Shaxs psixologiyasi



Yüklə 428,18 Kb.
səhifə1/2
tarix05.10.2023
ölçüsü428,18 Kb.
#125836
  1   2
Interval va eksternal lokus nazorati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

IPAK YO'LI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

SHAXS PSIXOLOGIYASI”


Fanidan
mustaqil ISH

MAVZU: Interval va eksternal lokus nazorati

Ta’lim yo’nalishi:_________________
Bajardi: ___________ guruh talabasi
_________________________________
Qabul qildi:

OLMALIQ-2023 YIL






Reja:

Kirish
Lokus Nazorati
Internal va eksternal daraja
Xulosa

Ushbu mustaqil ishda subyektiv nazorat ya’ni lokus nazorati tushunchasi, uning shaxs hayotidagi beqiyos o‘rni, shuningdek, lokus nazorati darajasini aniqlashga qaratilgan metod yoritib berilgan, hamda yuqori sinf o‘quvchilarining subyektiv nazorati o‘rganilib, natijalari tavsiflandi va tahlil qilindi. Subyektiv nazorat darajasi o‘z-o‘zini anglashning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, ijtimoiy o‘zaro ta’sirning keng doirasida xulq-atvor reaksiyalarining xususiyatlarini belgilaydi va mas’uliyat hissi, faoliyat darajasi va hayot sharoitlariga ta’sir darajasida namoyon bo‘ladi.


KIRISH
Lokus Nazorati (lotincha locus - joy, manzil va fransuzcha controle – nazorat, tekshirish) – shaxsning o‘z faoliyati natijalarini va mas’uliyatni tashqi omillarga (tashqi lokus nazorati)ga yoki ichki omillarga va qobiliyatlari (ichki lokus nazorati)ga yuklashdir. Lokus nazorati muammosi psixologiya, falsafa, sotsiologiyaning turli bo‘limlarida o‘rganiladi. Subyektiv nazorat yoki lokus nazorati tushunchasi 1954-yilda amerikalik psixolog Julian Rotter tomonidan psixologiyaga kiritilgan bo‘lib, insonning hayotdagi narsa va hodisalar, voqealar va faoliyati natijalarini tashqi omillarga (eksternal, tashqi lokus nazorati) yoki ichki omillarga (internal, ichki lokus nazorati) yuklashi deb tushuniladi. Lokus nazorati "irodali harakatni nazorat qilishning lokalizatsiyasi"deb ham ataladi . Internallarning quyidagi xususiyatlarini aytib o‘tish mumkin: optimizm, o‘ziga ishonch, xayrixohlik, sotsializm, qat’iyatlilik. Eksternal lokus nazorati qarama-qarshi xususiyatlarga ega: mustaqillikning yo‘qligi, ishonchsizlik, shubha. Ushbu xususiyatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng, tashqi lokus nazorati faqat salbiy xususiyatga ega bo‘lib, ichki lokus nazorati esa ijobiy tomonlarni qamrab olgan degan fikr paydo bo‘lishi mumkin. Internalning yuqoridagi barcha afzalliklari subyektning fikriga asoslanib, hayotdagi hamma narsa va hodisalar uning o‘ziga bog‘liqligidir. Bu mas’uliyat nafaqat yutuqlar sohasiga, balki muvaffaqiyatsizliklar sohasiga ham tegishli. Insonning hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tish qobiliyati ham uning lokus nazoratiga bog‘liq. Internal lokus nazoratida depressiya holatining rivojlanishiga qarshi himoya mexanizmi mavjud bo‘lib, tanadagi somatik kasalliklarni davolash bilan ijobiy holda o‘tadi. Internallar tashqi ijtimoiy ta’sirlarga qarshilik ko‘rsata olishadi. Internallarning qarorlari atrofdagi odamlarning fikrlaridan mustaqildir. Eksternalning moslashuvchanligi axborot manbai maqomiga bog‘liq. Manba maqomi qanchalik baland bo‘lsa, eksternallar shuncha fikrlarini o‘zgartiradi. Internallarning fikriga axborot maqomi deyarli ta’sir qilmaydi. Internallar o‘zlarining baxtsizliklari ustida keskin salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirmaydilar, umumiy erishilgan yutuqlar va hayot darajasini tezda tiklaydilar. Yuqorida tavsiflangan subyektiv nazorat turlarining har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Tashqi lokus nazoratiga ega bo‘lgan kishilar apatiya, mas’uliyatsizlik, infantilizm va nochorlikni his etadilar. O‘ziga talabning kuchayishi, shuningdek, hamma narsa va hodisalarni nazorat qilish istagida bo‘lgan internallar sezilarli darajada depressiya va boshqa psixik kasalliklarga duch kelishlari mumkin.
G‘arb mamlakatlarida lokus nazoratini o‘rganish mobaynida bir qator olimlar lokus nazoratini o‘lchashga qaratilgan metodlarni yaratdilar. Ularning eng mashhurlaridan biri bu Amerika psixologiyasida va hozirgi kunda butun dunyo psixologiyasida keng qo‘llaniladigan metod "J.Rotter shkalasi" deb ataladi. Rotter lokus nazoratini aniqlashga mo‘ljallangan maxsus shkalani ishlab chiqdi hamda tashqi va ichki nazorati bo‘lgan odamlarning munosabati va xatti-harakatlarini o‘rgandi. Shunga ko‘ra, J.Rotter lokus nazoratining ikki turini belgilab o‘tadi: eksternal va internal. "Subyektiv nazorat darajasi" metodi hozirgi kunda insonning xatti-harakatlarini boshqarish va o‘zini o‘zi boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarini, dunyoqarashi va hayotiy pozitsiyalarini, o‘ziga xos shaxsiy munosabat va moyilliklarni o‘rganish uchun keng qo‘llaniladigan metoddir. J. Rotter shkalasining yakuniy shakli 29 ta bandni o‘z ichiga oladi. Ularning har biri ikkita qarama-qarshi hukmdan iborat bo‘lib, biri ichki - internal bo‘lsa, ikkinchisi esa tashqi - eksternal tiplardir. Tadqiqotlar davomida ma’lum bo‘ldiki, odamlar hayot sharoitlarini nazorat qilish qobiliyatlariga qarab, dunyoga yondashuvlari va munosabatlarida farqlanadi. Tashqi lokus nazorati bilan ichki lokus nazoratini ajratib turadigan asosiy farqlardan biri bu ularni qamrab oluvchi atrof-muhitga nisbatan turli xil qarashlarida va atrof-muhit haqida ma’lumot izlashning turlicha ekanligidadir. Aytib o‘tish mumkinki, eksternal - tashqi lokus nazorati holatga yo‘naltirilgan bo‘lsa, internal – ichki lokus nazorati natijaga yo‘naltirilgan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, lokus nazorati shaxsning umumiy faoliyati xarakteri sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu teoriya K. A. Abulxanova fikricha, ikkita tarkibiy qismdan iborat: tashabbus darajasi va mas’uliyat darajasi Subyektiv nazorat darajasi ya’ni SND metodi nafaqat internallik va eksternallikning umumiy darajasi ( И.О shkalasi )ni aniqlash, balki lokus nazoratini olti maxsus bo‘limlarini baholash imkonini beradi.
Oltita maxsus bo‘lim: yutuqlar munosabati (И.Д), muvaffaqiyatsizlikka munosabat (И.Н), oilaviy munosabatlar (И.С), ishlab chiqarish munosabatlari (И.П) shaxslararo munosabatlar (И.М) va sog‘liq va kasallik munosabatlari (И.З). Turli o‘lchovdagi ko‘rsatkichlar sezilarli darajada shaxsda farq qilishi mumkin. Tadqiqot maqsadi o‘spirin yoshlarning subyektiv nazorat darajasini aniqlash va tahlil qilish. O‘spirin yoshdagi respondentlarning lokus nazorati xususiyatlarini aniqlash maqsadida УСК yoki SND subyektiv nazorat darajasi metodikasi o‘tkazildi. Tadqiqot obyekti sifatida maktabning 11 – sinf o‘quvchilari olindi. Respondentlarning umumiy soni 60 nafar bo‘lib, ulardan o‘g‘illar - 53 % ni, qizlar esa - 47 % ni tashkil etdi. Respondentlarning o‘rtacha yoshi 16 – 17 yoshni tashkil etdi. Shaxsiy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda respondentlar tadqiqot mobaynida shaxsiy rivojlanishning so‘nggi bosqichida edilar. Tadqiqot davomida olingan raqamli ma’lumotlar hisoblangan standart ballarning matematik o‘rtacha ko‘rsatkichlari quyidagicha natijani ko‘rsatdi. Natijalar 1 – jadvalda keltirilgan

Shunday qilib tadqiqotda o‘rtachadan yuqori (internal) darajalarda И.Д, И.М, И.З shkalalari ustunlik qildi. Subyektiv darajasining o‘rtachadan past (eksternal) darajasida И.О, И.Н, И.С, И.П shkalalari joylashdi. Ma’lum shkalalar subyektiv nazoratning o‘rtachadan past darajada joylashgani normal holat hisoblanadi. Namunadagi o‘rtacha ballar subyektlarning qaysi foizi yuqori darajadagi internallikka ega ekanligini va qaysi biri past darajadagi internallikka egaligini hukm qilishimizga imkon bermaydi. Shu bilan birga, bu natijalar nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu natijalar asosida turli xil psixologik xususiyatlarga ega kichik guruhlar bilan ishlashda ularga nisbatan to‘g‘ri samarali metodlarni tanlashga imkon beradi. Tadqiqot natijalarini batafsilroq tahlil qilish maqsadida respondentlarni yuqori, o‘rta va past darajadagi shkalalarga bo‘ldik. Tadqiqot natijalari 1- diagrammada ko‘rsatilgan


Respondentlarning ¾ qismi umumiy munosabatlar shkalasida o‘rta daraja ya’ni 73,8 % natijani berdi. Maxsus shkalalar masalasiga kelsak, aksariyat respondentlar o‘rta natijani ko‘rsatishdi. Natijada aksariyat respondentlar internallik va eksternallik xususiyatlari jihatidan qay darajada bo‘masinlar o‘zlarini qulay darajalarining qulay zonalarida his qiladilar. Keling, qolgan natijalarni ko‘rib chiqsak. Respondentlarning ¼ qismi internallikning past darajasini ko‘rsatdi. Ya’ni ularning fikricha hayotdagi aksariyat hodisalar atrofdagi odamlarga bog‘liq deb hisoblashadi. Ularda yuqori xavotirlilik, o‘z xatti - harakatlarining oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdan bosh tortish holatlari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida o‘z muvaffaqiyatsizliklarida boshqa odamlarni ayblash xususiyatlarini kutish mumkin. Respondentlarning atigi 3 %i internallik darajasini aniqlashga qaratilgan metodikada yuqori natijani ko‘rsatdi. Ularning fikricha barcha narsa va hodisalar sababchisi manbai o‘zlari hisoblanishadi. Ularda o‘z fikrlarini mustaqil bayon qilish va maqsadga intiluvchanlik xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.


Ma’lumki, subyektiv nazorat darajasi dinamik xususiyatlardan bo‘lib, yosh o‘tishi va atrof-muhit ta’siri, shuningdek, tarbiya ta’sirida o‘zgaradi.
XULOSA

Tadqiqot bizga quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi: o‘spirinlardan olingan subyektiv nazorat darajasini aniqlash metodikasi o‘spirinlarning umumiy internallikni o‘rta darajasini ko‘rsatdi. Shuningdek, tadqiqotlarga asoslanib, o‘rta darajadagi ko‘rsatkichni oilaviy va shaxslararo munosabatlarda ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqot natijasidan kelib chiqib, respondentlar oilaviy va shaxslararo munosabatlarda ma’suliyatlarini, shuningdek, xatti – harakat natijalarini tashqi omillarga yuklash darajasining pastligini aytib o‘tishimiz mumkin. Respondentlarimiz ko‘rsatgan shaxslararo munosabatlardagi yuqori internallik darajasi bizga o‘spirinlar tomonidan g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etish xavfining pastligini taxmin qilish imkonini beradi. Internallikning past darajasi esa muvaffaqiyatsizlikka munosabatlar shkalasida namoyon bo‘ldi. Ya’ni respondentlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlarida internallikning past darajada ekanligini hamda respondentlarda eksternallik xususiyatlari namoyon bo‘lishini kuzatishimiz mumkin.





Yüklə 428,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə