Atom massa. Molyar massa. Modda miqdori va massa Reja



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/37
tarix13.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#149439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list

2Ar (H ) = 2 • 1,00797 = 2,01594
Ar(O) = 1 • 15,9994 = 15,9994
Mr(H2O) = 2,01594 + 15,9994 = 18,01534
Demak, suvning molekular massasi 18,01534 ga yoki yaxlitlaganda 18 ga teng. Nisbiy molekular massa berilgan modda molekulasining mas­sasi 12C atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, suvning molekular massasi 18 ga teng. Bu degan so‘z, suv molekulasining massasi 12C atom massasi­ning 1/12 qismidan 18 marta katta demakdir. Nisbiy molekular massa — moddalaming asosiy xarakteristikalaridan biridir.

ATOM MASSANI ANIQLASH USULLARI


1.Avogadro qonuni oddiy gazlar tarkibiga kiradigan atomlarning massalarini topishga imkon beradi.Ko’p gazlar ikki atomli bo’lgani uchun ,atom massani topishda molekulyar massa 2 ga bo’linadi.
2.Atom massani aniqlash italiyalik olim S.Kannisaro tomonidan taklif etilgan bo’lib, mokekulyar massasi aniqlanishi kerak bo’lgan moddaning imkoni boricha ko’proq uchuvchan birikmasi yoki gaz holatda bo’lgan hosilasi olinadi.
Kannisaro usuli bo’yicha uglerodning atom massasini aniqlash

Birikmalar

Molekulyar
massasi

Uglerodning
Massa %

1 ta molekuladagi
Uglerodning massasi,a.u.b.

CH4

16

75,00

12

CO

28

42,85

12

CO2

44

27,27

12

C2H2

26

92,31

24

C6H6

78

92,31

72

Uglerodning atom massasi 12 a.u.b. ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bu usulning kamchiligi shundaki, usul faqat gaz moddalarning yoki oson bug’lanuvchan moddalarnigina molekulyar massasini tajribada o’lchab so’ngra elementning atom massasini topishga imkon beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə