Asosiy vosiтalar hisobi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə4/21
tarix23.12.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#97772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN CHIQARISH VA ULARNI HISOBDA AKS ETIRISH

Inventar ob’ekt degandatugallangan qurilma, buyum yoki ushbu ob’ekt uchun belgilangan funktsiyani bajarish uchun kerakli moslamalari bilan buyumlar majmuasi tushuniladi.
Asosiy vositalarni saqlanishini nazorat qilish maqsadida har bir in-ventar ob’ektga inventar raqam beriladi. Inventar raqamlar bir marotaba ishla-tiladi - u asosiy vosita korxonaga keltirilgan vaqtda beriladi, u belgi tari-qasida ob’ektga va boshlang’ich hujjatlarda qayd qilinadi hamda ob’ekt korxonada bo’lgan davr mobaynida saqlanib turiladi. Asosiy vosita chiqib ketgandan keyin inventar raqam boshqa ob’ektga berilmaydi.
Asosiy vositalarni keltirilishi «Asosiy vositalarni qabul qilib olish–topshirish dalolatnomasi» orqali rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarni qabul qilib olish–topshirish dalolatnomasi ikki tomonlama – ob’ektni qabul qilib oluvchi va topshiruvchilar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ob’ektni qabul qilib olish bo’yicha komissiya tarkibiga, odatda, korxonaning bosh mexanigi, asosiy vosita ishlatiladigan bo’lim boshlig’i va ushbu ob’ektni saqlanishiga javob be-ruvchi – mas’ul shaxslar kiritiladi.
Asosiy vositalarni qabul qilib olish–topshirish dalolatnomasi komis-siyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Shundan keyin korxona buxgal-teriyasi ushbu operatsiya natijasida yuzaga keluvchi hisobvaraqlar bog’lanishini ko’rsatib, dalolatnomani buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiradi.
Buxgalteriya yozuvlarida odatda asosiy vositalar qiymat ko’rinishida aks ettiriladi. Binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalarning sotib olish qiy-matiga tashib kelish, montaj qilish, o’rnatish, va foydalanishga topshirish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi.
Asosiy vositalarni sotib olish va foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kapital qo’yilmalar shaklida yoki daromad olish bilan bog’liq xarajat-lar shaklida hisobga olinadi. Hisobot davri tugagandan keyin ham kapital qo’yil-malar manfaat keltirishi kutiladi. Shuning uchun bunday xarajatlar kapital-lashtiriladi, ular aktivlarni sotib olish deb tavsiflanadi va aktivning mos keladigan hisobvarag’ining debeti bo’yicha hisobga olinadi. Aktivning kapital-lashtirilgan qiymati joriy va kelgusi davrlar uchun xarajatlar deb eskirish (amortizatsiya) orqali tan olinadi.
Sotib olingandan keyin aktivni foydalanishga topshirishdan oldin foydalanishga tayyorlashda qilingan barcha xarajatlar aktivning qiymatiga qo’shiladi. Uskunalar o’rnatish va rekonstruktsiya qilish xarajatlari, binoni zamonaviylashtirish va tarkibiy o’zgartirishlar, ya’ni sotib olingan yoki foy-dalanilayotgan aktivlar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq shunga o’xshash xarajatlar aktivning boshlang’ich qiymatining qismi sifatida kapitallashtiriladi.
Zamonaviylashtirish vaqtidagi ustama xarajatlar, jumladan, sug’urta to’-lovi, soliqlar, nazorat idoralariga to’lovlar, shuningdek, oldin foydalanishda bo’lgan aktivni ta’mirlash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan yordamchi xa-rajatlar ham kapitallashtiriladi. Bu xarajatlar aktivning qiymatini oshiradi va korxona uchun uzoq muddatli manfaatlarga olib keladi. Olingan aktivni ta’-mirlash bilan bog’liq bo’lgan shunga o’xshash xarajatlar kapitalizatsiya kilinmaydi. Umuman aktivning umumiy kutilayotgan foydaliligini oshirmaydigan xarajatlar kapitalizatsiya qilinmaydi. Masalan, asosiy vositalarni o’rnatishda paydo bo’lgan shikastlanishlarni ta’mirlash xarajatlari kapitalizatsiya qilinmaydi.

Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə