Atamalar Izohi 1



Yüklə 28,25 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#147909
1   2   3
mt

4

Sxolastıka

Sxolastika (yunoncha: scholastikos — maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi diniy falsafa. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada taraqqiy etgan. U ilohiyotaqida asoslarini ratsionalistik metodika va formal mantiq masalalari ("masala talashish") bilan bogʻlaydi. S.ning asosiy maqsadi — dinni ximoya qilish. Sxolastlar Platon, Aristoteliing taʼlimotlarni oʻz maqsadlariga moslashtirib, xristianlik aqidalarini asoslash yoʻlida talqin etishgan. S. bir necha davrga boʻlinadi. Ilk S (11 —12-asrlar) Ioann Skot Eriugena, Anselm Kenterberilik taʼsirida boʻlgan. Xudoni tabiat bilan, yaratuvchini yaratilgan bilan aynanlashtirish Eriugena taʼlimotiga xos edi. Shu sababli cherkov hukmdorlari Eriugena kitoblarini "soʻnggi nusxasigacha yoqib tashlash"ga fatvo berishgan. Universaliyalar xususidagi bahsda sxolastik realizm (Gilom)ga nominalizm (Rosselin), shuningdek, konseptualizm (Abelyar) qaramaqarshi turadi. Yetuk S. (12— 13-asrlar) Buyuk Albert va Foma Akvinskiyning xristian aristotelizmi va averroizm (Siger Brabantskiy va boshqalar) boʻlib, u asosan Parij universitetida keng yoyilgan. Keyingi S. (13—14-asrlar) vakillari — Ioann Dune Skot, U. Okkam. S.ga Uygʻonish davri gumanistlari qarshi chiqqanlar. Ularning taʼsirida S. oʻzining mafkuradagi ustuvor mavqeini yoʻqota boshladi. S.ning yangidan jonlanishi, ayniqsa, Ispaniyada jonlanishi (16—17-asrlar, F. Suares, M. Molina) kontrreformatsiya bilan bogʻliqdir. Koʻchma maʼnoda S. — hayotdan ajralib qolgan, behuda, mavgʻum fikr yuritish.

5

Uyg‘onish davri falsafasi

G’arbiy Yevropada Uyg’onish davri deb atalgan davr XIV-XV asrlarni o’z ichiga qamrab olgan va Yevropa madaniyatining eng buyuk davri deb hisoblanadi. 
Bu davr olamga Nikolay Kuzanskiy, Mishel Monten, Leonardo da Vilgi, Dj. Bruno, va ko’pgina boshqa buyuk mutafakkirlar va daholarni berdi. 
Falsafa tarixida Uyg’onish davrining ahamiyati mavzusida mashhur rus 
tadqiqotchisi Gorfunkel quyoshdagi fikrlarni bayon etadi. Uning fikricha Gegel va Vindelband bu davrni o’rta asr sxolastik falsafasidan G’arbiy Yevropaning yangi davr falsafasiga o’tish davri deb hisoblaydilar va faqat uyg’onishga xos bo’lgan maxsus xususiyatlar va buyuk kashfiyotlar haqida batafsil to’xtab o’tmaydilar. 
Mashhur ingliz faylasufi B. Rassel esa uyg’onish davri falsafasini o’rta asr 
metafizik naturfalsafa deb hisoblaydi va naturfalsafaga xos bo’lgan fantastik 
dunyoqarash elementlarini tanqid qilib o’tadi. Rassel fikricha Spinoza, Leybnits, 
Dekart ta’limotidagi ilmiy qarashlar, yangi davr falsafasiga asos solgan va bu 
falsafa uyg’onishning naturfalsafiy qarashlaridan ko’ra katta ahamiyatga ega. Gorfunkel Garen, Ch Vazzoli asarlarida uyg’onish davri falsafasi G’arbiy Yevropada yangi kapitalistik ijtimoiy-siyosiy tuzumning boshlanish davri deb hisoblanadi va tuzum o’tlishidagi feodal monarxiyalarga qattiq zarba bergan yangi 
iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltirgan madaniyat va ma’rifatni antik davr 
madaniyatiga o’xshash bo’lgan xususiyatlarini yuzaga keltirgan. 
Uyg’onish davrining buyuk geografik astrnomik, matematik kashfiyotlari bu davrda sayyoxatchilar tomonidan yangi erlarning ochilishi falsafiy dunyoqarash 
doiralarini benihoya kengaytirdi. Natijada bu davrning faylasuflari entsiklopedik 
bilimlarga ega bo’lgan olimlarga aylanishdi. Badiiy adabiyot, san’at,
xaykaltorshlikning rivojlanishi esa badiiy obrazli fikr yuritishga birinchi darajali 
ahamiyat berdi. 
Uyg’onish davri falsafasining markazida inson va koinot masalalari yotadi. 
Inson koinotni o’z ichiga jamlagani inson-mikrokosmos tushunchasida ifoda etadi.
Uyg’onish davri falsafasi birinchi darajali ahamiyatni inson masalasiga qaratdi va bu masalani insonning tabiatda egallagan o’rni va insonni tabiatga bo’lgan ta’siri bilan bog’ladi. 
Bundan tashqari Uyg’onish davrida astrologiya va magiya ham rivoj topdi.Buni biz N. Kuzanskiy va J. Bruno falsafiy qarashlarida ko’rishimiz mumkin. 
Uyg’onish deb nomlangan davr o’rta asrlarda unutilgan antik falsafiy va 
madaniy merosni qaytadan yuzaga keltirdi. Italiya shaharlarida neoplatonik, 
aristotelik va platonik ta’limotlarni Mandzolli, Fichino Papponadi, Bruno 
ta’limotlarida uchratishimiz mumkin. 
Uyg’onish davri falsafasi panteistik tusga ega, ya’ni tabiat puxatlantiriladi va tabiatda xudo tajalli etadi deb hisoblanadi. Bunday qarash tabiatni ilohiy va muqaddas kuchga aylantiradi. Kuzanskiy, Bruno, Mandzolle, Yakob Byome ta’limotlarida panteistik qarashlari bilan bir qatorda astrologiya va magiya bilimlariga xos bo’lgan elementlar mavjuddir. XX asrning oxirida falsafasida inson masalasi yana dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. 
Uyg’onish davri, Renessans – Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15- 
asrlar), G’arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot 
davri. “Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-ma’naviy yuksalish (14– 
16-a.lar)ga nisbatan qo’llanilgan, uni o’rta asrchilik turg’unligidan yangi davrga 
o’tish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib o’tib, insonni ulug’lash, 
uning iste’dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunon- 
rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, 
adabiyot va san’atda dunyoviy go’zallik, hayot taronalarini qizg’in kuylash; insonhurfikrlilik uchun kurashis. Buning natijasi o’laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulug’vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm-fan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va 
mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans g’oyalarining 
jarchilari bo’lib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, 
Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. 
Ammo Renessans, ya’ni Uyg’onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo 
madaniyatini yaxlit olib o’rgangan olimlarning ishlari shuni ko’rsatdiki, Osiyo 
markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9– 12-a.lar) ulkan madaniy ko’tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, 
adabiyot kuchli rivojlanib, ilg’or insonparvarlik g’oyalari jamiyat fikrini band 
etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida “Musulmon 
Renessansi” (A. Mets) yoki “Sharq Uyg’onishi” (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq uyg’onish davrida Yevropa uyg’onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo’shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. 
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik tsivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qadimgi davlatchiligi bo’lmagan xalqda uyg’onish davri 
ham bo’lmaydi. Markaziy Osiyoda 9–13 asrlarda o’z xalqining qadimiyatiga 
qaytish, Avesto falsafasini Qur’on ma’rifati bilan uyg’unlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf ta’limoti, “ishroq” falsafasida namoyon bo’lgan. Shu asosda turli nazariyalar, ta’limotlar yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. 
Tasavvufiyorifona ta’limotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va 
inson kamolotiga bo’lgan ishonchning nishonasi edi. uyg’onish davri vakillari 
dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga 
qarshi kurashganlar. 
Tafakkurdagi ikki: aqliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yo’nalish 
namoyandalari zohiran o’zaro kelishmay kelgan bo’lsalarda, amalda Yevropa uyg’onish davrida bo’lganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik 
(taqlidchilik) g’uboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli 
mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi. 
Sharq uyg’onish davri vakillari o’z xalqlarining qadimgi madaniyat bilan 
birga, yunon va hind xalqlari merosidan ham foydalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8–9-asrlarda arab tiliga tarjima qilindi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham o’z ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn al-Arabiyga ta’sir etib, “vahdatul vujud” falsafasiga turtki berdi. Biroq yunonlar ko’p fikrlarni 
qadimgi osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati: Abu Rayhon Beruniyning 
“Kitob at-tafhim li avoil sinoat attanjim” asari qo’lyozmasi (13 asr) yuksalishga 
shaylangan xalq o’z madaniyati va o’zigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni 
o’zlashtirib, yana yuksaklikka ko’tariladi. 
Sharq uyg’onish davri keng ko’lamli: ta’lim va tahlil, madrasa-maorif 
rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yig’ilgan, “xazinat ul- hikma”, “dor ul-ulum”larda tolibi ilmlar, ustoz-shogirdlar suhbati bardavom edi, 
olimning obro’-e’tibori yuksak qadrlandi. Sharq uyg’onish davri yutuqlari G’arbiy Yevropadagi uyg’onish davriga bevosita ta’sir etgan. Chunki 12–14-asrlarda 
musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida 
bu jarayon kuchli bo’lgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida o’qib 
o’rganganlar. Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, “Ash-Shifo”, Forobiyning “Ilmlar 
tasnifi”, Ahmad Farg’oniyning “Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami 
kitobi”, Muxammad Muso Xorazmiyning “Aljabr val muqobila”, Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm 
fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. “Tib qonunlari” 7 asr mobaynida 
Yevropa untiversitetlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd g’oyalari Italiya, Frantsiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino – 
Avitsenna, Ibn Rushd – Averroes, Ahmad Farg’oniy – Al Frageni, Abu Bakr Roziy Al Ramzats, Abu Ma’shar Balxiy – Albumazar degan lotincha nomlar ostida 
mashhur bo’lgan. “O’sha paytda (13–16-a.) jaholat changalidagi Yevropaning 
ko’pgina qismida musulmonlar ilm charog’ini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, 
shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shim., g’arbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon – rumo – arab urug’idan unib chiqqandir” (G.Gerder). Platon, 
Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. “Sharkliklar G’arbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar” (Gegel). 
Aniq fanlar va ularni o’rganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik 
ilmlari, dengizda suzish, harbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. 
“Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk... bu 
fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari bo’lib qoldilar” (G. Gerder). 
Yevropa uyg’onish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilm-fani, 
adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante “Bazm”, “Ilohiy komediya” asarlarida 
Ibn Sino va Ibn Rushdni o’z ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Axmad 
Farg’oniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning “Buyuk Temur” 
dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan. 


Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə