Atom massa. Molyar massa. Modda miqdori va massa Reja


OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING AHAMIYATI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə13/37
tarix13.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#149439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list

OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING AHAMIYATI
REJA.
1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nazariyasi.
2. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.
3. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi.
4. Elektroliz jarayoni va uning qo’llanilishi.
5. Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi.

Yangi darsning bayoni:
1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nazariyasi.
Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikki turga bo’lish mumkin. Ularning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajalari o’zgarmaydigan reaksiyalar kiradi, masalan:
H+N+5O3-2 + Na+O-2H+ = Na+N+5O3-2 + H2+O-2
Ba+2Cl2- + K2+S+6O4-2 = Ba+2S+6O4-2  + 2K+Cl-
Ikkinchi turga reaksiyaga kirishayotgan moddalar atomlarining oksidlanish darajalari o’zgaradigan reaksiyalar kiradi, masalan:
2K+Cl+5O3-2 = 2K+Cl- + 3O20 ; 2K+Br- + Cl20 = 2K+Cl- + Br20
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

  1. Atom, molekula yoki ionning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi, masalan, Al0 – 3e- = Al+3 Fe+2 – e- = Fe+3

H20 – 2e- = 2H+ 2Cl- -2e- = Cl20
Oksidlanishda oksidlanish darajasi o’zgaradi.

  1. Atom, molekula yoki ionning elektronlar biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi, masalan,

S0 + 2e- = S-2 Cl20 + 2e- = 2Cl- Fe+3 + e- = Fe+2
Qaytarilishda oksidlanish darajasi kamayadi.
3. Elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ionlar qaytaruvchilar deyiladi. Reaksiyalar vaqtida ular oksidlanadi. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ionlar oksidlovchilar deyiladi. Reaksiyalar vaqtida ular qaytariladi.
4. Oksidlanish hamma vaqt qaytarilish bilan birga sodir bo’ladi va aksincha,
qaytarilish doimo oksidlanish bilan bog’liq.
Qaytaruvchi – e- Oksidlovchi Oksidlovchi + e- Qaytaruvchi
Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə