Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1-§. Atom tuzilishining modellari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə7/14
tarix28.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#107341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1

4.7-§. Yadro zaryadini o‘lchash

Rezerfordning formulasida ((4.13) formula) Z dan boshqa barcha kattaliklar qiymati ma’lum yoki tajribada o‘lchash mumkin. Shuning uchun (3.13) formula sochuvchi yadro zaryadi Z soni elementning Mendeleev elementlar davriy sistemasida joylashgan tartib raqamiga teng. Bu esa elementlarning davriy tizimda atom massasining ortishiga qarab emas, balki element atomi zaryadi Ze ning ortishiga qarab jrylashganligini ko‘rsatadi Z ni aniqlash borasidagi tajribalar Chadvik tomonidan o‘tkazilgan. Haqiqatdan ham fluoressensiyali ekranga tushayotgan alfa-zarralar hosil qilgan ssintillyasiyalar soni N ni va burchakka sochilgan alfa-zarralar hosil qilgan ssintillyasiyalar soni dN ni sanash orqali




=dN/N

90


4.8-rasm
kattalikni aniqlash mumkin. Rezerford formulasining o‘ng tomoniga esa aniq bo‘lgan kattaliklar (n,e) yoki tajribada aniqlanishi mumkin bo‘lgan kattaliklar (M,2,) kiradi. Shunday qilib, Z ni topish uchun ekranga kelib tushgan alfa-zarralar soni N va ekranda hosil bo‘lgan ssintillyasiyalar (chaqnashlar) soni dN ni aniqlash kerak. dN va N larni o‘lchashdagi qiyinchilik, ularning bir-biridan katta farq qilishidir. Dastlabki tajribalarda ular turli qurilmalarda o‘lchandi, bu


esa katta xatoliklarga olib keldi. Chadvik tajribalarida bu kamchiliklar bartaraf qilindi. Chadvik dN va N larni bir tajriba qurilmasida sanadi (4.8-rasm). Shuning uchun Z ni yuqori aniqlikda o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi.


Chadvik tajribasi quyidagicha: sochuvchi folga zar qog‘oz AA' xalqa shakliga ega. Alfa-zarralar manbai R va rux sulfididan (ZnS) yasalgan fluoressensiyalanuvchi S ekran AA' xalqadan bir xil r masofada joylashtirilgan. Ma’lum bir burchakda sochilgan alfa-zarralar soni sanaladi. Bu burchak RS o‘q bilan R manbadan chiqib folgaga kelayotgan alfa-zarralar yo‘nalishi orasidagi burchakdan ikki marta katta bo‘lishi kerak. Xalqa ichida R va S orasiga alfa-zarralar uchun tiniqmas ekran qo‘yib faqat sochilgan alfa-zarralar soni dN ni sanash mumkin, aksincha AA' xalqani ekran bilan yopib, tushayotgan alfa-zarralar soni N ni sanash mumkin. Tushayotgan alfa-zarralar soni N juda katta bo‘lgani uchun uni sanash qiyin. Masalan, sochilgan-zarralarning chaqnashlari soni minutiga 30 ta bo‘lishi uchun tushayotgan -zarralarning soni N minutiga 2000 ga teng bo‘lishi kerak. Shuning uchun S ekran oldiga kichik tirqishi bo‘lgan aylanuvchi disk qo‘yiladi. Disk yordamida ekrandagi ssintillyasiyalar sonini bir necha marta kamaytirish mumkin. Shunday yo‘l bilan Chadvik platina, kumush, mis elementlari uchun Z ning qiymatini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi: Pt (platina) uchun Z=77,4; Ag (kumush) uchun Z=46,3 va Cu (mis) uchun Z=29,3. Bu elementlarning


91
D.Mendeleev davriy tizimidagi o‘rni tegishlicha 78; 47 va 29 ga tengdir. Chadvik tomonidan o‘tkazilgan bunday tajriba yadro zaryadi soni elementning D.Mendeleev elementlar davriy tizimidagi tartib raqamiga teng ekanligini ko‘rsatdi.





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə