“at- tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya” asarining til xususiyatlari ko‘riladigan masalalar



Yüklə 338,51 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü338,51 Kb.
#115112
TOʻRAYEVA MARJONA


HAR BIR INSON HAR KUNI QILADIGAN ISHINI XUDDI BIRINCHI MARTA QILAYOTGANDEK QILISHI KERAK. SHUNDAGINA ISHDA RIVOJLANISH BOʻLADI.

“AT- TUHFATUZ ZAKIYYA FIY LUG‘ATIT TURKIYA” ASARINING TIL XUSUSIYATLARI

  • KO‘RILADIGAN MASALALAR:
  • “At-tuhfatuz zakiyya fillug`atit turkiya” asariga umumiy tavsif.
  • “At-tuhfa” asarining tuzilishi

“At-tuhfatuz zakiyya fillug`atit turkiya” asariga umumiy tavsif.


“At-tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya” asari zakiy bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan qutlug‘ bir merosdir. Kitob nomi arabiy yozuvida التحفة الزكية في اللغة التركية‎ shaklida berilgan va o‘zbek tiliga “Turkiy til haqida noyob tuhfa” shaklida tarjima qilingan.
Bu noyob tuhfa XIV asrda Misrda yozilgan bo‘lib, uni yozgan muallifning ismi ma’lum emas. Asar qo‘lyozmasining bizgacha yetib kelgan yagona nusxasi hozirgi kunda Istanbuldagi Valiluddin kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozma 91 varaq 182 betdan iborat, har bir betda 7 ta so‘zga sharh berilgan va ular 13 ta qatorga joylashtirilgan
Asar kirish, 3000 ta so‘zlik lug‘at va grammatikaga oid alohida bobdan tarkib topgan. Lug‘adashi va grammatika qismida berilgan asosiy so‘zlar mamluklar davrida shakllangan qipchoq tiliga oid. Undagi qipchoqcha so‘zlar qizil rangli, arabcha so‘zlar qora rangli siyohda yozilgan.

“At-tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya”da turkman, tatar, qarluq tillari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa-da, asosiy so‘zlar mamluk-qipchoq tiliga oid. Muallif bu haqda shunday yozadi: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko‘p qo‘llaniladigan (ilg‘or) til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat zarurat bo‘lgandagina ko‘rsatdim” (Attuhfatuz zakiyat-u fil lug‘atit turkiya [Turkiy til (qipchoq tili) haqida noyob tuhfa]. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov, – Toshkent: Fan, 1968. – B. 4). Shuningdek, muallif asarda Abu Hayyon G‘arnatiyning (1256–1344) qipchoq tili haqidagi “Kitobul idrok lilisan al-atrok” asaridan ham foydalanganini aytib o‘tgan.

  • “At-tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya”da turkman, tatar, qarluq tillari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa-da, asosiy so‘zlar mamluk-qipchoq tiliga oid. Muallif bu haqda shunday yozadi: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko‘p qo‘llaniladigan (ilg‘or) til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat zarurat bo‘lgandagina ko‘rsatdim” (Attuhfatuz zakiyat-u fil lug‘atit turkiya [Turkiy til (qipchoq tili) haqida noyob tuhfa]. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov, – Toshkent: Fan, 1968. – B. 4). Shuningdek, muallif asarda Abu Hayyon G‘arnatiyning (1256–1344) qipchoq tili haqidagi “Kitobul idrok lilisan al-atrok” asaridan ham foydalanganini aytib o‘tgan.

At-tuhfa
Kirish
Grammatik qoidalar
Lug‘at
(arabcha-turkiy)
Asarning tuzilishi
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!
Yüklə 338,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə