Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1-§. Atom tuzilishining modellari


-§. Atom planetar modelining klassik fizika tasavvurlariga mos kelmasligi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə6/14
tarix28.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#107341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1

4.6-§. Atom planetar modelining klassik fizika tasavvurlariga mos kelmasligi

Atom tuzilishini tushuntirishda muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsada, fiziklar oldida ayrim qarama-qarshiliklarni oydinlashtirish vazifasi turar edi. Masalan, klassik elektrodinamika qonunlariga asosan:


1. Atomning planetar modeliga ko‘ra, elektronlar yadro atrofida yopiq orbitalarda markazga intilma tezlanish bilan harakatlanadilar. Klassik fizika nuqtai nazarida elektronlar uzluksiz ravishda elektromagnit to‘lqinlar nurlashi kerak. Natijada elektronning energiyasi nurlanishga sarflanib asta-sekin kamayib boradi, bunda elektronlar orbitasi


ham uzluksiz kichrayib boradi. Bu vaqtda elektron juda qisqa vaqtda (10–8s) yadroga tushib qoladi (4.7-rasm), bunda atom buziladi, uning barqarorligi yo‘qoladi. Bunday bo‘lishi esa mumkin emas. Demak, klassik fizika nuqtai nazarida


89
atom planetar modeli tuzilishida mavjud bo‘la olmaydi. Planetar model atomning barqarorligini tushuntira olmaydi.


2. Klassik fizika nuqtai nazaridan atom nurlaydigan energiya chastotasi elektronning yadro atrofida orbita bo‘ylab aylanish chastotasiga teng bo‘lishi kerak. Bunda atom chiqaradigan nurlanish energiyasi spektri uzluksiz bo‘ladi va elektron yadro atrofida mumkin bo‘lgan barcha orbitalarni chizadi. Bu vaqtda atomlar juda qisqa vaqt oralig‘ida buzilishi kerak. Bu ko‘rilgan har ikki mulohaza ham tajriba natijalariga ziddir. Tajriba natijalari atomning barqaror tizim ekanligini, atom spektrlari diskret energiyali spektral chiziqlar to‘plamidan iborat bo‘lgan chiziqli diskret spektr ekanligini, atomdagi elektron orbitalar diskret ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, bir tomondan Rezerford tajribalari atom tuzilishining planetar modelini tasdiqlaydi. Ikkinchi tomondan atom planetar modeliga va klassik fizika tasavvurlariga asoslanib, tajribada kuzatilgan bir qator natijalar va qonuniyatlarni tushuntirib bo‘lmaydi. Planetar model atomning barqarorligini va atom nurlanish spektrlarining diskretligini tushuntira olmadi, ya’ni atomning energiya chiqarish va yutish jarayonlarini tushuntira olmadi. Bunday qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun fizikaga yangi tushunchalarni kiritish talab qilinar edi. Bunday tushunchalar 1913-yilda daniyalik fizik Nils Bor tomonidan kiritildi.





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə