Dante aligyeri



Yüklə 70,49 Kb.
səhifə5/11
tarix29.11.2023
ölçüsü70,49 Kb.
#142174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilohiy komediya. Struktura. obrazlar tizimi

IV. Xayr kuchlari
Shoirning o‘rmondan chiqishi jarayonidagi bir necha qarama-qarshi timsollarga urg‘u berib, ularning kurashi Xayr atributlarining foydasiga xizmat qilganini Dantening tashqi-moddiy va ichki-ruhiy holatida ko‘rgandik. Bu kurash endi quyidagi juftliklar aro davom etmoqda:
1 “Paura” [“Dahshat”] “Speranza” [“Umid”]
2 “Pelago” [“Dengiz”] “Sol” [“Quyosh”]
3 “La notte” [“Tun”] “Mattino” [“Tong”]
Ushbu keskinlikda avvalgidan farqli tarzda bu gal Xayr kuchlari ancha zaiflashdi. Garchi allaqachon kun chiqqan esa-da, zulmatga qayta itqitilgan Dante uchun endi buning ahamiyati yo‘q. Chunki hozir adib yuragidagi Umid Quyoshi so‘nay degandi. Va shu lahza-da o‘zini “…Padaru volidam langobardlardan, Vatandir Mantuya yurti alarga. Kech tug‘ilib Yuliy zamonida man, Nekbin Avgust mulki Rimda yashadim Puch, soxta ilohlar davrida chindan. Shoir edim,…” deya tanitgan elchi, Beatriche tomonidan shu yoqqa yo‘llangan dahoning ruhi namoyon bo‘ldi. Bu Aqlu zako timsoli Vergiliy edi. U o‘zini “Sen mening ustozim, adibimsan-ku!”, deb sharaflaguvchi Dantega necha-necha jonzotni yo‘ldan urgan o‘sha qashqirni ta’riflarkan, nafsning kasofati qandayligini uqtirdi. Pirning fikricha, “Lupa”ga – ochko‘zlikka faqat mamlakatni birlashtirguvchi imperatorlik ramzi – “Veltro” [“It”]gina barham beradi. Uning tavsifi esa quyidagicha.
Yaqin orada ikki shoir do‘zaxning uchinchi qavatidan o‘tayotganda esa Chakko Dantega yurt istiqboli haqida so‘zlab, ogoh ma’nosida shunday deydi: “…Ikki taqvodor bor, ularga ammo Hech kim quloq solmas. Ochko‘zlik, Kibr, Hasad – shu uch narsa doim bedavo”. Mazkur tersinada ifodalangan barcha illatlar – “Superbia” [“Takabburlik”], “Invidia” [“Hasad”] va “Avarizia” [“Ziqnalik, “Suqlik”]ning simvollari “Paura”, “Pelago” hamda “Sonno” ekanligi ma’lum. Bularning kushandasi esa Vergiliyning yuqoridagi so‘zlarida ta’kidlangan “Sapienza” [“Donolik”], “Amore” [“Muhabbat”] va “Virtute” [“Jasorat”]dir.
Barchaga ayonki, har qanday zo‘ravonligu mutakabbirlikni aql yordamida yengish mumkin. Yuzi qoralik (shahvatparastlik) va ichi qoralik (adovat) “Amore”ga yot. Tamagirligu xudbinlik ham “Virtute” oldida ojiz. Vergiliy ta’kidlagan “Tozi it” [“Veltro”] esa qalbni Muhabbat-la to‘ldirib, Vergiliy va Dantening Yovvoyi, Xudbin Nafs – Qashqir parchalab tashlagan vatani, dunyo mamlakatlarining gultoji Italiyani Donolik hamda Jasorat quvvati-la birlashtirajak, O‘pqonu Dahshatu G‘aflatdan xalos etajak.


Yüklə 70,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə