastik) bo’lmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyukturasining noaniqligi sababli o’z investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki IS egri chizig’i vertikal bo’lganda LM egri chizig’ining siljishlari real daromad miqdorini o’gartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, fiskal siyosat esa samarali bo’ladi.
Demak pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo’lgandasamarali bo’ladi.
Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri chizig’i esa vertikal bo’lganda samaraliroq bo’ladi.
Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo’llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo’llarini tahlil etish mumkin.

Xulosa


Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi.
Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.
Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur. Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib iqtisodiy o’sish va uning sur’atlari; iqtisodiy davr va uning sabablari; bandlik darajasi va ishsizlik muammolari; umumiy narx darajasi va inflyatsiya muammolari; foiz stavkasi darajasi va pul muomalasi muammolari; davlat byudjeti holati, byudjet taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to’lov balansi holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat muammolari hisoblanadi. Bu muammolarni mikroiqtisodiy tahlil jihatdan, ya’ni alohida iste’molchi, alohida firma va hatto alohida tarmoq darajasidan hal etish mumkin emas. Aynan shuning uchun qator umumiy yoki makroiqtisodiy muammolar mavjud, iqtisodiy nazariyaning mustaqil bo’limi, makroiqtisodiyot mustaqil fani yuzaga kelishi zarurati paydo bo’ladi. Makroiqtisodiyotni o’rganishning muhimligi: 1) u makroiqtisodiy voqeliklar va jarayonlarni oddiy ravishda izohlabgina qolmay, shu bilan birga ular o’rtasidagi qonuniyatlarni va bog’liqliklarni aniqlaydi, iqtisodiyotdagi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi; 2) makroiqtisodiy bog’liqliklar va aloqalarni bilish iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni baholashga imkon beradi va uni yaxshilash uchun nima qilish va birinchi navbatda siyosat vakillar qanday chora ko’rishlari kerakligini ko’rsatadi, ya’ni iqtisodiy siyosatni tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi; 3) makroiqtisodiyotni bilish kelajakda jarayonlar qanday rivojlanishini oldindan ko’rish, ya’ni prognozlar tuzish, kelgusidagi iqtisodiy muammolarni oldindan ko’rishga imkoniyat beradi. Makroiqtisodiy tahlilning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: expost va exante makroiqtisodiy tahlili. 6 Expost makroiqtisodiy tahlil yoki milliy hisobchilik, ya’ni statistik ma’lumotlar tahlili bo’lib, iqtisodiy faoliyat natijalarini baholash, muammolar va salbiy voqeliklarni aniqlash, ularni hal etish hamda engib o’tish bo’yicha iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, turli mamlaktalar iqtisodiy imkoniyatlarni qiyosiy tahlilini o’tkazishga imkon beradi. Exante makroiqtisodiy tahlil, ya’ni muayyan nazariy kontseptsiyalar asosida iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarni prognozli modellashtirish bo’lib, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda iqtisodiy voqeliklar va o’zgaruvchilar o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini ochib berish imkonini beradi. Bu makroiqtisodiyotni fan sifatida namoyon bo’lishidir.



Yüklə 136,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə