Atrof-muhitni qadrlash



Yüklə 17,82 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü17,82 Kb.
#165995
1   2   3   4   5   6   7
ATROF-MUHITNI QADRLASH

Keyingi paytlarda insoniyatning rivojlanishi juda tezlashdi. Sayyora aholisi tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Sivilizatsiya ochko‘zlik bilan tabiiy zahiralarni yutib yubormoqda va tashqi muhitga sezilarli o‘zgarishlar olib kelmoqda. Inson ta’siri ostida amalga oshirilayotgan katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, yaylov sifatida tabiiy manbalarning yo‘qolishi, o‘rmonlarning kesib yuborilishi, katta kanal va platinalar qurilishi, sug‘orish tizimlari, tog‘larda foydali qazilmalarni izlash, tuproq eroziyasi, o‘g‘itlar, pestitsidlarning qo‘llanilishi, meliorativ tadbirlar, tuproq, atmosfera va suvlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabi ishlar tabiatga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yer biosferasining hayot tizimini yomon tomonga o‘zgartirmoqda. Bunday o‘zgarishlar inson hayoti uchun xavf-xatar tug‘diradi, juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ular, shuningdek, tabiiy zahiralarning o‘ylanmasdan sarflanishi barcha tirik organizmlarni halokatga eltadi.

Sivilizatsiyaning boshlang‘ich davridan boshlab inson tashqi muhitni o‘zgartirishga harakat qildi va sayyora ekotizimining tabiiy xazinasiga kirib olishga jur’at qildi. Quruq cho‘plar yordamida olov yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy chirindi o‘rniga anorganik modda hosil bo‘lgan. Uzoq vaqtlar qobiliyati ancha cheklangan inson tabiatga jiddiy zararli ta’sir ko‘rsata olmadi.

U o‘ziga ozuqa va olov topishga uringan neolit davridan boshlab tabiatni o‘zgartira boshladi va uning biosferaga ta’siri ham aynan shu davrdan boshlandi. To‘g‘ri, bu davrda inson tabiatga nisbiy ravishda ta’sir ko‘rsatayotgan edi. U yoqqan olov atrofga tarqalib, yaqin o‘rtadagi o‘t-o‘lanlarni nobud qilar, bu esa hayvonlarning to‘yib oziqlanishga dastlabki to‘siq edi. Bora-bora odamzot hayvonlarni quvib, haydab, o‘ldirib, tabiat yoki tashqi muhitning o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatishga kirishdi.

XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga va

vazifasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilganini ko‘rib turibmiz.


Yüklə 17,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə