Asosoiy vositalarga eskirish xisoblashning to‘g‘riligini tekshirish


Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditning xususiyatlari



Yüklə 3,06 Mb.
səhifə6/6
tarix11.10.2023
ölçüsü3,06 Mb.
#127033
1   2   3   4   5   6
asosoiy vositalarga eskirish xisobla

Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditning xususiyatlari.

  • Bu holda ta’mirlash ishlari tuzilgan shartnomalar asosida pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladi, bunda 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyotida aks ettiriladigan, korxonaning ta’mirlash tashkilotlari bilan hisob-kitoblari tekshirish obyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ta’mirlash ishlari tadbirkor jismoniy shaxslar yoki tadbirkor bo‘lmaganlar bilan tuzilgan pudrat shartnomalariga asosan ham bajarilishi mumkin. Sarflarni ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shish faqat ta’mirlash ishlarini bajarish smetasi shartnoma bilan ko‘zda tutilgan holatdagina mumkin. Agar bunday bo‘lmaganda, jismoniy shaxslar bilan tuzilgan pudrat shartnomalari bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun qilingan xarajatlar korxonaning sof foydasi hisobiga hisobdan o‘chirilishi lozim. Jismoniy shaxslardan budjetga daromad solig‘i ushlanishi va o‘tkazib berilishi lozim.

Xo‘jalik usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditning xususiyatlari.

  • Avval ta’kidlab o‘tilganidek, ta’mirlash fondi tashkil etmeydigan ko‘pchilik korxonalar barcha qilgan xarajatlarini ularning ma’yoriga qarab mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlariga qo‘shadilar. Katta va o‘rta korxonalarda maxsus ta‘mirlash xizmatlari (sexlar, uchastkalar) bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘linmalarning xarajatlari amalda ta’mirlash turlari: joriy, o‘rta, kapital ta’mirlash bo‘yicha 2310 “Yordamchi ishlab chiqarishlar” schyotining “Ta’mirlash ustaxonasi” analitik schyotida oldindan yig‘ilib ta’mirlash ishlari tugallanganidan keyin korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosatiga ko‘ra 2310-schyot kreditidan ishlab chiqarish schyotlari (2010, 2510)ning debetiga yoki ta’mirlash fondi (8910-schyot “Ta’mirlash fondi” analitik schyoti) hisobiga hisobdan o‘chiriladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 3,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə