Atrof muhitning ifloslanishi global ekologik muammo


Havo muhitining Ifloslanishi



Yüklə 5,23 Mb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü5,23 Mb.
#128603
1   2   3   4
1-variant 2chisi ekologiya

Havo muhitining Ifloslanishi. Ma'lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir. Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik organizmlar (o'simliklarvahayvonlar) hamdajonsiz tabiat — mineral jinslar o'rtasidagi uzluksiz modda — energiya almashinish jarayonlarini amalga oshishini ta'minlaydi. Havo muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi. Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini, davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman, bunga chidashi ham mumkin emas.
  • Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi tabiiy jarayonlarni talab darajasida amalga oshishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birgina misol, har yili qayta-qayta takrorlanib turadigan yil fasllari, ularning o'ziga xos ob-havo, yog'in-sochini va boshqa iqlimiy ko'rsatkichlarning namoyon bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir. Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o'xshash texnogen omillar vujudga kelib, ularning faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz, iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi. Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib, quyosh nurlari vositasida, har xil kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni sodir etub, yanada xavfli kimyoviy birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan qorlar, «Ozon yorig'i» va "Atmosfera dimiqishi" kabi muammolar aynan shunday o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari nihoyatda ko'p bo'lgan Ovro'pa shaharlari havo muhitida kuzatiladigan achchiq (ko'zni yoshlantiruvchi) qora-qurum tutun (smog) lar ham havoga chiqarib yuborilayotgan zaharli gaz moddalari va ulardan hosil bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi.
  • Suv muhiti va uning ifloslanishi. Tabiatda iste'molga yaroqli suv manbalari va ulardagi suv miqdorlari chegaralangan. Bu haqda oldin ham gap borgan edi. Mavjud bo'lgan manbalari ham turli oqava va chiqit moddalar aralashishi tufayli ifloslanmoqda. Hozirgi davrda dunyo miqyosida, ichimlik suv tanqisligi muammosi yuzaga kelgani ham ko'pchilikka yaxshi ayon. Respublikamiz va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida ham shunday muammo mavjudligini qayd etmoq kerak.
  • Tabiiy suv manbalarining hozirgi paytda ifloslanishi, asosan, iflos oqavalar hisobiga bo'lmoqda. Ma'lumki, iflos oqava suvlar, odatda, 2 xil yo'l bilan sodir etiladi: birinchisi, tabiiy omillar sabab. Ularga yog'in-sochinlar natijasida paydo bo'ladigan, masalan, katta miqdorda magistral yo'llar va ishlab chiqarish korxonalar hududlarida paydo bo'ladigan iflos oqavalar, hamda bahor faslida sodir bo'ladigan sel va suv toshqinlari natijasidagi iflos suvlar kiradi. Ikkinchi yo'li, bu sanoat korxonalari, xonadonlar va kommunal - maishiy xo'jaliklar faoliyati bilan yuzaga keladigan katta miqdordagi tashlandiq oqava suvlari.
  • Yuqorida ko'rsatilgan oqava suvlarining, ayniqsa, ikkinchi turlari tarkibida suv muhitini buzadigan, ular sifatini o'zgartiradigan turli-tuman zararli birikmalar nihoyatda ko'p bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, hozirgi paytda, bir kecha-kunduzda dunyo miqyosida, faqat sanoat korxonalari hisobiga, 100 mln m kub dan ortiq
  • miqdorda iflos oqava suvlar hosil bo'lar ekan. Biosfera uchun o'ta zararli va xavfli har xil yot unsurlar, jumladan, zaharli kimyoviy moddalar va har xil turdagi og'ir metallar (radioizotoplar ham), shuningdek, ko'plab kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriya - vimslarning oqavalarda bo'lishi eng katta muammolardandir.
  • Ta'kidlash joizki, iflos oqava suvlar ko'proq quyidagi ishlab chiqarish sohalarida sodir bo'ladi:
  • - Tabiiy ma'danlarni qayta ishlaydigan tog' — kon sanoati, metallurgiya va
  • ba'zi mashinasozlik korxonalari;
  • - energetika (AES, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxona va b.) shahobchalari;
  • -sellyuloza va qog'oz ishlab chiqarish korxonalari;
  • - kimyo, neft kimyosi va dori-darmon ishlab chiqarish (farmasevtika)
  • korxonalari;
  • - oziq-ovqat va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar;
  • - qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (agrosanoat) va dehqonchilik:
  • - kommunal xo'jalik, maishiy xizmat ko'rsatish sohalari va xonadonlarda hosil bo'ladigan oqava suvlar va boshqalar.
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə