Dante aligyeri



Yüklə 70,49 Kb.
səhifə1/11
tarix29.11.2023
ölçüsü70,49 Kb.
#142174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilohiy komediya. Struktura. obrazlar tizimi


DANTE ALIGYERI

Dante Aligyeri (italyancha: Dante Alighieri; may 1265, Florensiya – 13/14 sentyabr 1321, Ravenna) – italyan shoiri. Kech oʻrta asrlar madaniyatining sintezi berilgan "Ilohiy komediya" yaratuvchisi. Qadimiy dvoryan naslidan. Dastlabki "Yangi hayot" (1292) asari sevgilisi Beatrichega bagʻishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 1290-yillar oxirida hukmron gvelflar partiyasi "oqlar" va "qoralar"ga ajralib chiqqach, Florensiyada hokimiyat "qoralar" qoʻliga oʻtadi. Oʻsha paytda Rimda boʻlgan "oqlar" vakili Dantening mol-mulki musodara etilib, oʻzi oʻlimga hukm etiladi. Shundan keyin Dante Florensiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat bilan shugʻullanmaydi. Dante falsafiy ruxdagi "Bazm" (1308), "Monarxiya haqida" (1313), "Yer va suv haqida" (1320) risolalarida gumanistik qarashlarni ilgari suradi, davrning muhim ijtimoiy-axloqiy muammolariga javob izlaydi. Jumladan, "Monarxiya haqida" asarida Dante butun jaxon monarxiyasini yer yuzidagi odamlarning farovonligini taʼminlaydigan adolatli davlat shakli sifatida himoya qiladi.




ILOHIY KOMEDIYA
"Komediya" Dante ijodining choʻqqisidir (1307–1321). Keyinchalik Bokachcho unga "Ilohiy" epitetini bergan. Dante vafotidan soʻng qoʻshilgan “ilohiy” soʻzi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Doston 3 qism ("Doʻzax", "Aʼrof", "Jannat") dan iborat. Har bir qismda 33 ta qoʻshiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi "Me'rojnoma" syujetini eslatadi. "Komediya" anʼanaviy diniy syujet asosida boʻlsada, undagi gumanizm magʻzini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. "Komediya"ning "Doʻzax" qismidagi 4-qoʻshiqda jahonning buyuk donishmand-lari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulugʻ mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olingan.
Qoʻshiqda qadimiy Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. "Aʼrof"da massagetlar malikasi Toʻmaris qahramonligi tasvirlangan. "Ilohiy komediya" badiiy yuksak boʻlishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yigʻilgan bilimlarning boy xazinasidir. "Ilohiy komediya" dostonining "Doʻzax" qismi oʻzbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978).


Yüklə 70,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə