Atrof muhitning ifloslanishi global ekologik muammo


Litosferadagi o'zgarishlar — tuproqlarning ifloslanishi



Yüklə 5,23 Mb.
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü5,23 Mb.
#128603
1   2   3   4
1-variant 2chisi ekologiya

Litosferadagi o'zgarishlar — tuproqlarning ifloslanishi. Davrlar o'tishi bilan, umuman, Yer yuzasi qatlamlarining tarkib-tuzilmasi va sifat ko'rsatkichlari ham o'zgarib borayotgani kuzatilmoqda. Odamlarning Yer yuzida ko'payishi, ya'ni demografik omil sabab, hozir inson oyog'i yetmagan joy qolmadi ham desak, aslo xato bo'lmaydi. Boshqacha aytganda, odamzod yashamaydigan tabiiy holatdagi hududlar yildan — yilga keskin kamaymoqda. Shu narsa ham yaxshi ma'lumki, inson qayerda yashamasin —o'z ehtiyojlarini, asosan, tabiat hisobiga qondirishga harakat qiladi. Shu bilan birga. turli-tuman ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi va turli xil texnika vositalari, turli ko'rinishdagi transportlardan foydalana boshlaydi. Buni natijasi nimalarga olib kelishi esa, yuqorida bayon qilingan ma'lumotlardan juda yaxshi ko'rinib turibdi.
  • Masalaning boshqa tomoni, ya'ni insoniyat faoliyati (antropogen omil) natijasida, nafaqat litosferaning tarkib — tuzilmasi, Yerdagi barcha tabiiy manbalar holati, shuningdek, yer landshaft manzarasida ham keskin o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Fikrimiz isboti uchun quyida misollar keltiramiz. Ko'pchilikka yaxshi ayonki, hozirgi davrda, turli — tuman sanoat korxonalari, energetika tarmog'i va boshqa sohalarni xomashyo bilan ta'minlash maqsadida litosfera qa'ridan tabiiy gaz, neft, ko'mir va boshqa har xil ma'danli va ma'dansiz minerallar qazib olinmoqda. Xuddi shuningdek, yer osti suvlaridan ham jadal sur'atlarda foydalanilmoqda. Natijada, nafaqat tabiiy manbalar zahiralarining kamayishi, hatto, litosfera qatlamlari tarkibida har xil ko;rinish va hajmlarda bo'shliqlar paydo bo'lishi bilan Yer qatlamlari siljishlari kuzatilmoqda ham. Yuqoridagidek o'zgarishlar tufayli, yer osti qatlamlariga xos tektonik kuch va jarayonlarning har xil ko'rinishda ta'siri ham namoyon bo'lmoqda. Yer ko'chmalari, har xil darajadagi silkinish (zilzila) lar va boshqa turdagi abiotik voqea - hodisalar borgan sari ko'plab kuzatilayotganini ham ko'rsatish mumkin.
  • Biosfera o'zgarishlari va har xil kasalliklarning vujudga kelishi. Yuqorida bayon qilinganidek, atrof — muhitga chiqarib tashlanayotgan gaz. suyuq oqava va qattiq holatlardagi chiqit moddalar hozirning o'zida tabiatga katta ziyon yetkazmoqda. Turli ekologik muammolar hozir biosfera (o'simlik va hayvonot olami)ni ham qamrab olgan. Bunga eng yaxshi dalil o'simlik zararkunandalarining ortib borishi, kasallanishi va ular mahsuldorligining kamayishi, hayvonot olamida kuzatilayotgan turli — tuman kasalliklar, hatto, ko'plab biologik turlarning yo'qolib iqirilib) borayotganidir. O'simlik va hayvon turlarining keyingi vaqtda yo'qolib borayotgani, og'ir kasalliklarga chalinayotgani, shu jumladan, odamlarning ham kasallanishlarini ortishi haqida ashyoviy ma'lumotlarni ta'kidlash ham joizki, axborot manba-laridan bilib olish mumkin. Shu bilan birgalikda, yil sayin o'simlik va hayvonot dunyosida ko'plab biologik turlarning yo'qolib borayotgani sababli, ularni muhofaza qilish bo'yicha turli chora-tadbirlar ham ko'rilmoqda. Turli davlatlarda, shu jumladan O'zbekistonda ham, ko'plab «Qo'riqxona» va «Davlat buyurtmalari» tashkil qilinib, o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilinishidan darak beradi.
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə