Asqad Muxtor poetikasi



Yüklə 31,16 Kb.
səhifə1/5
tarix30.07.2023
ölçüsü31,16 Kb.
#120132
  1   2   3   4   5
B.Maftuna


Mavzu:No'mon Rahimjonovning adabiyotshunoslikka oid asarlari va maqolalari.

No'mon Rahimjonovning "Asqad Muxtor poetikasi" risolasi.


Kitob G'afur G'ulom nomidagi nashrist-matbaa ijodiy uyi.Toshkent.2003-yilda bosib chiqilgan.
Muharriri:M.Yo'ldosheva.
Musavviri:A.Bobrov.
Badiiy muharriri:Y.Gabzalilov.
Texnik muharriri:T.Smirnova.
Musaxxixi:M.Nasriddinova.
Kompyuterda sahifalovchilar:S.Raxmedova,Z.Ahmedova.
IB N_4118
Bosishga 12.12.2002-yilda ruxsat etildi.Bichimi 84x108/32.Tayme garnitura.Ofset bosma.3.78 shartli bosma toboq.3,8 nashr bosma tobog'i.Jami 1000 nusxa.4 raqamli buyurtma.4-2002 raqamli shartnoma.
Mundarija
1.Asqad Muxtor poetikasida tun timsoli........3
2.Tunlari ham gullar yorug'lik.......15
3.Falsafiy likirikada timsol.......29
4.She'r - fikrning guli.......37
5.Badiiy tafakkur tabiati va individual uslub qirralari......56

I.Asqad Muxtor poetikasida tun timsoli.


Faslda quyidagilar ta'kidlangan:
Asqad Muxtorning falsafiy she'riyati uchun xos murakkab taxayyullar asosiga qurilgan tafakkur tarzi tiriklik hikmatini,yorug'lik inoyatini,umr fasllarining mohiyatini badiiy o'rganishga qaratilgan.Mazkur falsafiy-badiiy konsepsiyaning tabiatini ko'rsatishda Asqad Muxtor lirikasida ko'p va xo'p ishlangan Tun razmli obrazi bizga ko'makka keladi.Shoirning "Jimjitlik suroni","Tun o'y surar","Inson ertagi","Bizning bog'da chiqsang oqshom sayriga","Olma to'kildi" singari o'nlab she'rlari tunning tabiatini idrok etishga yo'naltirilgan.Tun ko'z bilan ko'rib,ko'ngil bilan xis etiladigan ham moddiy ham ma'naviy bir xazina.Olma 2 pallaga bo'lingandek,olmanimg bir pallasi tum bo'lsa,ikkinchi pallasi yorug'lik hisoblanadi.Insonning umriga qiyos etadigan bo'lsak tun-o'lim,yorug'lik-yashash,umr hisoblanadi.
Asqad Muxtor she'rlaroda tunning o'zi alohida ruhiy erkin bir olam.
Bu lahzalar bir umrga ta'tir.
Bu lahzalar sinar yoshlik sabrini.
Biz shularni ko'rib bilamiz axir,
Tungi yulduzlarning qadrini.
O'ylarimiz,kechinmalarimiz tun manzaralaridan nafas olyapti,ranglarning qatim-qatimlaridan bahra inyapti.Shu jiahatdan ham tunning tuyg'ulari qalbimizga tutash.Shoirning tun lirikasi uchun xos xususiyatlardan yana biri-bu tabiat falsafasi bilan tabiat psixologiyasining bir-birini to'ldirib turadi.
Hayot shu ekan-da:yog'du va zulmat,
Keyin yoz,o'ngu tush,tirik va o'lik,
Shusiz bo'lmas ekan tugallik sira.
Hatto qush na'masi:go'zal va xunuk.
Insonning boshidan ko'rguli tugamas ekan.Kunduz kuni-ko'zi ochiqligidagi sinoatlari,issiq va sovuq,borliq va yo'qlik, tiriklik va o'lim,yog'du va zulmat barcha-barchasi zimiston kechalari ham uni tark etmaydi.
Asqad Muxtor tunning oliy fasohat bilan kuzatadi."Tiq" etgan o'tkinchi tovushlari-yu sirlari sadolarini,turfa ohanglarini his qiladi.

II.Tunlari ham gullar yorug'lik.Tun ranglari.


Faslda quyidagilar ta'kidlangan:
Asqad Muxtor "Nega she'r yozasiz?" she'rida "Tunlari men topmagan rang yo'q",-deydi."Xafa bo'lganimda yolg'zi yuraman" she'rida esa shunday yozadi:
"Shabnam yaproqlarning yuvindi gardin,
Xayolga chulg'abdi gulzorni nasim.
Jonlar oromini buzmasin dardim,
Tunni uyg'otmasin..."
Yoki "Tuman" she'rida shunday satrlar ko'ngildan to'kiladi.
Erib to'kilishdan cho'chigansimon,
Asta suzar tunning oq qushi.
Asta suzar asal xidli tuman,
Ona-Yerning xayrli tushi...
"Jimjitlik"she'rida yulduzlarning ko'm-ko'k tabassumidan kumush tun eshilib yoyiladi:
-Sezgandayman:kumush yulduzlarning zangori nurida titraydi falak.
Shitirlab uchadi zarang yaproqlari,
Gullarni tebratar tungi kapalak.
Ne tong,shoir tun ko'ngliga yo'l topibdi-da.Tun yolg'iz.
Asqad Muxtor uchun attorlik sandig'ini birma-bir ochib ko'rsatadi.Chaman-chaman ranglar yolqini hatto tunning ko'zlarini qamashtirib yuboradi.Tun sandig'idan shoir ajratib olgan suyukli ranglaridan biri-nur.Nurga chayilgan she'r - hayratli mo'jiza.
Shoir kelib-kelib nega endi NURni tanladi?Nur bilan shoirning qanaqa yaqinligi bo'lishi mumkin?Nur Yerning ham,she'rning ham azanda farzandlari ekan,oftobning ishongan dastyorlari ekan,unga qanday yumushlarni buyurmoqchi?
Asqad Muxtor "Nur oqadi..."she'rida yozadi:
Nur oqadi,kun-lun nur oqadi,
Nur oqadi,quyoshdan yerga.
Yulduzlardan tinmay nur oqadi,
Kun-tun cho'miladi kurramiz purga.
Nur ham-materiya,deydi olimlar,
Yer shari kun sayin og'irlasharmi?
Nimag bo'lmasa zulmat vahimasi,
Girdobiga olar goho bu sharni?
Bu-o'zgach nur.U ayni shahar pallasi charakugagan Oftob nurlariga o'xshamaydi.Unda pok peshin mahali jizillagan harorat ham yo'q.Kunbotar asnolaridagi ilmiylik ham unga yot.Tungi nurlar-oppoq oydin.Ular shoirning tansiq,suyukli va dilbar tuyg'ulari.
Shoir tunni yorug' umidlar belanchagi deb ta'riflaydi.Oydin nurlar enagasi.Shu boisdan ham jonliyu jonsiz mavjudot,tabiat-u nabotot,barru-baxrlar oydin tunlar naykamalagida jilolanadi.Tun bir gal oydin xayol suradi,boshq bir gal quyuq fikrlari oppoq sutga chayilgandek ko'rinadi.
Tun-shoir talqinida sevgi-muhabbatlar jo'sh urgan,his-tuyg'ular so'zlagan,dillar sergak,ko'zlar-kipriklar qanotida ko'kka uchgan ruhoniy Vatan.
Xususan,Tun-shoirning hayot go'zalligi va ezgulik haqidagi ideallarini inkishof etuvchi yorug'likning ikkinchi bo'lagi.Shu boisdan ham shoirning poetik idroki va nigohi zimiston tun qa'ridaj yorug',umidbaxsh,xayrli ranglarni topadi,ko'radi va bizga ularning mazmunini so'zlab beradi.

III.Falsafiy lirikada timsol.Tun ramzlari.


Faslda quyidagilar ta'kidlangan:
Shoirning "Tun","Tush","Burgut pashsha tutmas","Yulduzim","Shabnamga nur indi...","Jajji hamletlar","Yerda hayot bormi?","Ko'nalka yig'isi","Sobirman","Tosh","Analhaq","Nokomikmiz" singari o'nlan barkamol she'rlari shoirning badiiy timsollari zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy-falsafiy ma'nolar jilosini ko'z-ko'z etadi.
Shoir tun timsolini quyidagilarga qiyos etadi:
Tun-ertangi yorug' tonglar,oftobli kunlar umidi.Yorug' umidlar enagasi.Tun-u kunlarning qo'li uzun,tiriklikning esa qisqa,chegarali.Odamga umr-tiriklik,degan qisqa bir muddat suning uchun berilganki,u faol aqlli shuuri ila komil zurriyodi ila samarali mehnati Ila boylikka erishadi.
Tun-sukunat saltanati:sokin xalovat,jimjit o'ylar o'lkasi.Tun o'zining so'lg'in sokinligi ila samovot qa'rida samoviy xayollarga botgan bedor ruhlarning ko'ngil sirlarini ochadi.Boshida aylanib qolgan ezgin-ezgin o'ylarning mag'zini bizga chaqib bergisi keladi.
Tun-yana adolatpesha.U o'zining shirin tushlari qanotida ojiz bandalarning gul xayollarini qodir azamatlarning umidlari bilan bog'laydi.Munchalar rahmdil-shafqatli bo'lmasa u;uzzukun tirikchilik xarhashalaridan qaddi bukik,ruhi siniq,boshi egik bandai mo'minlar qabog'ini ko'rinmas ipak barmoqlari bilan silab-siypaydi.
Asqad Muxtorning falsafiy minuatyuralari-oltilik,sakkizlik,o'nlik singari poetik shakllaridagi izlanishlarida ustuvor yo'nalish kasb etgan mutafakkirlik ma'naviy-axloqiy mohiyati bilan aziz.Bexalovat jonsarak va kuyunchak kechinmalarga to'yingan hikmatli ma'no goh sevinchi ichiga sig'may to'lg'anadi,goho iztirob chekadi.
No'mon Rahimjonov Asqad Muxtor poetikasida fano va baqo,tun va yong go'zallik va xunuklik,nur va zulmat singari boqiy masalalarni tabiat jamiyat-inson mavzuyi bir mexvarga birlashtirib turadi deb aytib o'tadi kitobda.She'rlarning kompozision tuzilishida hamda badiiy til tarkibida qimmatli o'git-didaktizmga moyillik ham kuchli.Bu jihatdan sharq falsafiy she'riyatidagi hikmatli zarbulmasallatni,ramzlu hikoyatlarni,allegorik hikoya-naqllarni eslatadi.("Umid","Jimjitlik suroti","Aslida to'g'ri","Olma to'kildi","Tonglar izsiz o'tadi","Suzga aytar so'zim" singari she'rlari).
Hayotdagi go'zallikni ulug'lashi vatasdik,pashidek ustuvor fazilatlari bilan Asqad Muxtorning falsafiy she'riyati XX asrning ikkinchi yarmi poeziyamiz taraqqiyoti tarixida go'zallikning ko'rkam ko'rinishidir.
IV.She'r - fikrning guli.Faslda quyidagilar aks etgan:
Ma'lumki,har qanday ijod hosilasi eng avvalo,o'zi yaratilgan davrni va aks ettirilayotgan zamonani,odamlar hayoti va taqdirini qay darajada to'laqonli tasvirlanganligi bilan belgilanadi.
Ana shu mezon asosida Asqad Muxtor she'riyatidagi falsafiylik haqida gapirilar ekan,ushbu o'yin rang-barang yo'nalishlarda tajassum topayotganligini ta'kidlash joizdir.Xususan,zamon va makon,tiriklik,mavjudot,hayotning mangu qonuniyatlari(oniylik va boqiylik,hayot va o'lim,insonning bugungi va o'tmishi,imkoniyat va ideallari,hayot ne'mati,yoshlik,keksalij va hokazo) to'g'risidagi teran o'y-mushohadalardan tortib,oddiy qo'yning,bug'doy donining,gul rangining zamiriga yashiringan sirini bilishga,poetik kashf etishga intilish - shoir lirikasidagi falsafiy yo'nalish mohiyatini bir qadar ko'rsatib beradi.Asqad Muxtor she'rlarida har ikki unsurning mutanosibligi saqlagan holda poetik mazmun teranligi birinchi planga chiqadi.Shoirning butkul she'riyatida,shu jumladan,poemalarida ham ana shu xususiyat hokimlik qiladi.Bu shoirning o'ziga xosligini belgilovchi va ta'minlovchi yetakchi xususiyatlardan biridir.
So'nggi yillar tanqidchiligimizda Asqad Muxtorning lirikamiz taraqqiyotiga qo'shayotgan salmoqli hissasi e'tirof etilgan holda,she'rlarida xissiyotdan ko'ra rasionallik ustuvor,deyiluvchi mulohazalar bilan qo'shilish qiyin.
Asqad Muxtor tabiatga shunchalik bir oddiy nazar tashlamaydi;uning nazari tushgan,e'tiborini tortgan tabiatning har bir xossasi o'z mantiqiga mutanosib ravishda bir yo'l shoir qalbida nozik tuyg'u,tafakkurida yorqin fikr uyg'otadi.
Tug'ilish va o'lim - bu inson hayotining ikki chegara nuqtalari esa-da,u hayotning uzluksizligi,doimiy harakati nuqtalarini ham belgilaydi.Asqad Muxtorning ushbu she'ridan va umuman "Tosh xotiralar","Tong","Bulutlar-o'ylarim","Telba daryo ekan umr degani","Zarralar" kabi asarlaridan sizib chiquvchi yaxlit bir g'oya shundan iboratki,o'lim yo'qolish emas,inson o'lmaydi...u yashash uchun mangulik,ezgulik yaratish uchun dunyoga kelgan.
Shoir she'rlarining umumiy pafosi shundan iboratki,u odamlarni umr bilan,yashamoqlik bilan,dunyo va voqealik bilan kelishiga da'vat etmaydi.
Asqad Muxtor hayot va o'lim,hayotning abadiyligi mavzuyidagi she'rlari turkum ostiga birlashtirilmagan bo'lsa-da,ular bir she'r olamidagi fikrning mantiqiy tadrijiy takomili sifatida biri ikkinchisini to'ldiradi va yaxlit bir silsilani tashkil etadi.
A.Muxtorning "Yulduzim" she'riga nazar tashlaylik,shoir she'rida o'zining bosh estetik prinsipi mohiyatidan kelib chiqib hayotning azaliyligi va inson umrining ezguligini tarannum etadi.
Xullas, Asqad Muxtorning falsafiy lirikasida zamon va inson,tabiat va jamiyat yo'nalishlarida badiiy tadqiq etilayotgan masalalar bani odamning o'z asri,xalqi,vatani,umri oldidagi,dunyo va kelajak oldidagi mas'uliyatini tasdiqlaydi.

V.Badiiy tafakkur tabiati va individual uslub qirralari.


O'zbek she'riyatida individual uslub masalasiga doir bir qator ishlar yaratildi.Biroq bu masalaning haki mukammal va atroflicha o'rganib bo'lindi,deyish qiyin.Uslub-bu nihoyatda katta masalaki,uning barcha unsurlarini to'liq ishlash kelajakning ishidir.
Biz ana shu masalaning faqat ma'lum bir qirralarini ya'ni Asqad Muxtorning mavzuga va qahramonga yondashish asosida individual uslubning namoyin bo'lishini kuzatishga intilamiz.
Asqad Muxtorning "Mangulikka dahldor"poemasiga bugungi kun odami qanday hislatlarga ega bo'lishi kerak,degan masala yotadi.Shoir ana shu ezgu,oliyjanob hislat-fazilatlarni izlab topish va ularni namoyish etish yo'lida muttasil izlanadi.
Shoir poemaning "Mangulik arafasida" etyudida inson umri,yashashning mohiyati,tiriklikning tom ma'no-mazmunini poetik tadqiq etishga intilarkan bu haqdagi o'z qarashlarini lirik qahramon tilidan quyidagicha ifodalaydi:
O'lim nima?O'lim shuki,dunyo qoladi,
O'ldi demak-bir emas,ming dunyo o'tdi.
Biri-o'g'il,tutqich bermas shuladay mitti,
Balki shundan nurday cho'zilib ketar avlodi.
...Og'ir bo'lar,lekin oddiy bo'lar o'limim,
Uni go'zal,yuksak so'zlar bilan atamang.
Faqat ezgulik uchun bag'ishlangan umrgina boqiydir,degan ma'no poemaning o'zak mag'zini belgilaydi.
Umuman,Asqad Muxtor lirikasida bo'lganidek,poemalarida ham inson umrining mohiyatida nimalar yotishini mutafakkirona kashf etishga tomon yo'naltirilgan go'zal bir pafos hukmronlik qiladi.Shuning uchun shoir lirikasining asosiy poetik vositalari tiriklikning mohiyatini ochuvchi mo'jaz-mo'jaz kartinalar va sermazmun iboratdir.Uning shoirlik tafakkurida "so'z obrazlar"ga nisbatan manzara-obrazlar muhim o'rinni egallashi sabablaru ham,shubhasiz,mana shunda.
Asqad Muxtorning she'rlarida asosan tun obrazini yoritib bergan.No'mon Rahimjonov bu kitob orqali shularni mahorat bilam yoritib bergan.
"Badiiy asar biografiyasi".

Toshkent,O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti-2008


O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining ilmiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Mas'ul muharrir:Baxtiyor Nazarov,O'zRFA akademigi.
Taqrizchilar:Umarali Normativ,filologiya fanlari doktori,professor Kurdosh Qahramonov,filologiya fanlari nomzodi,dotsent.
Nashriyot muharriri:M.Sodiqova.
Badiiy muharrir:I.Said.
Texnik muharrir:M.Obidova
Sahifalovchi:M.Rahimjonov
Nashriyot raqamj:3-057
Bosishga ruxsat etildi:02.04.2008
Bosmaxonaga topshirildi:03.03.2008
Bichimi:84x104
Hisob-nashriyot tabog'i:13
Bosma tabog'i:16.Adadi:1000nusxa.57-buyurtma.
Mundarija
I.Ijodkor shaxsi.
1.Bolalik bog'laridan taqdir so'qmoqlariga....13
2.Estetik ongning shakllanishi va badiiy tuyg'u evrilishlari...38
II.Badiiy g'oyaning tarjimai holi.
1."Alisher Navoiy" dramasining yaratilish tarixindan...76
2."Imon"pyesasining sahna talqinlari...104
3."Oydin kecha asirligida".Ma'naviy-axloqiy masala qirralari...134
4."Qaqnus".Hayot haqiqati va badiiy to'qima...164
5.Izzat Sultonning adabiy-estetik qarashlariga oid...174
6.Tonglar yorug'lik enagasi...195
7."Abdulla Qodiriyning o'tgan kunlari".Ijodkorning g'oyaviy-estetik munosabati va moziyni badiiy o'rganish xususiyatlari...212
8.Xotima o'rnida...259.

I.Ijodkor shaxsi.


1.Bolalik bog'laridan taqdir so'qmoqlariga.
Faslda quyidagilar aks etgan:
Bolalik bog'laridan taqdir so'qmoqlariga "maqolasida Izzat Sultonning bolalik davrlari tasvirlangan.No'mon Rahimjonov maqolada shularni tasvirlagan Izzat Sulton hikoya,qissa,roman yozmaganligi,hikoyani kamdan kam yozsa ham kishini lol qoldiradigan darajada yozganlar.Izzat Sultonning bolalik yillari - xx asrda ro'y bergan.Izzat Sulton yozuvchilik haqida "hammasi bolalikdan boshlanadi" degan hikmatli bir iborasi bor.Yozuvchi katta oilada o'sib ulg'ayadi.10 ta bolani dunyoga keltirgan onasi,shulardan 5tasigina tirik qolgan.Avval bobosi undan keyin otasi vafot etadi.Onasi esa boshqa oila qilmaydi.Ular avval kambag'al bo'lib, keyinchalik boyib ketadilar.Lekin otasi vafot etgandan keyin u uyni tortib olishadi.Onasi ilojsiz qoladi.Non yopib bolalariga berar,bolalari esa nonlarni bozorga olib borib sotishardi.Izzat Sultonning bolalik hayolida qolgan 1-adolatsizligi shundan iborat bo'ladi.Bu unga judayam qattiq ta'sir qiladi.Shunday og'ir kunlarning birida non sotib yurgan payti otasining do'stini uchratib qoladi.Izzat Sultonni hukumat uyiga olib boradi.Onasi ham bunga rozi bo'ladi.
Izzat Sulton otasini shunday ta'riflaydi:"Otam judayam halol,taqvodor bir shaxs bo'lgan.Bunga misol tariqasida O'sh shahridagi bozor yonganida hamma qo'liga nima tegsa shuni oldi.Lekin bizlarni u olomonga yaqinlashtirmadi.Otam bilan o'tgan ketganni qarab tursak mendan katta Fayzulla akam qo'lida 12ta xitoy chinnisini kõtarib kelyabdi.Otam shu payti "Tashla"deb baqirganda akam qo'lidagi chinnilarni sindirib yuboradi.Uyga 1luqma ham xarom luqma kirmagani shundan ham ma'lum.
Bosmachilik harakatini tugatish uchun bosmachilarni tutib kelishadi.Ular 11ta kishini olib kelib,11ta soldat ularga gõr qazir ekan.Ularning orasida ruhoniy ham bor edi.Ruhoniy kalima qaytarib turardi.Ularni otishga buyruq berishadi.11ta soldat birdaniga 11ta bosmachini otib tashlaydi.
Mana shu lavha bolalik xotirasida o'chmasdan muhrlanib qolgan.10-15 yoshi bolaninh hayolida bosmachilik salbiy narsa bo'lib qolgan.
Adibning badiiy ijodi uchun hamirturish vazifasini o'tagan, ma'naviy-axloqiy zamin bo'lib xizmat qilgan bir oila kechmishi va shaxsan o'zining ko'rgan-kechirganlari xalq yodi,millat ruhi,tarix tuyg'usi bilan vobastlikda ijtimoiy mazmun kasb etayotir.Inson shaxsi,millat va Vatan sha'ni bukan tutashgan voqea-hodisalar ijtimoiy-axloqiy,ma'rifiy-ma'daniy mazmuni bilan hamisha qiziqish uyg'otaveradi.Zero,adib xotiralari ham bashariy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar qadrini,dahlsizligini alkagan,yoqlagan,uni ta'minlash,qaror topdirish yo'llarini izlagan tafakkur shu'lalaridir.

II.Estetik ongning shakllanishi va badiiy tuyg'u evrilishlari.

Bolalik xotiralari bilan bog'liq yana bir voqea bor.Izzat Sultonning hovlisida qirmizi olma o'sardi.Shu olma daraxtida oq ilon bo'lardi.U oilaning fahri hisoblanardi.Kimning xonadonida oq ilon yursa,u baxtli sanalgan.Izzat Sultonning oilasi uni ehtiyot qilishardi.Oq ilon keyin qayoqqadir g'oyib bo'ladi.Kelgan tomoni-yu ketgan tomonini ham bilish qiyin.Shu-shu allaqancha vaqt oq ilon Izzat Sultonning uyiga kelmay qo'yadi.Otasi shundan keyin "Oq ilon ketdi-yu uyimizdan odam yuz o'girdi",-deydi.Har kuni ko'chadan kirib kelganda otasi salom-alikdan keyin "oq ilon keldimi?"-deb so'rardi.Oq ilon ketgandan keyin nafaqat yosh Izzatillalar xonadonidan shu bilan barobat mahalla-ko'ydan,odamlarning tirikchiligidan,mamlakat dasturxonidan ham rizq,qut-baraka ko'tarilgan edi.Qahatchilik,zulm,xo'rlik va horlik o'pqon misoli o'z komiga izdizomiga o'rab-chirmab tortib keta boshladi.Bu-bir.Ikkinchidan,bobosi o'ldi,oradan ko'p o'tmay otasi olamdan ko'z yumdi.Bobosi Sulton Sariqdan meros qolgan katta hovli qo'ldan ketdi.Balki,bularning hammasi tasodifdir.Lekin yosh o'smir bolalar xayolida negadir oq ilon mahkam o'rnashib qolgan edi.Ilon yozda po'st tashlaydi.Uyga kiraverishida dahlizda oq ilonning po'sti osig'liq turadi.Taqvodor otasi Otaxon uyga kiraturib,boshqacha mehr bilanmi o'sha ilon po'stlariga qarab-qarab qo'yardi."Falakatni ostonaga yo'latmaydi","ostonamizdan falokat ariydi","Ins-jinslarning qadami qirqiladi",-degan gaplarini otasi qayta -qayta aytardi.
Izzat Sulton"Mana shunday tasavvurlar bilan yashardik.Afsonalar,rivoyatlar hayot haqiqatlari bilan qorishib ketgandi.Aytishlarichq,o'sh shahrini Sulaymon payg'ambar barpo etgan ekan.Shahar ichida kattaligi uyday-uyday keladigan harsang toshlar yotadi.Bizning shaharni qurganda Sulaymon alayhissalom devlarni ishlatgan-tog'day harsang toshlarnj tashitgan ekan.Akam:"Qurilish materiallari sochilib qolib ketgan ekan-da,o'shanda"-deya hazillashib qo'yardi.Sulaymon payg'ambar o'lgandan keyin ulkan hassasi g'or og'zida harsangga suyab qo'yilgan,devlar esa,undan hayiqib,yana uzoq yillar xo'jamiz tirik,deya qo'rqqanidqn bosh ko'tarmay ishlayvergan ekan.Izzat Sulton yoshligida shunday hikoyalarni eshitib katta bo'ladi.

II.Badiiy g'oyaning tarjimayi holi.


1."Alisher Navoiy" dramasining yaratilish tarixindan.

"Alisher Navoiy" dramasi o'zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida,sahna madaniyatida alohida ahamiyatiga ega.Dramaning yozilish tarixini shoir shunday aytadi."1943-yil o'rtalari.1-pyesasi haqida "Yozsang bo'larkan-ku" degan Usmon Yusupovning rag'batlantiruvchi so'zidan so'ng.Mannon Uyg'urning "Sahnaga qo'ysa bo'ladi",- deganidam keyin o'zimga ishonchim ortdi."Badiiy asar yozsam bo'lar ekan",-dedim o'zimcha shu paytlar Alisher Navoiy yubileyiha tayyorgarliklar boshlanib ketgan kezlar edi."Alisher Navoiy" pyesasi shoir yubileyi munosabati bilan maydonga keldi Har bir yozuvchi ushbu ulug' ayyomga o'z munosabatini bildirishga kirishgan edi.Men ham izlana boshladim.Bir kuni Semyonov degan Sharqshunosning maqolasini o'qib qoldim.U kitob bozorida noyob,qadimiy qo'lyozmalarni axtarib yurib,Xondamirning "Ravzat us-safo" asarini ko'rib,o'sha zahoti aytilgan narxga sotib oladi."Ravzat us-safo"ning hoshiyasiga "Guli bilan Navoiy " xalq afsonasi yozilgan ekan.Shuni topib,1922-yilda tarjima qilib,matbuotda e'lon qilingan ekan.O'qidim,qarasam,operabop,librettobop bir asar degan fikr xayolimga o'rnashib qoldi.Dialoglar,monologlar quyma shoir bilan Guli munosabatlari chuqur ochilgan suhbatlari yorqin yoritilgan xalq afsonasi.


Avval drama emas, opera yaratmoqchi ekanini aytadi.Asar yozilgandan keyin uning muvaffaqiyati musiqa bilan bog'liq deb aytadi.
Musiqani buzib qo'ysalar asarni yozganimiz ,harakatlarimiz chippakka chiqadi.Shunday qilib drama yaratishga kelishib oladilar.Ishni avvalo Alisher Navoiy asarlarini o'qishdan boshlaydilar."Xamsa" asarini 1oy o'qibdilar.Keyin boshqa asarlarini o'qibdilar.Vaqtdan unumli foydalanish uchun,asosan,Xusayn Boyqaro,Majdiddin,Guli atrofida kechadigan voqealarni ajratib olishadi.Boshda asarni Hamid Olimjon bilan Izzat Sulton yozadi.H.Olimjonnin 1 oylik harbiy xizmatga chaqirib oladilar.Keyin Uyg'un bilan davom ettiradilar.1 oydan keyin Hamid Olimjon kelsa,ikkalasi shuncha narsa yozgan bo'ladi.Hamid Olimjon o'zlaringiz yozaveringlaf deb chiqib ketadi o'rtadan.Asarni yozuvchilar uyishmasiga olib borishadi.Shukur Sa'dulladan boshqa hammaga yoqadi.Ustoz bu asarda Husayn Boyqaroni salbiy obraz qilganimizdan e'tiroz bildiradi."Boburnoma" asariga tayangan holda avval Husayn Boyqaroni ko'tarib, munosabatlarini uzoqlashtirish kerak edi.
Keyin Uyg'un asarning ayrim yerlarini she'riy tarzda yozilishi ma'qul ekanini aytadi.Asarning 20ga yaqin nasriy joyini she'riy tarzda o'zgartiradilar.

2."Imon" pyesasining sahna talqinlari.

Izzat Sulton asarlari variantlarini, qo'lyozmalarini saqlashni xush ko'rmasdi.Hamid Olimjonning "Asarlar yagona nusxada bo'lgani va qolgani ma'qul.Tadqiqotchilarga oson bo'ladi.Qaysi buri asl nusxa ekan,deya bosh qotirmaydi" degan edi.Izzat Sulton ham aba shu prinsipga amal qildi.
"Alisher Navoiy"dramasidan 15yil o'tgach "Imon"pyesasi yuzaga keldi.
Izzat Sulton"Men o'zimga shunday qaror qilganmanmi,yozuvchi tirikchiligi uchun asar yozmasligi kerak",-deb aytar ekan."Imon" pyesasining qahramoni urush ishtirokchisi emas.Shu davr havosidan nafas olib yetishgan,lekin olg'ir odam.Pyesa 137 bet edi.U vaqtda Hamza teatrining bosh direktori Sora Eshonto'rayeva edi.U Izzatning ijodiga ixlos bilan qarar edi.Asardan ko'p narsa kutgan ekan.Teatr artistlari Namanganda gastrolda yurishganda chaqirtirishdi,yetib bordim.Bilamanki,pyesaning hajmi katta.U aslida 60-70 sahifa atrofida bo'lishi kerak.Ularni asarning qaysi joylari,masalaning qaysi jihatlari ko'proq qiziqtirar ekan,degan o'y ko'nglimga tinchlik bermasdi.Birgalashib o'qidik.Bosh rolnu Shukur Burxonovga atab yozgan ekan.U avvalgi pyesasida ham o'ynagan keyin bu paytda uning dovrug'i el-yurtni tutganmShuzrati nihoyatda baland edi.
Pyesaning 1-pardasini o'qib bo'lgandan keyin tanaffusga chiqmagan Shukur Burxonov qaytib kelmaydi.Bundan hammaning kayfiyati tushib ketadi Bir amallab 2-pardani o'qib bo'ladi.Ertasiga muhokamaga kelayotsam eshik yaqinidagi o'rindiqdan Olim Xo'jayev o'tirgan ekan.Un"Pyesa menga yoqdi,bosh rolni o'zim o'ynayman,lekin shartlarim bor.Ayrim yerlarini o'zgartirib berasan",-deb aytadi.Keyin birgalashib muhokama o'tayotgan xonaga bordik.
Muhokama,asosan,salbit boshlandi.Yo'nalishi ham salbiy tus oladi.Sora Eshonto'rayeva hurmati menga baland bo'lgani uchunmi yoki achinibmi gapiruvchilarning so'zini bo'lib,fikrini mening foydamga burishga,o'zgartirishga intilar,lekin sa'y-harakatlari nafsiz edi.
Anatoliy Qobulov asarni sahnalashtiradigan bo'ldi.Ozoda rolini Gulchehra Jamilova o'ynaydigan bo'ldi.

3."Oydin kecha asirligida": ma'naviy-axloqiy masala qirralari.


Izzat Sultonning oilaviy drama muammoladi talqiniga bag'ishlangan pyesalaridan biri dastlabki variantida "Oydin kecha asoratida yoki Sulaymonning nozik maslahati" deb atalar edimAsar markazida oqila ayom Baxriniso oilasining taqdiri masalasi turadi.Oila xotirjam emas.O'g'li,paxta zavodining injeneri Hoshimjon "paxta ishi" bilan ozod etiladi.U ochiq yuz bilan oilasiga qaytib kelayapti.Lekin xotini Saodat erini yorug' yuz bilan qarshi olishga ojiz.Boisi ham mahallasi Sobir bilan topishib "don olishib" qo'ygan.
Bir tomonda - Hoshimjonning oilaga qaytishi adolat tantanasi bo'lsa,ikkinchi tomonda - xiyonat.Saodat yolg'izlik asoratida oilasiga xiyonat qilgan.Eng dahshatlisi - kechirib bo'lmas bu qilmishidan oila a'zolari(Hoshimjonning onasu Baxriniso,ukasi Obidjon) ham,mahalla-ko'y (Baxrinisoning sobiq maktabdosh do'stlari,mahalla oqsoqoli Abdurahim hamda O'rinboy)ham xabardor.
Pyesaning boshlanishidanoq shuncha achchia,nadomatli haqiqatdan voqif bo'lamiz.O'quvcbi dastlab "asar konflikti ma'lum: oilaviy mashmashaga bag'ishlangan.Qahramonlarning bir qanchasu oila sha'nini oyoq osti qilgan Saodatni kechirmasa,bir qanchasi oila butunligini saqlab qolish uchun uning yonini oladi,yoqlaydi deb o'ylashi mumkin.
Lekin voqealar tadriji bunchalik jo'n emas.An'anaviy-ikki qutbga bo'lingan yaxshi va yomonlarning daxanaki olishuvlaridan iborat ham emas.Asar butkul boshqa yo'sinda kechadi.Qahramonlarning psixologik kechinmalari ikkilanishlar,alamlar,iztiroblar dramasi edi u.
Pyesaning bosh konflikti xiyonat oqibati - er bilan xotin o'rtasidagi to'qnashuvgina emas.Vijdon azobi,vijdon qiynoqlaru,qahramonlarning o'zi bilan o'zining ichku olishuvlari, tuyg'ulari,extiroslar, kechinmalar ziddiyati - drama konfliktining mexvarini belgilaydi.
Asar dastlab,komediya sifatida maydonga kelishi kerak edi.Lekin,tragediya bo'lib yozildi.Oxirgi variantida esa ("Guliston" jurnali,2000-yil,2-3-sonlari),sof lirik-romantik drama sifatida namayon bo'ldi.
No'mon Rahimjonov Izzat Sultonning bu tragediyasining yozilishi va voqealar rivojiga yuqoridagicha baho beradi.

4."Qaqnus".Hayot haqiqati va badiiy to'qima.


"Qaqnus" ( yangi zamonning haqiqatlari ) pyesasi 2 qism 18 lavhadan iborat.She'riy poetik drama.Dunyo boqiyligi-yu hayot go'zalligining,inson shaxsiyati-yu tirikligining ezguligi uchun bosh mezon-birgina oftob nurlari,desak kamlik qiladi.
"Qaqnus"dagi muvaffaqiyatni ta'minlagab yetakchi omil bu-Izzat Sulton mazkur yorug'likni hayotning o'zidan, qahramonlar ongi-tafakkuridan izlashida,topishi hamda turfa harakterlar xatti-harakatida ko'rsatishida,falsafiy tafakkur madaniyati bilan yorqin aks ettirishida.
"Qaqnus"da ikki avlod haqidagi ana shu jihatlariga alohida e'tibor qiladi.Milliy akademik drama teatridagi Otayev degan rejissor pyesa matni bilan tanishib chiqqan ekan, telefon qilib qoldi."Pyesangizni o'qib chiqdim-u lekin qanday sahnaga qo'yishni bilmayapman",- deydi.Unda o'zingizni qiynamang.Agar ilhom bilan yayrab emin-erkin sahnalashtirsangiz, boshqa gap deyman dedim.Rus drama teatrida Shapiro degan taniqli rejissor bor.Tanishib chiqish uchun pyesani unga berdim.Sinchiklab o'qibdi.
"Yo'q-dedi u.-Pyesani sindirgim kelmayapti.Uni sahnalashtira olmayman.Boisi,siz sahnaviy roman yozibsiz.Undan yulib olib,qisqartirib,lirik pyesa yaratish esa asarni buzishdan bo'lak narsa emas.O'zi qanday bo'lsa,shundayligicha qolaversin".
Bugjngi adabiyot - san'atda o'quvchiga,tomoshabinga yetish yoki yeta bilmaslik masalasi qo'yilyabdi."Qaqnus'asarida ham ana shunday yo'l tutilgan.O'quvchi-tomoshabin ko'nglini zabt etish - bosh masala.Endi nima uchun Qaqnus?Bu-Navoiydan.Xususan "Lison ut-tayr" asarida shoirning jamiyatda tutgab o'rnini,xizmatlarini ko'rsatuvchi chiroyli tamsil keltirilgan."Aytishlaricha,-deydi shoir,-dunyoda Qaqnus degan qush bo'lgan ekan.Nuqyl sayrab o'tgan ekan.Qaqnus har gal sayrab bo'lgandan keyin bitta cho'p olib qo'yarkan.Qarigan mahali ana shu cho'plardan hosil bo'lgan g'aram ustiga chiqarkan,oxirgi qo'shig'ini aytgach,g'aramga o't qo'yarkan.Ma'lum fursat o'tgach cho'g'dan jajji qaqnus poloponi paydo bo'larkan.Ijodkor avlodlarni Qaqnusga qiyos tariqasida yozgan ekan.
5.Izzat Sultonning adabiy-estetik qarashlariga oid.

Ustoz Izzat Sultonning estetim ideali go'zallik,adolat,ezgulik va h.k. umumbashariy qadriyatlar mazmuni bilan to'yinganligi uchun ham qadrli najibdir.


-Estetika degan so'z his demakdir,his etilgan narsa degani,tushuntirishga tutinadi ustoz.Go'zalliknu biz his etish orqali anglaymiz,tushunamiz,tuyamiz.O'zi ham nozikkina bir gap.Go'zallik qo'lga kiritish,qo'l bukan ushlash qiyin bo'lgan,tutqich bermaydigan bir narsa.Insonlarning go'zallik haqidagi tasavvurlari va go'zallik qonuniyatlari,go'zallik qonunlari asosida yashashga intilishi estetikaning mag'zini tashkil etadi.Hayotdagi hamma narsaga voqea-hodisalarga go'zallik nuqtai nazaridan baho beramiz.
Adabiyot hamisha go'zallik mudofaasida ko'ksi qalqon.
O'zi ham shuni himoya qilishga majbur.Masalan aytaylik,Otabek rus bosqinchilarga qarshi kurashda o'lgan ekan,demak,u yangi idealnk,muxtoriyat idealini,mustaqillik idealini himoya qilgan.Bu ham go'zallik.Ushbu tushunchaning turli xil psixologik tayyorgarlikka ega bo'lgan odamlar faoliyatidagi talqinlari ham shunchalar xilma-xil.
Ustoz Izzat Sultonning ta'kidlashiga ko'ra Abdulla Qodiriy "Mushtum" jurnaliga kelgan mualliflar asarlariga javob yozarkan"."Siz tasvirlagan voqealikda she'riyat yo'q ",-deb o'qtirarkan.Bu estetik ideal yo'q deganidir aslida."Kichik asarlar" majmuasida bor."Bu-she'riy voqea","bu voqeada she'riyat bor",-deydi
Yozuvchinjng asosiy niyati mana shu yerda.Hamma gap: muhabbat mojarolari ham feodal turmush mojarolari ham aylanib-aylanib kelib,shu joyda to'xtaladi.O'sha vaqtda bu eng muhim gap edi.Ana shu dolzarb gapni Abdulla Qodiriy roman orqali aytadi.
Ustoz Izzat Sulton Abdulla Qodiriyning ijodiy izlanishlari misolida fikr-mulohazalarinu tasdiqlaydi:"O'tkan kunlar"ni olsak.Har bir sahifa Otabeg-u Kumushdan iborat bo'lsa,o'quvchi zerikib qolishi mumkin edi.Yo'q,aslo Otabek bilan Kumushni topishadi.So'ng adib ularni bir-biridan ajratadi.Homid Kumushga uylanish ilinjida.Kumushning tegishga haqqi bor.Sababi qo'lida taloq xati .Keyin Otabek Usta olim bilan tanishasi.Uning muhabbat tarixi.Zaynab voqeasi.Ko'ryapsizmi,yozuvchi Otabek bilan Kumushni bir-biriga goh yaqinlashtiradi,goh uzoqlashtiradi.Bular-ijodiy jarayon.

6.Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlari".Ijodkorning g'oyaviy-estetik munosabati va moziyni badiiy o'rganish xususiyatlari.


Ustoz Izzat Sulton o'tmish voqealigiga murojaat etib,"Alisher Navoiy","Noma'lum kishi","Donishmandning yoshligi","Kumush shahar malikasi" kabi badiiy ko'rkam tarixiy dramalarini yaratadi.80-yillarning oxirida buyuk yozuvchi Abdulla Qodiriyning"O'tkan kunlari "dramasini yozdi.Shu narsani ta'kidlash joizki,"Abdulla Qodiriyning O'tkan kunlari "pyesasi yuqorida sanab o'tilgan tarixiylik tamoyili yetakchilik qiluvchi asarlardan ma'lum ma'noda farq qiladi.Xususan,"Abdulla Qodiriy siymosini sahnada gavdalantirishdek murakkab, lekin xayrli ishga qo'l urish bilan birga xalqimiz boshidan kechirgan"Eng kir,qora"zamonlardan,qatag'on davrlardan bugungi kunimiz bilan ham ohang,zamondoshlarimiz uchun ibrat bo'larli adolatparvarlik,halollik kabi ma'naviy -axloqiy qadriyatlarini qalamga olgan.Dramaturg yozuvchi asarlaridan foydalangan holda,voqealar rivojini ko'zda tutib zarur ilova va remarkalar bilan ta'minlagan.
Dramaturg Abdulla Qodiriy hayotida yuz bergan 2 faktnu pyesaga asos qilib oladi.Asar 20-yillarning o'rtasida Abdulla Qodiriyning qamoqdan bo'shatilishi sahnasidan boshlanib,1937-yilda yana qamoqdan olinishi," xalq dushmani " deb e'lon qilinishi bilan yakunlanadi.Asar yozuvchining 12yillik hayoti badalida kechgan girdobidagi voqealarni qamrab olishi mo'ljallangan.Yana adib qismati orqali " xalqlar dohiysi " ga omma e'tiqodining fojeali oqibatlari,taloto'plarning boshlanishi yoritilishi kerak edi.
Dramaturg romanning qisqacha mazmuni bilan tomashabinni tanishtirish orqali Abdulla Qodiriy obrazini yoritish yo'lidan borgan.Chunki yozuvchining shuhrati ham fojeali qismati ham ana shu asar bilan chambarchas bog'liq.Dramaturg Abdulla Qodiriy obrazini ochib berishda qahramonga o'z asari mazmunini so'zlab berish usulidan foydalanadi.Asarda ko'zlagan badiiy niyat muallifning o'z tili vositasida amalga oshirilgan.

Yüklə 31,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə