Atom massa. Molyar massa. Modda miqdori va massa Reja


Oddiy moddalarning qattiq holda solishtirma issiqlik sig’imini o’lchash



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/37
tarix13.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#149439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list

3.Oddiy moddalarning qattiq holda solishtirma issiqlik sig’imini o’lchash orqali atom massani aniqlash(P.L.Dyulong va A.Pti,1819 y.). Juda ko’p har xil metallar uchun qattiq holatda molekulyar issiqlik sig’imi deyarli bir xil ekanligi aniqlangan.O’rtacha bu qiymat 26J /(mol*K ekanligi topilgan.
1 mol atom moddaning haroratini 1 oC oshirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori atom issiqlik sig’imi deyiladi.
A= 26/Catom
A- element atom massasi;
Catom- elementning atom issiqlik sig’imi.

  1. Agar elementning mol ekvivalent massasi ma’lum bo’lsa uning atom massasini aniqlash mumkin.

E=A/V; A=E*V

Nisbiy molekular massa


Moddaning tabiiy izotoplar tarkibidagi molekulasi o‘rtacha
massasining uglerod atomi )2C massasining 1/12 qismiga nisbati-
ga teng qiymat moddaning nisbiy molekular massasi M. deyiladi.
Nisbiy molekular massa son jihatdan modda molekulasi tarki-
biga kiradigan barcha atomlar nisbiy atom massalarining yig‘indisiga
teng. Uni moddalarning formulasidan oson hisoblab topish mum¬
kin*. Masalan, Mr (H20) quyidagicha topiladi:
2A..(H) — 2 • 1,00797 - 2,01594
Ar (0) = 1 • 15,9994 = 15,9994

Mr(H20) =18,01534
Demak, suvning molekular massasi 18,01534 ga yoki yaxlitla-
ganda 18 ga teng.Nisbiy molekular massa berilgan modda molekulasining mas¬
sasi l2C atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekan-
ligini ko‘rsatadi. Masalan, suvning molekular massasi 18 ga teng.
Bu degan so‘z, suv molekulasining massasi l2C atom massasi¬
ning 1/12 qismidan 18 marta katta demakdir. Nisbiy molekular
massa — moddalarning asosiy xarakteristikalaridan biridir.
Elementlarning nisbiy atom massalari
Nazariy va amaiy fizika xalqaro ittifoqi va nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqlarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, avval qo‘llanilib kelgan fizik shkala bo‘yicha "atom massasi" hamda, kimyoviy shkala bo‘yicha "atom massasi" tushunchalari o‘rniga, yagona, "nisbiy atom massasi" tushunchasi bilan almashtirildi. Fizik shkala bo‘yicha atom massasi asosiga 16O kislorod izotopining atom massasi qabul qilinib, u 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasi uchun, kislorodning tabiiy izotoplarining aralashmasining 16O (99.759%), 17O (0.037%), 18O (0.204%) atom massasi - u ham 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasining son qiymatlari, fizik shkalaga nisbatan, 1.000275 marta kichikroq edi.
Nisbiy atom massasi uchun asos qilib, 12C uglerod atomining massasi qabul qilingan bo‘lib, u 12 ga teng. Bu ba'zan uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasi ham deb yuritiladi. Uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasining qiymatlari, kimyoviy shkaladagiga nisbatan 1.000043 marta kichik.
Quyidagi jadvalda, yer sharoitida mavjud elementlarning, shuningdek, sun'iy usulda olingan elementlarning ham nisbiy atom massalarining tavsiya etiladigan qiymatlari keltirilgan. Ko‘plab elementlarning atom massaslarining qiymatlari, natijaviy moddaning kelib chiqishi yoki, uning qayta ishlash usuliga bog‘liq. Shu sababdan, "izoh" ustunida quyidagi harfiy belgilar qo‘llanildi:
"a" harfi bilan - kelib chiqishi turlicha bo'lgan moddalardagi izotop tarkibining turlicha ekanligi sababli, nisbiy atom massasining yanada aniqroq o‘rnatish uchun qiyinchilik tug‘diradigan moddalar; jadvaldagi shunday belgi bilan izohlangan barcha elementlar uchun keltirilgan qiymatlarni, kelib chiqishi yerga oid bo'lgan barcha moddalar uchun tadbiq etish mumkin;
"b" harfi bilan - anomal izotop tarkibiga ega geologik namunalari aniqlangan elementlar belgilangan bo‘lib, bunday elementlarning turli namumalari uchun jadvalda keltirilgan nisbiy atom massalarining qiymatlari farqqa ega bo‘lishi mumkin;
"c" harfi bilan - elementning jadvalda keltirilgan nisbiy atom massasi qiymati va sanoatda qo‘llaniladiigan moddalar uchun belgilangan qiymatlari orasida o‘zaro farq bo‘lish mumkin;

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə