Mustaqil ish “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarining o‘ziga xos xususiyatlari Bajarish tartibi: “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qipchoq” asarini o‘rganish



Yüklə 32,58 Kb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü32,58 Kb.
#146651
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qip-hozir.org

Fonetik farqlar: 
Sharqiy turklar tilida: G‘arbiy turklar tilida:
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 

www.ziyouz.com


kutubxonasi
61
61

So‘z boshida: 
1.

Jarangsiz t - tovushi keladi: Jarangli d- tovushi keladi:


tebey debey
2. Til o‘rta y – tovushi keladi: Til oldi j- tovushi keladi
Yinju, yilkin yoki y- tovushi kelmaydi: janju, elkin
3.Sonor m – tovushi keladi: Portlochi b – tovushi
Men, mung keladi: ben, bung
Mahmud Koshg‘ariy qabilalar hayoti va tilinii tarixiy asosda
yoritdi. Ilgarilarda katta o‘rin tutib , XI asrda ergashuvchi qabilalar
holiga tushgan qarluqlar, tangutlar, basmil va boshqalar ham devonda
keng izohlanadi. Urxun yodgorliklaridan ma’lum bo‘lishicha bu
qabilalar IX –X asrlarda ilg‘or hisoblanar edilar. Lekin XI asrlarda
bular o‘zlarining mavqeyini yo‘qotib, boshqa qabilalarga qo‘shilgan
edi. Mahmud Koshg‘ariy hatto ilgarilar bu yerlarga kelib joylashib
qolgan boshqa xalq hayotini ham sinchiklab o‘rgandi. U tubutlar
haqida shunday ma’lumot beradi: “ Tubutlar turk diyorida yashovchi
bir qavm : Kiyik mushki( kiyikning kindigidan kesib olib
hozirlanadigan atir) tubutlarda bo‘ladi. Tubutlar bir jinoyat qilib
Yamandan qochib, dengiz yo‘li bilan Chinga borib, o‘rnashib qolgan
Bani sobit avlodlaridir. Hozir ular bir ming besh yuz farsah yerda
yashaydilar. Sharq tomoni Chin, g‘arb tomoni Kashmir, shimol
tomoni Uyg‘ur, janub tomoni Hind dengizidir. Ular o‘z tillarini
yo‘qotib, turkiy tilni o‘zlashtirgan bo‘lsalar ham, hanuz ularning
so‘zlarida o‘z tillariga moslashtirish farqi sezilib turadi. Chunonchi,
onani “uma” deydilar, otani “aba” deydilar”. Bu qabilalar leksikasi
haqidagi ma’lumotlar tarixiy jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Mahmud Koshg‘ariy ayrim shevalargagina xos bo‘lgan til
hodisalarini ham, ko‘pchilik qabilalarning umumlashgan til
xususiyatlarini ham izchil ravishda ko‘rsatib berdi. Bu xil
ma’lumotlar O‘rta Osiyo xalqlari tillarining, shu jumladan, o‘zbek
tilining shakllanishida asos bo‘lgan qabilalarni aniqlashda muhim
material bo‘lib xizmat qiladi. Uning asarida qabilalar tilida so‘z
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 

www.ziyouz.com


kutubxonasi
62
62

yasalish masalasi ham to‘la yoritildi. U til faktlari asosida


qabilalarning bir – biriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatdi va nihoyat u
davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar asosida qabilalarning bir –
birlari bilan birika boshlashi natijasida yuzaga kelgan boshlang‘ich
xalq tili namunalarini ham yaqqol ifodalab berdi. Mahmud
Koshg‘ariy asarida o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar,
uyg‘urlar, tatar va boshqa xalqlarning qadimgi qabilalarini va bu
xalqlarning qadimgi sodda tillarining namunalarini mukammal
izohlab berdi. Bu xalqlar devon materiallari asosida o‘zlarining tillari
qaysi qabila tili asosida shakllanganini aniqlash imkoniyatiga ega
bo‘ldilar. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida
davrining mukammal dialektologiyasini yaratib berdi.
Mahmud Koshg‘ariy turkiy xalqlar madaniyati va fan tarixida
alohida o‘rin tutadi. U turkiy filologiya fanini yaratgan olimlardan
biri. Uning “Devonu lug‘otit – turk ” asarida bu fanning deyarli
barcha sohalari yoritilgan. Turkiy tillar klassifikatsiyasi; turkiy
xalqlarning og‘zaki ijodi, xalqlar etnografiyasi, toponimikasi,
geografik joylashuviga oid qimmatli malumotlar ham bor. Lug‘atda
turkiy xalqlarning eng eski geografik kartasi berilgan.
Bundan tashqari, M. Zamaxshariyning “Muqaddimat – ul -adab”
asarida, muallifi noma’lum asar “Kitob –i-majmu-u-tarjimon turki va
ajamiy va mo‘g‘uliy” asarida, Abu Hayyonning “Kitob al – idrok li-
lison al -atrok” asarida Jamoliddin Ibn Muxannaning “Xiliat-ul-inson
va xalibat-ul-lison” asarida, Jamoliddin at-Turkiy “Kitobi ul-lug‘ot
al-mushtoq fi-l-lug‘ati at-turk va l-qipchoq” asarida, “Kitob-at-
tuhfag‘-uz-zakiyatu fi-l-lug‘at-it-turkiy” asarida turkiy tillar haqida
fikr yuritilgan.
XV asr olamida ulug‘ mutafakkir shoir, madaniyat va davlat
arbobi Alisher Navoiyning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda
Husayn Boyqoroning homiyligi tufayli turkiy tillar orasida o‘zbek
tilining mavqeyi jahon miqyosiga ko‘tarilgan edi. Alisher Navoiy
“Muhokamat
ul-lug‘atayn”
asarida
turkiy
tilning
keng
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 

www.ziyouz.com


kutubxonasi
63
63

imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslab berdi.


O‘zbeklar yirik turkiy xalqlardan bo‘lib, tarixiy manbalarining
guvohlik berishicha, ularning ota-bobolari qadimdan O‘rta Osiyo
hududining asosiy aholisi bo‘lgan.
O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, o‘tmishdan tortib,
XIX asrning II yarmigacha turk, sart, chig‘atoy va nihoyat o‘zbek
atamalari bilan yuritilib kelingan.
Turk atamasi haqida. Dastavval o‘zbek xalqi turk nomi bilan
yuritilgan. Faqat o‘zbeklargina emas, O‘rta va Markaziy Osiyoda
yashaydigan barcha turkiy xalqlar turk nomi bilan yuritilgan.
Jumladan, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, Volga
bo‘yidagi tatar, boshqird, chuvash, kavkazdagi ozarbayjon, qumuq,
no‘g‘ay va sibirdagi oltoy, xakas, tuva, yoqut kabi xalqlar ham turk
deb atalgan. Ularning tillari esa turkiy til deyilgan.
Turk atamasi dastlab siyosiy-ijtimoiy ma’noni anglatgan. U
qabilalar harbiy uyushmasining nomini bildirgan.
Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayin” asarida o‘zbek xalqini
turk, uning tilini turk tili deb amalda turk, turkiy, turk ulusi, turk tili, 

Yüklə 32,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə