Dante aligyeri


IV. Uchala yirtqichning omixtasiga mansub gunohkorlar



Yüklə 70,49 Kb.
səhifə10/11
tarix29.11.2023
ölçüsü70,49 Kb.
#142174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilohiy komediya. Struktura. obrazlar tizimi

IV. Uchala yirtqichning omixtasiga mansub gunohkorlar
Hozir Qoplon va Bo‘ri birlashdi (L+L=LL). Agar bunga Arslon ham qo‘shilsa, nima bo‘ladi (LL+L=?)? Unda jamiki gunohlarning eng buyugi yuz ko‘rsatadi. Ushbu gunohi kabira esa olamning eng chuqur qa’ridadir. O‘sha chuqurlikda – ko‘z yoshi daryosi Kotsitda qarindoshlariga xiyonat qilganlar (Kain qismida), vatani va maslakdoshlarini sotganlar (Antenorda), do‘stlari va yaqinlariga beoqibat kimsalar (Tolomeyada) to‘nggandir. Xiyonatkorlar qavati aynan shu yo‘sin tabaqalanib, oxiri Judekkada tugaydi. Chunki Ilohiyot va Insoniyat dushmanlari – Yuliy Sezarning qotillari bo‘lmish Brut va Kassiy, Isoga sotqinlik qilgan Iudayu barcha yovuzliklar manbai, tangriga qarshi chiqqan Lutsiferdan ham o‘tkazib mudhishroq gunoh qilish mumkin emas. Do‘zax ayni shu yerda nihoya topadi. Jahannamning mazkur o‘zagini Dante quyidagicha umumlashtiradi: Nafsu Yovvoyilik + Adovat = Firib + Mag‘rurligu Zo‘ravonlik = Xiyonat yoki (ac+bc)(d+e) = (ad+aye)(bd+be)(cd+ce) yoxud (“Lupa” + “Lonza”) “Leone” = LUCIFERO

XOTIMA

Vergiliy

Buyuk shoirning soyasi, Dantening ustozi va yo‘lboshchisi. Vergiliy Dantega jahannam doiralaridan qanday o‘tishni, qaysi yo‘lni tanlashni tushuntiradi. Dante bilan birga bo‘lib, uni Beatritsaga ishonib topshiradi.

Charon

Do‘zaxning birinchi doirasining qo‘riqchisi yoki vositachisi.

Minos

Do‘zaxning ikkinchi doirasining qo‘riqchisi, gunohlarning kattaligiga ko‘ra gunohkorlarni yo‘q qiladi.

Serberus

Do‘zaxning uchinchi doirasining qo‘riqchisi, gunohkorlarning terisini.

Plutus

To‘rtinchi doiraning qo‘riqchisi, bu erda gunohkorlar ziqnalik va isrofgarchilik uchun jazolanadi.

Flegiy

Do‘zaxning beshinchi doirasining qo‘riqchisi, gunohkorlarning ruhlarini Stygian botqog‘i orqali olib o‘tadi.

Fyurlar

Tisiphon, Megaera, Alekkto, do‘zaxning oltinchi doirasi ustida aylanib yuradi.


Yüklə 70,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə