Mustaqil ish “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarining o‘ziga xos xususiyatlari Bajarish tartibi: “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarini o‘rganish



Yüklə 32,58 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü32,58 Kb.
#146651
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qip-hozir.org


Mustaqil ish “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarining o‘ziga xos xususiyatlari Bajarish tartibi: “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarini o‘rganish

MUSTAQIL ISH
“Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarining o‘ziga xos xususiyatlari
Bajarish tartibi: “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarini o‘rganish. Lug‘atning arab va turkiy tillar xususiyatlarini o‘zida aks ettirish holatlari. So‘zlarning joylashtirilish va izohlanish usullari tahlili. Qipchoq tili - turkiy tillar oilasiga mansub oʻlik til; Dashti Qipchoq choʻllaridan Qora dengiz boʻyi choʻllarigacha boʻlgan ulkan hududda yashagan va musulmon manbalarida "qipchoq", "qifchoq", yevropa manbalarida "kuman", "koman", "kun", rus manbalarida "polovets" deb atalgan yirik qabilalar ittifoqining asosi hisoblangan qipchoqlar tili haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1052 yilga mansub.
Qipchoq tili yozma yodgorliklardagina saqlanib qolgan. Moʻgʻul bosqinigacha boʻlgan Qipchoq tili haqidagi maʼlumotlar oz boʻlib, ular Mahmud Koshgʻariy lugʻati materiallari, 13-asrgacha boʻlgan rus solnomalarida uchraydigan atoqli otlar va toponimlardan iborat. Moʻgul istilosidan keyingi yozma manbalar sifatida 13— 14-asrlarda Misrda tuzilgan, muallifi nomaʼlum turkiycha-arabcha lugʻatni ("Tarjumoni turki va ajami va mugʻali"), Abu Hayyonning "Kitob ul-idrok lilison ul-atrok" ("Turkiy tillarni oʻrganish kitobi", 1313), Jamoliddin Turkiyning "Kitobu bulgʻot ul-mushtoq fil-lugʻot it-turk val-qifchoq" ("Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar uchun mukammal kitob", 14— 1 5-asrlar), nomaʼlum muallifning "Kitob attuhfat uzzakiyyata fil lugʻat it-turkiyya" ("Turkiy til haqida noyob tuhfa", 14-asr) kabi lugʻatlarni koʻrsatish mumkinki, ular Qipchoq tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Qipchoq tilining eng yirik yodgorligi — italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda "Kodeks Kumanikus" deb nom olgan, 2994 soʻzli lotincha-forscha-qipchoqcha lugʻat, "Yangi ahd"dan parchalar xamda duolar tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat boʻlgan asardir. 1294 yil yaratilgan bu asarni 1880 yilda Budapeshtda G.Kun nashr ettirgan.
Qipchoq tili zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrimtatar va qoʻmiq tillariga yaqin, oʻxshash boʻlgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik oʻziga xosliklarga ega, leksikasida arab, fors, grek tillaridan oʻzlashmalar mavjud boʻlgan.
Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na polonetskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A., Vvsdsniye v izuchsniye tyurkskix ya zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognosheniye k sovremennsh zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qoʻchqortoyev I.. Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T.. 1984.



Yüklə 32,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə