Asqad Muxtor poetikasi


ABDULLA ORIPOVNING MUSTAQILLIK YILLARIDAGI IJODI



Yüklə 31,16 Kb.
səhifə5/5
tarix30.07.2023
ölçüsü31,16 Kb.
#120132
1   2   3   4   5
B.Maftuna

ABDULLA ORIPOVNING MUSTAQILLIK YILLARIDAGI IJODI
Taniqli adabiyotshunos No‘mon Rahimjonovning ko‘plab tadqiqotlari o‘zbek she’riyatini turli adabiy avlod lirikasi misolida yoritib berish tashkil etadi. Xususan, uning “Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati” nomli keng qamrovli monografiyasi bu jihatdan ahamiyatli. Unda olimning yangi o‘zbek she’riyati, hozirgi adabiy jarayon tahlili bilan bog‘liq nozik kuzatishlari o‘rin olgan. Jumladan, uning “Bugunning qahramoni kim?”, “She’r – ko‘ngil hushi emas, ko‘ngil ishi”, “Adabiyot – biznes emas”, “Xalq axloqi va ideali – bosh mezon” kabi maqolalarida adabiyotshunos istiqlol davri o‘zbek she’riyatiga xos ijtimoiy-estetik ideallar o‘zgarganligi; tanqidiy ruh, publitsis­tik ko‘tarinkilik, falsafiy teranlik kuchayganligi; badiiy tafakkurda sifat evrilishlari kechganligi singari masalalar teran yoritib berilgan. Shular orasida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’riyati tadqiq etilgan maqolalar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Asosiy qism. No‘mon Rahimjonov xalq shoiri Abdulla Oripov she’rlarining asosi bo‘lgan bu beqiyos yurt – O‘zbekiston mavzusini tahlil qilar ekan, yozadi: “Abdulla Oripov o‘z she’rlarini ustoziga-barhaq va barhayot ilhom manbai asrlar koshonasida mangu yorug‘ maskani bo‘lgan yurti – O‘zbekistonga bag‘ishlaydi. A.Oripov lirik qahramoni ona yurt shamolida kuylagan o‘zbek tuprog‘ining qo‘shig‘ini tinglab biladi; uni yuksak shoirona til bilan o‘quvchiga tarjima qilib beradi. Yam-yashil bahor labidagi yashnoq tabassumni ham jazirama yoz issig‘ida har bir tup g‘o‘zasiga bittalab egilgan, egatlarga bukilib beli qotgan bobo dehqon peshonasiga qo‘shilgan ajinni ham nuroniy chollarga hassa yo‘ngan fayzli kuzni ham – xullas, tabiatning to‘rt faslida ona yurti va zahmatkash xalqi qalbining to‘rt fasli qo‘shig‘ini tinglay biladi”. Ko‘rinadiki, olim shoirning Vatan haqidagi bitiklari mohiyatini teran ochib bergan. YA’ni shoir she’riyatida Vatan degan ulug‘ tushuncha yilning to‘rt faslida, uning fidoiy halqi, mehnatkash dehqon siymosida namoyon bo‘lishini adabiyotshunos teran talqin etgan. Olim bu boradagi fikrlarini davom ettirib, yozadi: “A.Oripov lirikasida “O‘zbekiston – xalq” tabiat obrazlari uyg‘unlikda ochiq bir kitobdek ko‘z o‘ngingda namoyon bo‘ladi. A.Oripov shoirona yurtining yoniq she’rlarini ehtiros bilan mehr bilan o‘qiyotgandek tuyuladi. Darhaqiqat, A.Oripov she’rlarining asosiy mavzusi ˗˗ ona yurt, O‘zbekiston Vatandir”. Adabiyotshunos A.Oripovning Vatan haqidagi satrlari qatida “O‘zbekiston-xalq” vobastaligini ko‘radi.
Ma’lumki, A.Oripovning Vatan mavzusidagi she’rlarida yurtning ko‘hna tarixi, buguni aks etgan. N.Rahimjonov shoir ijodining shu xususiyatiga alohida e’tibor qaratadi: “A.Oripov lirikasida ko‘pincha xalqimiz tarixiga murojaat etish, milliy xarakter asoslarini anglab yetishiga intilish, bolalik xotiralarini ko‘z o‘ngida jonlantirish, tiklash, ona-yurt manzaralariga estetik munosabatda bo‘lish orqali Vatan obrazini bunyod etadi. Bu qarashlar milliy tariximiz ˗˗ Vatan kamoloti asosi ekanligini ko‘rsatib turadi”
Adabiyotshunos olim A.Oripov sheriyatidagi yana bir qirrani to‘g‘ri qayd etadi : “Shoir she’rlaridagi tabiat manzaralari Vatan qiyofasini to‘ldiruvchi detallar emas. Tabiat ˗˗ shoir nazdida Vatanning bir bo‘lagi, kechinmalar va inson kuch-qudratining asosi, nihoyat, doimo yangilanib, barq urib turuvchi hayot timsoli. A.Oripovning lirik qahramoni tabiat og‘ushiga singib, faraxli sururi qo‘ynida ko‘rinmay ketmaydi”. Bunda shoir she’rlaridagi Vatan-tabiat uyg‘unligi ta’kidlangan.
Shu asosda olim A.Oripovning tabiat mavzusidagi she’rlari tahliliga o‘tadi: “A.Oripovni tabiat kuychisi yoki tabiatning rassom shoiri deyish qiyin. Uning lirikasida sof peyzaj she’rlar kam. Lekin hayotning boqiyligini his ettirish va shu asosida inson tirikligining mezoniga aylanishi jihatidan ham tabiat bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi” ”. Bunda she’rshunos shoirning tabiat haqidagi she’rlarini peyzaj lirikasi namunasi hisoblaydi, tabiat manzaralari tasvirida hayot, tiriklik tantanasini ko‘radi. Bu talqin shunday xulosa bilan tugamaydi, balki fikr tadrijlanib boradi, ya’ni olimning ta’kidlashicha: “Xalq va uning tarixi bilan uzviy aloqadorlik insonga tabiat bilan bog‘liqlik ato etadi, degan fikr A.Oripovning inson va tabiat mavzuidagi she’rlarida nurlangan mazmunni ifodalaydi. Xalq va tarix xotirasidan mahrumlik insonga tabiat tomonidan o‘limtik yolg‘izlik keltiradi.

Shamol shovullaydi qadim bog‘larda
Buyuk, ko‘hna dunyo ko‘pchiydi og‘ir
Men uning qo‘ynida kezdim saboday,
Qorlardan lolarang olovlar yoqdim”
Adabiyotshunos Vatan va tabiat uyg‘unligi xalq va tarix vobastaligida ko‘radi. Buni hayotiy xulosa, deyish mumkin. “Shamol shovullaydi qadim bog‘larda” deb boshlanuvchi satrlar shunday mazmun bilan sug‘orilgan.
Adabiyotshunos A.Oripov lirikasi namunalarini tahlil qilar ekan, yozadi: “A.Oripov lirikasida kuz obrazi alohida o‘rin tutadi. U kuz faslining tabiatida xalqimiz mehnatining ezgu mohiyatini ko‘radi, inson qalbining rangin holatlarini yaratadi. Shu o‘rinda A.Oripov lirikasida epiklik unsurlarining kuchayib borayotganligini ta’kidlash joiz. Epiklik deganda, shoir she’rlari mundarijasini tashkil etgan Vatan, insoniyat ona sayyora singari tushunchalar bilan belgilanmaydi” . Taniqli she’rshunos kuz haqidagi she’r bilan bog‘liq kuzatishlar davomida A.Oripov ijodidagi yana bir xususiyatni yuzaga chiqaradi. Bu she’rda aks etgan epiklik unsuri, ya’ni kuz manzarasi chizilgan she’rlarda tabiat manzarasi hayotiy voqelik tasviri o‘laroq muayyan syujetni yuzaga keltirgan.
No‘mon Rahimjonov kuzatishlari davomida A.Oripov she’riyatining o‘ziga xosligini ochib berish maqsadida E.Vohidov ijodi bilan qiyoslaydi: “A.Oripov kichik bir hayotiy detaldan, olis o‘tmish xotiralaridan falsafiy mazmun kasb etuvchi badiiy umumlashmalar chiqaradi. Uning ijodidagi falsafiy ma’nodorlik chunonchi, E.Vohidov lirikasida tajassum topgan, o‘quvchini hayot va voqelik belgilari xususida nozik kayfiyatga soluvchi, tuyg‘ularga chulg‘ovchi musiqiy obrazlilik zamiridan sizib chiqqan mushohadakorlikdan farq qiladi. E.Vohidov lirikasida poetik obrazlar musiqiy ohang, holat kayfiyat va kartinalar asosiga quriladi. A.Oripovda esa ushbu omillar o‘zgacha. Shoir poetik obrazlarining o‘ziga xosligi ˗˗ bu hayotiy konkretlikka egaligidir. Poetik obrazlar aniq hayotiy holat, dalil va detallardan vujudga kelgan” . Bu jihatdan olim xulosalariga qo‘shilish mumkin. YA’ni A.Oripov kichik detallarda katta ma’no borligi, E. Vohidovda falsafiy ma’nodorlik musiqiy ohangdorlikni yuzaga keltirishi to‘g‘ri qayd etilgan.
Xulosa
No'mon Rahimjonov adabiyotshunoslikka oid kitoblari va maqolalarini o'qir ekanman,uning o'z ishiga jon jahdi bilan yondashganligini ko'rishimiz mumkin.Shoir va yozuvchilar haqida kitob yoki maqola yozganda ham har bir misrasiga,har bir so'ziga alohida e'tibor berib yondashadi.Oddiygina "Asqad Muxtor poetikasi" asarida tun obraziga bergan ta'riflarini ko'rishimiz mumkin.Tun obrazini qiyoslamagan narsasi qolmaydi.Masalan tun obrazini ertangi yorug' tonglar,oftobli kunlar umidi,u kunlarning qo'li uzun, tiriklikning esa qisqa,chegarali.Odamga umr tiriklik degan qisqa bir muddat,shuning uchun berilganki,u faol aqlli shuuri ila samarali mehnati ila boylikka erishadi.Tunni sukunat saltanadi,tunni adolatpesha deydi.U o'zining shirin tushlari qanotida ojiz bandalarning gul xayollarini qodir azamatlarning umidlari bilan bog'laydi.Tunni shoir talqinida sevgi-muhabbatlar jo'sh urgan, his-tuyg'ular so'zlagan, dillar sergak,ko'zlar-kipriklar qanotida ko'kka uchgan ruhoniy Vatan.Tun shoirning hayot go'zalligi va ezgulik haqidagi ideallarini inkishof etuvchi yorug'likning ikkinchi bo'lagi va yana boshqa narsalarga qiyoslaydi.No'mon Rahimjonovning "Badiiy asar biografiyasi" nomli asarida bir necha shoirlarning yozgan asarlari haqida,ularning yozilish sabablari haqida yozadi.Yana shu bilan birga shoirning hayoti boshidan kechirganlari haqida ham yozib o'tadi.No'mon Rahimjonovning mohir yozuvchi ekanligini asar va maqolalarini o'qib bildim.
Yüklə 31,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə