Asosiy vositalar auditini metodologik asoslari


boshlang’ich qiymat modeli



Yüklə 326,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.10.2023
ölçüsü326,77 Kb.
#131548
1   2   3   4
Shirinov11

boshlang’ich qiymat modeli
bo’yicha yoki 
qayta baholash modeli bo’yicha
tan 
olinadi. 
Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng, asosiy vosita obyekti jamg’arilgan 
eskirish va qadrsizlanishdan jamg’arilgan zararlar chegirilgan holda 
boshlang’ich 
qiymat bo’yicha
hisobga olinishi lozim. 
Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng, haqqoniy qiymati ishonchli tarzda 
baholanishi mumkin bo’lgan asosiy vosita obyekti keyingi jamg’arilgan eskirish va 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya 
forumining yalpi majlisidagi nutqi. 
https://president.uz/oz/lists/view/6223



________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №6(109) 2023 www.iupr.ru
qadrsizlanishdan keying jamg’arilgan zararlarni chegirgan holda, qayta baholash 
sanasidagi haqqoniy qiymatni aks ettiradigan qayta 
baholangan qiymatda hisobga
olinishi lozim. Hisobot davri oxirida balans qiymatini uning haqqoniy qiymatidan 
muhim farqlanmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga 
oshirilishi lozim. 
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz korxona faoliyati 
umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti 
asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada 
asosiy vositalar bilan bog’lik muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish 
uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy 
xujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri 
bo’lib, undagi o’rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini 
quyidagicha umumlashtirish mumkin: 

asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o’rnatishni 
ta’minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to’g’riligi; asosiy 
vositalarning to’g’ri turkumlanishi; asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy 
vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda 
hisobot ma’lumotlarining mosligi); 

asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki 
xujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir 
muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va 
chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish; 

asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy 
vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to’g’riligi); amortizasiya 
hisoblash usullarini qo’llashning qonuniyligi va to’g’riligi; jadallashtirilgan 
amortizasiya usulini qo’llashning qonuniyligi; amortizasiya ajratmalari hisob-
kitoblarining to’g’riligi; amortizasiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning 
to’g’riligi); 

asosiy vositalarni tiklashni - ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta 
jixozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni xujjatlarda rasmiylashtirish
ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to’g’riligi; 
asosiy vositalarni qayta jixozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarni 
hisobga olish; 

asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining 
xolatini baxolash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o’ziga qarashli 
(0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy 
lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy 
javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baxolash; 

korxonaning o’ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan 
asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish hisoblanishining to’g’riligini tekshirish 
(0211-0299-schyotlar). Chunki bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan maxsulot 
(ish, xizmat)lar tannarxining (2010,2310,2320,2510, schyotlar debeti) shakllanishi 
bilan bog’lik bo’lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki 



Yüklə 326,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə