Attestatsiaya tushgan savollar(6-variant)


Attestasiyaga tushgan savollar(8-variant)



Yüklə 30,09 Kb.
səhifə3/6
tarix07.02.2023
ölçüsü30,09 Kb.
#100331
1   2   3   4   5   6
Attestatsiaya tushgan savollar DAVOMI

Attestasiyaga tushgan savollar(8-variant)
01. Cr2(SO4)3 va Na2CO3 eritmalari aralashtirilganda nima hosil bo’ladi. Reaksiya
tenglamalarini yozing. Bu reaksiya ikki tuzning birgalikda gidrolizi deyiladi.
Javobi: Cr2(SO4)3 +3Na2CO3+3H2O = 3Na2SO4 +2Cr(OH)3 +3CO2
02. Tarkibi C7H16 bo`lgan alkanning ikkita uchlamchi uglerodga ega bo`lgan
izomerlar soni nechta bo`lishi mumkin? Javob: 2 ta
04. Mn3O4 ni struktura formulasini yozing va bu modda qaysi sinf birikmalariga
ta’luqli ekanligini ko’rsating.
Javobi: bu oksid aralash oksid hisoblanadi: Mn3O4 = MnO +Mn2O3
05. Mn(OH)2 suvda oz erishini va NH4OH kam dissotsiyalanishini nazarda tutib,
marganets (II) gidroksidini ammoniy xlorid ishtirokida erib ketishini tushuntiring.
Javobi: NH4Cl +H2O = NH4OH + HCl(ammoniy xlorid suvda gidrolizlanib
kuchli kislota HCl ni hosil qiladi)
Mn(OH)2 + 2HCl = MnCl2 +2H2O (hosil bo’lgan kislota Mn(OH)2 ni yaxshi
eritadi)
06. Xloridlardan xlor olish uchun marganetsning qanday birikmalaridan
foydalaniladi. Javobi: KMnO4 ,MnO2, K2MnO4
07. Quyidagi reaksiyalarni tugallang:
Mn + H2O Mn(OH)2 +H2
Mn + 2H2SO4 (kons)
MnSO4 +SO2 +H2O
Mn +2HCl
MnCl2+H2
Mn + H2SO4(suyultirilgan)
MnSO4 +H2
08. 2,2,3,4-tetrametilpentan tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari
yig`indisini toping. Javob: -20
09. 10 l xlor olish uchun 18oC va 100 kPa bosimda konsentrlangan HCl bilan
ta’sirlanish uchun qancha miqdorda KMnO4 kerak bo’ladi. Javobi : 0,1652 mol
10. Dixromat ioni tarkibini nechta proton, neytron va elektronlar tashkil etadi?
1)104; 2)114; 3)112; 4)106
Javob: 1,3,4
11. Ketma-ket joylashgan X, Y, Z, T, L, M elementlari tarkibidagi
protonlari yigindisi 105 ga teng bo‘lsa, T elementning yadro zaryadini aniqlang.
Javob: 18

12. 254No→xα+y–β +238Cm Ushbu yadro reaksiyasi asosida 12,7 mg


nobeliy emirilishidan hosil bo‗lgan elektronlar
sonini hisoblang. Javob: 6,02·1019
13. Labaratoriya sharoitida temir qanday olinadi? Buning uchun qanday
qaytaruvchilar qo’llaniladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Javobi:Temirni uning oksidlaridan vodorod ,uglerod yoki is gazi ta’sir ettirib
olinadi. Masalan:
a)FeO +H2 = Fe + H2O b)Fe2O3 +3CO =2Fe +3CO2
C) Alyuminotermiya usulida
14. E+5 ioni 2p63s2 elektron konfiguratsiyaga ega bo‘lsa elementni
aniqlang. Javob: Cl
15. 6,12 gr ishqoriy yer metall oksidi 221,88 gr suvda eritilganda hosil bo’lgan
birikmaning massa ulushi 3% ni tashkil etsa, metallni toping.
Javobi: Ba
16. 44,8 l etanning to`liq degidrogenlanishi natijasida hosil bo`lgan mahsulot necha
gramm bromni biriktirishi mumkin? Javob: 640
17. Geksanning barcha izomerlaridagi ikkilamchi va uchlamchi uglerodlarning
soni nechta?
Javobi: 13 ta
18. Polivinilxloridning struktur zvenosini ko`rsating. Javob: -CH2CH(Cl)-
19. 1-buten olish uchun qaysi moddaga rux metalini ta`sir ettirish kerak?
Javob: 1,2-dixlorbutan
20. Ag, Fe, Al kationlarini aniqlash uchun reaktivlar qaysilar?
Javoblari: Ag ioni uchun Cl-,Br-,J- va PO42- ionlari sifat reaksiya beradi.
Fe---uchun( 2 lik birikmalariga qizil qon tuzi, 3 lik birikmalariga sariq qon
tuzi)
Al kationi uchun ishqor eritmalari sifat reaktivi bo’loladi, sababi bunda oq
(Al(OH)3)cho’kma hosil bo’ladi .(sifat reaktiv uchun jadval qilib beraman )

21. C5H10 tarkibga to’g’ri keladigan sikloalkanlar.


Javobi: Siklopentan, metil siklopentan, 1,1 di metil siklopropan,
1,2 di metil siklopropan (jami: 4 – ta)
22. Tarkibida 40% kislorod saqkagan oksid formulasi?
Javobi: MgO
23. Izomeriya tushunchasini birinchi bo’lib kim aniqlagan.
Javobi: Berselius
24. Olefinlarda nechi xil izomeriya mavjud.
Javobi: 3 xil( sistematik,ratsional,trival(tasodifiy nom)
25. 2-metilpropenga vodorod xlorid birikishi natijaisda qanday mahsulot hosil
bo`ladi? Javob: 2 metil 2 xlorpropan
26. Quyidagi qatorning qaysi birida atom radiusi oshib boradi.
1) fosfor 2) oltingugurt 3) aluminiy 4) kremniy
Javob: 2,1,4,3
27. Kartoshka tarkibida qanday biopolimer bor.
Javobi: kraxmal
28. 16,4 gr magniy plastinka rux tuzi eritmasiga botirib qoldirilganda massasi 16,4
gr ga ortdi. Plastinkaga o’tgan ruxni massasinin hisoblang.
Javobi: 26 gr Zn
29.Ushbu reaksiya CH3COOR + LiOH → CH3COOLi + ROH asosida 0,2 mol
murakkab efirdan olingan spirt massasi 6,4 gr bo’lsa murakkab efirni aniqlang.
Javobi: CH3COOCH3
30. Butanol va etanoldagi 1-uglerodlarning oksidlanish darajalari farqi nechiga
teng. Javobi: nol
31. KMnO4 + KOH + H2O2 → reaksiyasida ajralgan gazning hajmi 4,48 litr
bo’lganda sarflangan oksidlovchi massasinin toping.
Javobi: 63,2 gr
32. 1,4-dibrompentan natriy metali bilan reaksiyaga kirishganda qaysi modda hosil
bo`ladi? Javob: metilsiklobutan
33. Qaysi olim Berseliusga yozgan xatida “Organik kimyo hozir har qanday kishini
ham aqldan ozdirishi mumkin .U, mening nazarimda , hayratda qoldiradigan

narsalarga to`la, zich o‘rmonga, kirishga kishi jur’at eta olmaydigan va


kirib qolgan odam chiqa olmaydigan cheksiz changalzorga o‘xshaydi”.
Javobi: F.Vyoler(10-sinf,4-bet)
34. Bir xil massadagi mis bo‘lakchalarini eritish uchun 21% li va 63% li HNO3
eritmalaridan qanday massa nisbatda aralashtirish kerak. Javob: 2:1
35.14,2 % li natriy sulfat eritmasini bug‘latib 161 g Glauber tuzi olingan bo‘lsa,
bug‘latilgan suvning massasini (g) aniqlang.
Javob: 339
36. Quyidagi rasimdagi jarayonini izohlang.
(tushgan savolda rasim boshqacha edi ,lekin ma’nosi ko’mir yonishi edi)
Javobi: uglerod oksidlanadi , kislorod qaytariladi(C+O2 =CO2)
37. PF5 markaziy atomi qanday gibridlanishga ega.
Javobi: SP3d
38. Yuqori haroratlarda maydalangan 20,8 gr Cr kislorod bilan reaksiyaga kirishib
necha mol oksid hosil qiladi.
Javobi: 0,4 mol CrO
39. Elektronning atomdan ajralishi uchun zarur bo’lgan energiya miqdoriga nima
deyiladi. Javobi: Ionlanish energiyasi
40. 5,4 gr aluminiyni eritish uchun 20% li sulfat kislota eritmasidan necha gram
kerak bo’ladi.
Javobi: 148,5 gr


Yüklə 30,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə