Mustaqil ish “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarining o‘ziga xos xususiyatlari Bajarish tartibi: “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarini o‘rganish



Yüklə 32,58 Kb.
səhifə2/8
tarix11.12.2023
ölçüsü32,58 Kb.
#146651
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qip-hozir.org

Qipchoq tili — qipchoq qabilalari tili. Turkiy tillarga mansub. Umumiy dashti-qipchoq nomi bilan mashhur boʻlgan Yevroosiyo mintaqalarida tarqalgan boʻlgan. XIII asrdan boshlab Oltin Oʻrdada xalqaro muloqot tili boʻlgan; keyinchalik qozoq, tatar, boshqird, qorachoy-bolqor, qoʻmiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq va boshqa ayrim tillar asosiga kirgan. Qipchiq tilida Oʻrta asrlarda Kavkaz va Azovoldidan boʻlgan asir-qipchoqlarning avlodlari hisoblangan Misr mamluklari muloqot qilishni davom ettirdilar. Hozirgi paytda qipchoq qabilalari qozoq qabilalaridan biridir.
Qipchoq va qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) qabilalari oʻzaro aloqalari natijasida yuzaga kelgan va IX asrlardanoq alohida til sifatida shakllangan sharqiy qipchoq nutq turi ham mavjud boʻlgan. Sharqiy qipchoq tili janubiiy oltoy (XI—XIV asrlar), fargʻona-qipchoq va qirgʻiz tili (XV asrdan boshlab) xronologik ketma-ketligida tarkibiy qismlarga ajraldi.
Qolgan gʻarbiy qipchoq areali xronologik ketma-ketlikda volga-qipchoq (XIII asrgacha), polovets-qipchoq (XI—XIII asrlar) va noʻgʻoy-qipchoq (XIV—XVI asrlar)ga ajraldi.
Gʻarbiy va sharqiy qipchoq tillarining oʻziga xos farqi au diftongi rivojlanishi hisoblanadi: gʻarbiy qipchoqlarda u saqlangan (tau — 'togʻ', masalan, qozoq tilida), sharqiylarda qadimgi darajada "ou"ga oʻzgargan, keyingi tortiluv bilan birga (qirgʻizcha too, janubiy oltoycha tuu, shevalarda tou).


0-§. SHARQ ILMIDA TIL TASNIFIGA OID 
QARASHLAR. TURKIY TILLAR TASNIFI 

Sharq ilmida ham tillar tasnifiga oid, tillarning muhim jihatlarini


yorituvchi qarashlar mavjud. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu
lug‘otit turk” asari bu boradagi beqiyos manbadir.
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar klassifikatsiyasini yaratishga
birinchi bo‘lib qo‘l urgan olimdir.
Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi ensiklopedist
turkolog olim Mahmud Koshg‘ariy 1029-1038 yillar oralig‘ida
Koshg‘arda tug‘ildi. “Devonu lug‘atit-turk” deb nomlangan uch
tomli asar yozdi. Bu asar “Turkiy so‘zlar devoni” bo‘lib, ikki
qismdan tashkil topgan: 1) kirish; 2) lug‘at.
Kirish qismida turkiy tillarning mavqeyi, lug‘atning oldiga
qo‘yilgan vazifalar, asarning mundarijasi, turkiy tillarda so‘z tuzilishi
va yasalishi, turkiy qabilalar va ular tillarining o‘ziga xos
xusisiyatlari yoritilgan.
Asarning lug‘at qismi sakkiz bo‘limdan iborat.
1.

Hamzali so‘zlar bo‘limi ( boshida alif, vov, yoy harflari


keladigan so‘zlar)
2.

Solim(tarkibida alif, vov, yoy harflari keladigan so‘zlar)


bo‘limi .
3.

Muzoaf bo‘limi( tarkibida bir harifi ikki marta kelgan


takrorlangan so‘zlar).
4.

Misol(boshida, o‘rtasida yoki oxirida alif, vov, yoy


harflaridan biri kelgan so‘zlar) bo‘limi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 

www.ziyouz.com


kutubxonasi
60
60

5.


Uch harfli so‘zlar bo‘limi.
6.

To‘rt harfli so‘zlar bo‘limi.


7.

G‘unnalilar ( tarkibida burun tovishlari keladigan so‘zlar)


bo‘limi.
8.

Tarkibida ikki undosh qator kelgan so‘zlar bo‘limi.


Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy
metoddan foydalandi. U turkiy tillarning leksikasini, morfologiyasini
va fonetikasini bir – biriga qiyoslab, ular orasidagi o‘xshash va farqli
tomonlarini ko‘rsatdi. Lug‘atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500
so‘z izohlangan.
Mahmud
Koshg‘ariy
turkiy
tillar
fonetik
qonuniyatiini
birinchilardan bo‘lib yoritgan olimdir. U “Devonu lug‘otit – turk” da
fonetik qonuniyatlarning tovush almashinuvi, tovush tushishi, tovush
ottishi kabi ko‘rinishlarini batafsil izohlagan.
Uning tasnifi ikki prinsipga tayanadi:
1. Tilning sofligi prinsipi.
2. Fonetik- morfologik prinsip.
Mahmud Koshg‘ariy XI asrda yashagan turkiy xalqlarning
tillarini ikki qismga ajratadi:
1. Sharqiy turkiylar tili
2. G‘arbiy turkiylar tili.
Mahmud Koshg‘ariy birinchi guruhga Bolosog‘un, Koshg‘ar
atrofida yashaydigan xalqlarning tillarini kiritdi. Bular chigil, qorluq,
uyg‘ur, tuxsi, yag‘mo kabi xalq va qabilalarning tillaridan iborat edi.
Sharqiy va g‘arbiy guruh tillarining qator xususiyatlariga ko‘ra bir
– biridan farqlanadi.


Yüklə 32,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə